Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yilning 29-mart kuni Beruniy tumani Axborot kutubxona markazida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tuman sudi raisi R.Kamalova, Fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumanlararo sudi raisi J.Keunimjayev, iqtisodiy ishlar bo’yicha tuman sudi raisi R.Kurbanbayev va adliya bo’limi boshlig’i S.Raimbekovalar tomonidan tadbir ishtirokchilariga Yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unga kiritilayotgan o’zgartishlar, yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi, fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishi, sud-huquq sohasidagi kiritilayotgan normalar bo’yicha to’liq ma’lumotlar berib o’tildi.

Ayniqsa, inson huquqlari va erkinliklari borasida kiritilayotgan yangi normalar haqida batafsil toxtalib o‘tildi.

Beruniy tumanida xotin-qizlar masalasi bo’yicha sayyor qabul tashkil etildi

 

Beruniy tumani hokim o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Kozieva tomonidan 1-sektor hududida  yashovchi xotin-qizlar  bilan Sayyor qabul  tashkil etildi.   Sayyor qabulda  tuman Adliya bo’limi boshlig’i S.Rayimbekova, Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi R.Kamalova, fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi J.Keulimjaev, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’ining Onalik va bolalikni muxofaza qilish ishlari bo’yicha o’rinbosari G.Yeshnazarovalar ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida

1 Beruniy OFY

2 Biybazar OFY

3 Mustaqillik MFY

4 Qangshartal MFY

5 Nayman MFYlar xududida yashayotgan xotin-qizlar o’rtasida, ularni qiynayotgan muammolari bilan tanishdi. Qabul jarayonida Oila va xotin-qizlar bo’limiga 18 ta, Adliya bo’limiga 6 ta, Huquq tartibod idoralariga 10 ta  murojatlar kelib tushdi. Oila va xotin-qizlar bo’limiga tushgan murojaatlarning 15 tasi ijobiy xal qilindi va 3 tasiga tegishli ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, huquq tartibot idoralariga 10 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarga huquqiy maslaxatlar, tuman tibbiyot birlashmasiga kelib tushugan 8 ta  murojaatga, tegishli ko’rsatmalar berildi.

Hududda “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida turib o’z ish faoliyatiga ega bo’lgan va uy sharoitida daromad topayotgan tadbirkor xotin-qizlarning faoliyati o’rganildi.

 

Rano Kamalova,

Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi

YANGI FARMONLAR ODIL SUDLOVGA ERISHISHDA MUHIM ASOS BO‘LADI

Yurtimizda sud-huquq sohasini takomillashtirish, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish borasidagi o‘zgarishlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 16 yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son hamda “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-12-son Farmonlari bu boradagi yana bir muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu Farmonlar bilan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsad qilingan.

 

Ta’kidlash joizki, “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini ta’minlash, aholining odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish bo‘yicha 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi. “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonda esa ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkazilishi va ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilangan.

 

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur Farmonlarning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini yanada mustahkamlash bilan birgalikda, xalqimiz manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga xizmat qiladi.

 

Qayrulla Atamurodov,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudarya tuman sudi raisi.

IIB da tushuntirish va targ’ibot ishlari

Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova,  Beruniy tumani IIB binosida, IIB xodimlari bilan, hozirgi  vaqtda  sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar yuzasidan ma’muriy ish qo’zg’atish va uni sudga yuborish tartibi va unga ilova qilinishi  lozim bo’lgan hujjatlar yuzasidan tushuntirish berdi.

 

 

Shuningdek, hozirgi kunda ko’payib ketayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish borasida va “Odam savdosiga qarshi kurash” to’g’risidagi Qonun va “Korrupsiyaga qarshi kurash” to’g’risidagi Qonunning, shuningdek shu paytgacha qonun bilan ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reablitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomalarini ko’rib chiqishga doir normalarni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’tkazish hamda tegishli ishlarni ko’rib chiqishni ma’muriy sudlardan, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlariga o’tkazish to’g’risidagi 2022 yil 16 dekabrdagi 810-sonli qarorning mazmun va mohiyati va bu borada IIB xodimlarining vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi

Sayyor sud majlisida 10 nafar shaxsga insonparvarlik dalolatnomalari qo’llanildi

 

Jinoyat ishlari buyicha Beruniy tuman sudi tomonidan o’tkazilgan sayyor sudda Beruniy tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o’tayotgan, shu muddatda mehnatga halol munosabatda bo’lib, qilmishlaridan chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan 10 nafar shaxslarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo’llanilib, qonunchilik asosida o’talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari ozod etildi.

