Маhallalarda sudyalar tomonidan sayyor qabul va huquqiy targ’ibot tadbirlari o‘tkazildi

Qоraqalpog‘iston Respublikasi sudi tomonidan 2022-yilning 5-yanvar kuni tasdiqlangan rejaga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Тo‘rtko‘l tuman sudining raisi S.Аtabayev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi J.Baltabaeva va Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Q.Хоjamuratovlar tomonidan 2022-yil 15-yanvar kuni Тo‘rtko‘l tumanidagi “G’аlаbа”, “Do‘stlik”, “Тоzabog’yop”, “Navro‘z” MFY va OFYlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan sayyor qabullar tashkil etilib, ularning sud-huquq sohasida o‘z yechimini topmayotgan masalalari va qiynayotgan savollariga batafsil javoblar qaytarildi.


Shuningdek, uchrashuvlar davomida sudyalar tomonidan aholiga jinoyatchilikning oldini olish, uni sodir etishning oqibatlari,odam savdosi va poraxo‘rlik jinoyatlariga birgalikda kurashish bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi. SHu bilan bir qatorda ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgarishlar xususida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi «Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini ta shkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-62-sonli, 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etishda chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarorining hamda boshqada qonunchilikka kiritilganligi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

 

Biz zo’rovonlikka qarshimiz

Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 59-umumiy o’rta ta’lim maktabida 25-noyabrdan 10-dekabr kunlari “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida “Biz zo’rovonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya o’tkazildi.


Tadbirni Maktab direktori S.Imamova ochib berdi.Tanlovning maqsadi -maktabda zo’ravonliksiz ta’limga e’tibor berish, maktab jamoasi o’rtasida turli turdagi zo’ravonlikni oldini olishga qarshi alohida javobgarlik hissini oshirish, kamsitish holatlariga yo’l qo’ymaslik, o’quvchilarda madaniy xulq-atvorni shakllantirish, maktab o’quvchilari hamda pedagoglarda ijobiy munosabatlar va ko’nikmalarini rivojlantirish, zo’ravonlik va haqorat qilinishi mumkin bo’lmagan aniq xulq-atvor va qoidalariga rioya qilish bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilarida bag’rikenglik munosabatini shakllantirishdan iborat.

 

Shuningdek tadbirda Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi Rustam Qurbanbaev, Jinoyat ishlari bo’yicha  Beruniy tumani sudi sudyasi Kamolova Ra’no, Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limi metodist psixologi Matchanova Arzigul, Inspektor psixologi Sadikov Ruslan qatnashdilar. Maktabning 1-sinfdan to 11-sinf o’quvchilariga sinf rahbarlari tomonidan o’quvchilarning har bir yosh toifasi uchun alohida tanlangan “Ertakterapiya” trening mashg’uloti o’tkazildi.

Maktab devorlarida “Men sendan uzr so’rayman” stendlari tashkil qilinib, har bir o’quvchi o’z hoxishiga ko’ra qachondir, kimgadir ozor bergan, xafa qilgan, bo’lsa o’z uzrini anonim tarzida ifoda qildilar.


1-qavat “Mehribonlik”, “Kechirish” 2-qavat “Zo’ravonlikka yo’l qo’ymaylik”, “Pozitiv fikr va tabassum” mavzularidagi so’zlar bilan bezatildi. Maktab psixologi Ismoilova Umida o’quvchilar bilan zo’ravonlikning oldini olish bo’yicha «Aylanish doirasi, kechirish doirasi» mashg’ulotini o’tkazdi. Aksiya ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi.

Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka birgalikda kurashamiz

Hozirgi kunda butun dunyoda ro’y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo’lmas davr talabi hisoblanmoqda.

So’nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo’yicha ishlar bir necha yo’nalishlarda olib borilmoqda. Shu ma’noda Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari Q.Xojamuratov va B.Bekmuratovlar tomonidan ham mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to’xtalinib, quyidagilar ta’kidlandi.


Xususan, O’zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlar qabul qilindi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga binoan tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarning huquqlari belgilab berildi, ayniqsa ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to’g’risidagi talab bilan murojaat qilish huquqi mustahkamlanib qo’yildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, mehnat, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimini davlat tomonidan boshqarish organlari, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakolatlari alohida ajratib berildi.


O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasiga yordam ko’rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik holatlarining oldini olish to’g’risida axborot olishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog’i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Telefon liniyasi tarmog’i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko’rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo’l qo’yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

Tazyiq va zo’ravonlikdan jarblanuvchilar uchun Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining 1146 raqamli hamda Og’ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazining 1169 raqamli ishonch telefonlari yo’lga qo’yilgan.

