Biz zo’rovonlikka qarshimiz
Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 59-umumiy o’rta ta’lim maktabida 25-noyabrdan 10-dekabr kunlari “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi doirasida “Biz zo’rovonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya o’tkazildi.
Tadbirni Maktab direktori S.Imamova ochib berdi.Tanlovning maqsadi -maktabda zo’ravonliksiz ta’limga e’tibor berish, maktab jamoasi o’rtasida turli turdagi zo’ravonlikni oldini olishga qarshi alohida javobgarlik hissini oshirish, kamsitish holatlariga yo’l qo’ymaslik, o’quvchilarda madaniy xulq-atvorni shakllantirish, maktab o’quvchilari hamda pedagoglarda ijobiy munosabatlar va ko’nikmalarini rivojlantirish, zo’ravonlik va haqorat qilinishi mumkin bo’lmagan aniq xulq-atvor va qoidalariga rioya qilish bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilarida bag’rikenglik munosabatini shakllantirishdan iborat.
Shuningdek tadbirda Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi Rustam Qurbanbaev, Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudi sudyasi Kamolova Ra’no, Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limi metodist psixologi Matchanova Arzigul, Inspektor psixologi Sadikov Ruslan qatnashdilar. Maktabning 1-sinfdan to 11-sinf o’quvchilariga sinf rahbarlari tomonidan o’quvchilarning har bir yosh toifasi uchun alohida tanlangan “Ertakterapiya” trening mashg’uloti o’tkazildi.
Maktab devorlarida “Men sendan uzr so’rayman” stendlari tashkil qilinib, har bir o’quvchi o’z hoxishiga ko’ra qachondir, kimgadir ozor bergan, xafa qilgan, bo’lsa o’z uzrini anonim tarzida ifoda qildilar.
1-qavat “Mehribonlik”, “Kechirish” 2-qavat “Zo’ravonlikka yo’l qo’ymaylik”, “Pozitiv fikr va tabassum” mavzularidagi so’zlar bilan bezatildi. Maktab psixologi Ismoilova Umida o’quvchilar bilan zo’ravonlikning oldini olish bo’yicha «Aylanish doirasi, kechirish doirasi» mashg’ulotini o’tkazdi. Aksiya ko’tarinki ruxda bo’lib o’tdi.