 

 

Shuningdek, sud raisi R.N.Kamalova yig’ilganlarga yurtimizga noqonuniy ravishda kirib kelayotgan pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, uning nojuya oqibatlari tug’risida tushuntirish ishlarini olib bordi.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi

Mustahkam oila –jamiyat tayanchi


Oila-inson tafakkurining oliy mahsuli. Zotan, bu mo’’jaz maskan umrimizga mazmun, hayotimizga fayz beribgina qolmay, jamiyat ravnaqi, yurt taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Ayni chog’da oiladagi totuvlik va ahillik kishining ongu shuurida hayotga muhabbat, kasbga sadoqat, atrofdagilarga nisbatan hurmat va e’tibor singari yuksak insoniy fazilatlarni ham shakllantiradi.

 

Ammo so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, oila ajrimlarining oshib borayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Misol uchun, respublika bo’yicha o’tgan 2021 yil davomida 277,4 ming nikoh qayd etilgan bo’lsa, 28,7 ming oila ajrashgan. Bu yangi tuzilgan har 10 oiladan bittasida ajrim ro’y berdi, deganidir.

 

Sudga ajrim uchun ariza topshirayotgan er-xotin tanlagan qarori ham o’ziga, ham jamiyatga, ayniqsa, uning safiga endi qo’shilgan kichik yoshdagi farzandining taqdiriga salbiy ta’sir qilishini anglaydi. Ammo anglash boshqa, natija esa amalda boshqacha tus olmoqda.

 

Oilaviy ajrimlar masalasi bugun yo kechaning gapi emas. Bu borada yozilmagan gap, uni bosib chiqarmagan gazeta, mavzu yangramagan ko’rsatuv qolmadi, hisob. Mutasaddilardan so’rasangiz, “loyihalar amalga oshirilyapti, yarashtirish komissiyalari ishlayapti”dan nariga o’tishmaydi. Lekin murg’ak qalbning tirik etim bo’lishi zamonaviy jamiyatda odatiy holga aylanib bormoqda.

 

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, ajrashish arafasida turgan, ajrim qayd etilgan oilalarning muammolari bir-biriga o’xshamaydi. Ammo har biri o’z echimiga ega, ajrimga qadar oilani saqlab qolishning imkoniyati ancha yuqori bo’lgan.

 

Ajrashishlarning aksariyat qismiga urf-odatlar, qaynonaning kelinga soliq solishi, kuyovning esa kelin tomondan mulk ta’ma qilishi, kelinlarning ota uyiga “gap tashishi”, telefon va ijtimoiy tarmoqlar, yoshlarning na fikrlash, na pul topish borasida mustaqil emasligi, yigitlarning o’z so’zini o’tkazishga harakat qilishi, qizlarning esa “xo’p”dan yiroqligi, diniy bilimdan bexabarlik, o’zaro hurmat tushunchasining yo’qolishi, besabrlik, aybini tan olmaslik kabi holatlar sabab bo’lmoqda.

 

Achinarlisi, nikoh bekor qilinar ekan uning qiyinchiliklari asosan ayolning zimmasiga tushadi. Chunki aksar hollarda u yashab turgan uyidan bolalari bilan chiqib ketishi hamda  o’zi va bolalarning ta’minotini o’ylashga majbur bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra, ajrashgan ayollarning beshdan to’rt qismi bugun qayta turmush qurmasdan yolg’iz hayot kechiryapti. Buning oqibatida hozirgi kunda Respublika bo’yicha 220 ming nafar voyaga etmagan bolalar to’liq bo’lmagan oilada ota mehriga zor bo’lib ulg’aymoqda…

 

Shuncha norasida bolani tirik etimga aylantirgan sabab nima?

 

Bunga yosh oilalar vakillarining nikohga bo’lgan mas’uliyatsizligi, farzand taqdiriga bo’lgan loqaydlik bir sabab bo’lsa, yosh oilalarga maslahat berib, ularga bosh bo’lish o’rniga g’urur va kibrga berilgan, bolasining ayblarini xaspo’shlaydigan ota-onalardagi shoshqaloqlik yana bir sabab bo’lmoqda. Aslida oila haqidagi qadriyatlar yoshlar ongiga bolalikdanoq singdirilishi kerak emasmi…?!