Bundan tashqari, Qonunda himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish tartibi ham belgilangan bo’lib, himoya orderi tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o’tkazgan va (yoki) zo’ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo’lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Gender tenglik bo’yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo’yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg’unlashtirish bilan shug’ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo’ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning barcha hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Bu erda ayniqsa chekka hududlardagi, qishloqlardagi xotin-qizlarga, etnik ozchilik guruhlari, nogironlar va notinch oilalardagi xotin-qizlarga asosiy e’tibor qaratilishi darkor.

O’tkazilgan tadbir qizg’in bahs-munozaralarga va savol-javoblarga boy tarzda o’tganligi bilan katta ahamiyatga ega bo’ldi.

 

Bayrambay Bekmuratov,

Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

 

XOTIN-QIZLARGA NISBATAN ZO’RAVONLIKKA BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Hozirgi kunda butun dunyoda ro’y berayotgan globallashuv davrida xotin-qizlarning huquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish juda ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning iqtisodiy-siyosiy hamda ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yuksaltirish jarayonlari kechiktirib bo’lmas davr talabi hisoblanmoqda.

So’nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo’yicha ishlar bir necha yo’nalishlarda olib borilmoqda.

Mazkur sohadagi qonunchilik choralariga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlar qabul qilindi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga binoan tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchi xotin-qizlarning huquqlari belgilab berildi, ayniqsa ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to’g’risidagi talab bilan murojaat qilish huquqi mustahkamlanib qo’yildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, mehnat, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimini davlat tomonidan boshqarish organlari, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari, NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakolatlari alohida ajratib berildi.

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasiga yordam ko’rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik holatlarining oldini olish to’g’risida axborot olishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog’i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Telefon liniyasi tarmog’i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko’rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo’l qo’yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

Tazyiq va zo’ravonlikdan jarblanuvchilar uchun Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining 1146 raqamli hamda Og’ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazining 1169 raqamli ishonch telefonlari yo’lga qo’yilgan.

Bundan tashqari, Qonunda himoya orderini berish va uning muddatini uzaytirish tartibi ham belgilangan bo’lib, himoya orderi tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o’tkazgan va (yoki) zo’ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo’lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.

Shu o’rinda, gender tenglik bo’yicha institutsional choralarga kelsak, ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo’yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg’unlashtirish bilan shug’ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo’ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o’z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning barcha hududlari va xotin-qizlarning barcha toifalarini qamrab olishi kerak. Bu erda ayniqsa chekka hududlardagi, qishloqlardagi xotin-qizlarga, etnik ozchilik guruhlari, nogironlar va notinch oilalardagi xotin-qizlarga asosiy e’tibor qaratilishi darkor.

Quwanishbay XOJAMURATOV,
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi

KONSTITUTSIYA – QONUNLARIMIZ ASOSI

Mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Har qanday jamiyat qonunlari inson uchun yaraladi va uning baxtli hayoti hamda tinch-totuv turmush kechirishini ko‘zlaydi, haq-huquq va erkinligini ifodalaydi hamda kafolotlaydi. Bizning davlatimizda ham qonun inson manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Bu borada samarali huquqiy baza yaratildi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi, shuningdek muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tomonidan xalq manfaatlarini ko‘zlab va jamiyatimizda har bir insonning baxtli turmush kechirishini ta’minlash borasida qabul qilgan bir qator Farmon va qarorlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Konstitutsiyamiz normalari mamlakatimiz tarixida ilk bor inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni hamda qadr-qimmati eng oliy qadriyat ekanligini belgilab berdi. Jumladan, Bosh Qomusimizning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaat¬lariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”,- deb belgilangan. Albatta davlatimiz ravnaqi, fuqarolarimizning tinch-totuv va osuda hayot kechirishlari uchun davlat organlarining mansabdor shaxslar mas’uldirlar. Shu jumladan sud hokimiyati ya’ni sudyalar ham, har bir ish bo‘yicha taraflarning huquq va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash sudlanuvchiga “sudlanuvchi “ degan nazar bilan qaramasdan, uning kelajak taqdirini hal qilishda odilona qaror qabul qilishi lozim.

2016 yil 21 oktyabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonning qabul qilinishini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Jumladan Farmonda, Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib bir qator vazifalar belgilandi.

Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 21 fevralda “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni sud tizimida tub burilish yasab berdi.Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 30 noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni ham sud-tergov faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu Farmonlarda belgilangan barcha masalalar hozirgi kunda sud amaliyotiga joriy etilgan. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “bir begunoh inson asossiz jazolanganidan ko‘ra, o‘nta aybdor jazosiz qolgani afzal”.