 

Inson oilani o’ziga juft tanlash bilan boshlaydi. Munosib umr yo’ldoshi tanlash inson hayotidagi eng muhim hayot mamot masalalaridan biri hisoblanadi. Nasl nasabning qanday davom etishi, farzandlarning tarbiyasi, odob axloqi, sog’lik salomatligi hatto, yaqin qarindoshlar bilan bordi keldining saqlanib qolishi ham bo’lajak umr yo’ldoshiga bog’liq. Oila mustahkam bo’lishi uchun oilada er va xotin shariatimiz ko’rsatmalariga mos holda o’z majburiyatlarni to’liq ado qilishlari shart.

 

Nikohlanuvchilarning avvalo, ish bilan band bo’lishga intilishi, ikkinchidan, oilasini moddiy ta’minlash maqsadida ishlash uchun uzoqqa ketishga oid istaklari keyinchalik boshqa omillar ta’sirida oilaning buzilishiga olib kelgan, deyish mumkin. Er-xotinni ish bilan ta’minlash, oila byudjetini qo’shimcha daromad evaziga mustahkamlash singari muammolarni bartaraf etish u qadar mushkul emas, ya’ni echimini topish mumkin bo’lgan masaladir.

 

Xulosa qilib aytganda, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta’minlash, ajrashish arafasidagi oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi. Shunday ekan, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, er-xotinni o’zaro murosaga keltirish borasida nafaqat sudlar, balki keng jamoatchilik ham alohida jonbozlik ko’rsatishi jamiyatimiz rivojiga munosib ulush qo’shishi shubhasizdir.

 

Zuxra Bayimbetova, 

Jinoyat ishlari bo’yicha Bo’zatov tuman sudi raisi

Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudlari tomonidan 2021 yil davomida korruptsiya bilan bog’liq ko’rilgan jinoyat ishlari yuzasidan ma’lumot

Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudlari tomonidan 2021 yil davomida korruptsiya bilan bog’liq jami 267 shaxsga nisbatan 183 jinoyat ishi (Jinoyat Kodeksining 167, 168, 1929-19211, 205-206, 209-214, 243-moddalari) ko’rib chiqilgan.

 

Shundan, 253 shaxsga nisbatan 173 ta ish bo’yicha ayblov hukmi chiqarilgan, ayblov hukmi bilan 190 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlangan, ulardan 46 shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo’llanilgan, 96 nafar shaxsga qo’shimcha jazo sifatida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlangan, 1 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Shuningdek, 62 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan ayblov hukm chiqarilgan.

 

Oqlov hukmi chiqarilgan ishlar bo’lmagan.

 

14 shaxsga nisbatan 10 ta ish tugatilgan, shundan 1 shaxsga nisbatan
1 ish reabilitatsiya asoslarida tugatilgan.

 

 

Jazo tayinlanib hukm chiqarilgan shaxslardan:

 

40 nafariga yoki 21 foiziga nisbatan jarima;

88 nafariga yoki 46,3 foiziga nisbatan ahloq tuzatish ishlari;

50 nafariga yoki 26,4 foiziga nisbatan ozodlikdan cheklash;

12 nafari yoki 6,3 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Jami jazo tayinlab hukm chiqarilgan shaxslarning 46 nafariga yoki 24,2 foiziga Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo’llanilib, engilroq jazo tayinlangan.

 

Jinoyat Kodeksining 57-moddasini qo’llash asoslari tahlili quyidagicha:

 

3 nafari yoki 6,5 foiziga ayol kishi bo’lganligi;

22 nafari yoki 47,8 foizi qilmishidan chin qo’ngildan mushaymon bo’lganligi;

3 nafari yoki 6,5 foizi serfarzand bo’lganligi;

7 nafari yoki 15,2 foizi voyaga etmagan farzandlari borligi;

1 nafari yoki 2,2 foizi oilada yagona boquvchi ekanligi;

1 nafari yoki 2,2 foizi ish bo’yicha kafillik mavjudligi;

9 nafari yoki 19,6 foizi boshqa holatlar mavjudligi asos bo’lgan.