Ra’no KAMALOVA,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi raisi

Korruptsiya — jamiyat kushandasi

Korruptsiyani bartaraf etish bo’yicha jahon ham jamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan bo’lsa-da, lekin hanuzgacha uni bartaraf etishni imkoniyati yo’q.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 06 iyul kungi korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-5177-sonli Qarori qabul qilingan.

Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish va unga sharoit yaratib beruvchi holatlarni bartaraf etishga ulkan e’tibor berilganligi mamlakatimizda korruptsiya hali ham jamiyat hayotining qismi sifatida mavjudligini ko’rsatadi.

So’ngi yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish va uni minimal darajaga tushirish uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi, xususan, oshkoralik printsipi keng targ’ib qilinib, unga to’liq amal qilish hamda davlat boshqaruv va huquqni muxofaza qiluvchi organlar faoliyatini halq nazoratiga olish yo’lga qo’yildi. Bunda ommaviy axborat vositalarining o’rni beqiyosligini inobatga olish lozim.

Korruptsiyaga unga beriladigan jazoni og’irlashtirish orqali kurashish samarali yo’l emasligini, jazolash funktsiyasi orqali korruptsiyani yo’qotib bo’lmasligini chet el davlatlar qonunchiligi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Xususan, Xitoy Xalq demokratik Respublikasida korrupsion holatga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslar muqarrar jazo o’lim jazosiga hukm qilinsa-da, korruptsiya holatlari haligacha uchrab turibdi.

Halqimizda bir naql bor — “kasalni davolagandan uning oldini olgan afzal”. Biz korruptsiyaga emas, korruptsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarga qarshi kurashishimiz va aholi savodxonligini oshirish orqali korruptsiyaga qarshi kurashishni uzoq muddati va samarali mexanizmi yaratishimiz mumkin. Bu mexanizmni ishlashi davlat organlarini ichki va tashqi nazorat tartibidagi nazorat tizimi kengaytirish bilangina cheklanmasdan xalq nazoratini ham kuchaytirish muhim rol o’ynaydi. Xalq nazoratini ommaviy axborot vositalariga erkinlik berish yo’li bilan amalga oshirishimiz mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda uchrayotgan korruptsiya holatlari mansabdor shaxslar yoki pora taklif qilayotgan shaxslarning huquqiy ongi pastligidan kelib chiqayotganligi yo’q, ular korruptsiya va pora berish oqibatlari haqida bila turib mazkur jinoyatga qo’l urishmoqda.

Biz aholini korruptsiyaga nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish orqali aholi savodxonligini oshirishimiz va korruptsiyaga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarni bartaraf qilishimiz mumkin bo’ladi.

 

Rustam Qurbanbaev,

Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi 

IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN ISHDAGI HUJJATLARDAN KO‘CHIRMA NUSXALAR BERISH TARTIBI

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksi 42-moddasiga binoan ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish yoki ko‘chirma nusxa olish kabi huquqlarga ega.
Ularga tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari tomonidan sud ishlaridagi ayrim hujjatlardan ko‘chirma nusxalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 26 noyabrdagi RS-60-20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 13-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq beriladi.

Xususan, sud ishlaridagi ayrim hujjatlarning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ularning qonuniy vakillariga ularning arizasi asosida sud rahbariyati yoki sudyaning yozma roziligi bilan devonxona mudiri, arxiv mudiri yoki sudya yordamchisi tomonidan beriladi.

Hujjatdan ko‘chirma nusxa berilganida uning birinchi varag‘iga “nusxa” belgisi ko‘yiladi. Hujjatning so‘ngi varag‘iga tasdiqlovchi yozuv yoki shtamp “asliga to‘g‘ri”, lavozimning nomi, tasdiqlovchi shaxsning shaxsiy imzosi, uning ismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi, nusxa tasdiqlangan sana shakli bo‘yicha to‘ldiriladi.

Sud tomonidan beriladigan sud qarorlarining nusxalari, shu jumladan yuqori sudlarning ajrimi, qaror nusxalari birga tikilib, muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Agarda ajrim yoki hal qiluv qarori yuqori sud tomonidan o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, u holda berilishi lozim bo‘lgan hujjat nusxasiga shu haqda belgi qo‘yiladi yoki ma’lumotnoma yoziladi.
Uch yoki undan ortiq betdan iborat bo‘lgan va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlashni talab qilmaydigan sud hujjatlari nusxalari kitobcha ko‘rinishida 1:2 masshtabda A5 formatda tayyorlanishi mumkin. Bunday nusxalar igna bilan ikkita joyni teshib ip o‘tkazish yoki metall moslama bilan birlashtirish (volsovka qilish) yo‘li bilan tikiladi.

Gerbli muhr bilan tasdiqlashni talab qilmaydigan sud hujjatlari yoki ularning dublikatlari stepler yordamida biriktirilishi ham mumkin.
Biriktirilgan joyga tegishli qog‘oz yopishtiriladi va qog‘ozning bir qismi sud devonxonasining muhri bilan muhrlanadi.
Sud qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sud tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan stavkalariga asosan davlat boji undiriladi.

Bugungi kunda sud hujjatlarining dublikatlarini hamda boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun – hujjatning har bir beti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida davlat boji to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagi hujjatlar yoki sud qarorlarining nusxasini olgan shaxslar ularni olganligi haqida imzo qo‘yishlari kerak.

Quwanishbay  XOJAMURATOV,
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.

Mahallalarda sud-huquq masalalari bo’yicha uchrashuvlar

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbaeva hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi M.Q.Kamalov tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog’iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish bo’yicha” Yo’l xaritasining 24-bandi ijrosini ta’milash maqsadida Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari Q.Xojamuratov va B.Bekmuratovlar tomonidan To’rtko’l tumanidagi “Guliston”, “Shodlik” mahalla va “Oqqamish”, “Ko’na To’rtko’l” ovul fuqarolar yig’inlarida, boshqa olis hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

      

Uchrashuvlar davomida iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga jinoyatchilikning oldini olish, uni sodir etishning oqibatlari, odam savdosi va poraxo’rlik jinoyatlariga birgalikda kurashish bo’yicha profilaktik tushuntirishlar berish bilan bir qatorda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va o’zgarishlar xususida, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish hamda kambag’allik bilan kurashish ko’lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida huquqiy targ’ibot ishlari ham amalga oshirildi.

8 000 000 so’m asosiy qarzini undirildi

“A” mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda da’vogar deb yuritiladi) bilan “T” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)  o’rtasida 2017 yil 01 iyunda 9/K-II-sonli xizmat ko’rsatish shartnoma imzolangan.

Da’vogar tomonidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyat bajarilib, 2017 yil 01 iyun kungi 9/K-II-sonli shartnama, 2017 yil 31 avgustdagi 18/P-sonli hisob-varaq fakturasiga asosan da’vogar tomonidan javobgarga jami 16 000 000 so’mlik xizmatlar ko’rsatilgan. Ko’rsatilgan xizmatlar javobgar tomonidan qabul qilib olinib, ko’rsatilgan xizmatlar uchun faqat 8 000 000 sӯm to’lab berilgan. Natijada javobgarning da’vogar oldida 8 000 000 so’m qarzdorligi vujudga kelgan va to’lanmagan.

Shu bois, da’vogar javobgardan 8 000 000 so’m asosiy qarzini undirish to’g’risida da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasiga asosan, majburiyatlar – shartnomadan, ziyon etkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko’rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqishi nazarda tutilgan. Mazkur holda majburiyatlar haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasidan kelib chiqqan.

Fuqarolik kodeksining 703-moddasiga ko’ra, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi bo’yicha ijrochi buyurtmachining topshirig’i bilan ashyoviy shaklda bo’lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to’lash majburiyatini oladi.

Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga asosan, majburiyatlar shartnoma shartlari va qonunchilik talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi lozim.

Qayd qilingan holatlar va qonun talablaridan kelib chiqib, sudning 2021 yil        06 iyul kungi hal qiluv qarori bilan javobgar “T” xususiy korxonasidan da’vogar “A” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 8 000 000 so’m asosiy qarz undirilgan.

Spartak Niyazov   

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudining

iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyasi        

Sayyor qabul

Joriy yilning 27 sentyabr kuni jinoyat ishlari buyicha Ellikqal’a tuman sudi raisi O.Maulenov tomonidan Ellikqal’a tumanidagi Gulistan, Guldirsin, Tozabog’ ovul fuqarolar yig’inlarida sayyor qabul o’tkazildi.

 

Mazkur sayyor qabulda ayollar daftariga ruyxatga olingan xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, imkon qadar bu masalalarni joyida hal etish, o’rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlarin tegishli ma’sullar bilan o’rganish choralari ko’rildi.

 

Murojaatlarning asosiy mazmuni uy-joy, mulk xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi, shuningdek aliment va nafaqa pullarini undirishda vujudga kelayotgan muammolarini bartaraf etish bilan bog’liq.

Ochiq muloqatlar davomida har bir fuqaroga murojaati yuzasidan xuquqiy tushuntirishlar berildi.

Skip to content