 

Shuningdek, mazkur toifadagi jinoyatni sodir etib, sudlangan 191 nafar shaxslarning toifasi tahlil qilinganida:

 

27 nafari 14,1 foizi 30 yoshgacha bo’lgan;

159 nafari 83,2 foizi 31-60 yosh oralig’idagi;

5 nafari yoki 2,6 foizi 60 yosh va undan yuqori bo’lgan shaxslarni;

 

152 nafari yoki 79,6 foizi erkaklarni;

39 nafari yoki 20,4 foizi ayollarni;

 

166 nafari yoki 86,9 foizi oilali;

17 nafari yoki 8,9 foizi oilasiz (oilasidan ajrashgan);

8 nafari yoki 4,2 foizi turmush qurmagan shaxslarni;

 

16 nafari yoki 8,4 foizi muqaddam sudlangan, shu jumladan 9 nafari yoki 56,2 foizi muqaddam mazkur toifadagi jinoyatlarni sodir qilib sudlangan shaxslarni tashkil qilgan.

 

Mazkur toifadagi jinoyatni sodir etgan shaxslarning sohalar kesimida tahlili

 

6 nafari yoki 2,2 foizi tuman (shahar) hokimliklari (hokim o’rinbosarlari);

4 nafari yoki 1,5 foizi tuman (shahar) IIB xodimlari;

1 nafari yoki 0,4 foizi viloyat miqiyosidagi soliq xizmati vakili;

2 nafari yoki 0,7 foizi tuman (shahar) miqiyosidagi adliya idoralari vakillari;

42 nafari yoki 15,7 foizi ta’lim muassasalari, shu jumladan 4 nafari yoki 9,5 foizi oliy va o’rta-maxsus ta’lim (1 nafari tuman (shahar), 3 nafari viloyat miqiyosidagi), 21 nafari yoki 50,0 foizi xalq ta’limi (20 nafari tuman (shahar), 1 nafari viloyat miqiyosidagi), 17 nafari yoki 40,5 foizi maktabgacha ta’lim tizimi (barchasi tuman (shahar) miqiyosidagi);

13 nafari yoki 4,8 foizi tuman (shahar) miqiyosidagi tibbiy muassasalar xodimlari;

30 nafari yoki 11,2 foizi tuman (shahar) miqiyosidagi qurilish sohasi;

10 nafari yoki 3,7 foizi bank tizimi (9 nafari tuman (shahar), 1 nafari viloyat miqiyosidagi);

9 nafari yoki 3,4 foizi komunal xizmat ko’rsatish sohasi (6 nafari tuman (shahar), 3 nafari viloyat miqiyosidagi);

5 nafari yoki 1,9 foizi tuman (shahar) miqiyosidagi o’zini o’zi boshqarish organlari;

33 nafari yoki 12,3 foizi ishsiz shaxslarni;

112 nafari yoki 41,9 foizi boshqa soha vakillarini tashkil qilgan.

 

Jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlili

 

Quyidagi holatlar jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan:

Davlat xaridlari bilan bog’liq qonun talablariga rioya qilinmaganligi – 47 ta holatda ya’ni 17,6 foizi;

Ayblanuvchining ijtimoiy ta’minlanmagaligi – 42 ta holatda ya’ni 15,7 foizi;

Ishga qabul qilishda mansabdorning (xodimning) shaxsi lozim darajada o’rganilmaganligi, ayblanuvchining malaka darajasi etishmasligi – 15 ta holatda ya’ni 5,6 foizi;

Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida manfaatlar to’qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo’l qo’yganligi – 28 ta holatda ya’ni 10,5 foizi;

Davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko’tarishning shaffof tartibining mavjud emasligi – 1 holatda ya’ni 0,4 foizi;

Tizimda ish faoliyati to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, sohada byurokratik to’siqlarning mavjudligi – 114 holatda ya’ni 42,7 foizi;

Ish hajmining to’g’ri taqsimlanmaganligi, malakali xizmat ko’rsatilmasligi – 12 holatda ya’ni 4,5 foizi;

Ayblanuvchining sohaga taalluqli bo’lmagan xizmatlarga biriktirilganligi – 8 holatda ya’ni 3,0 foizi.

 

Aynan bir sohada tizimli tarzda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar tahlili

 

Aynan bir sohada sodir etilayotgan jinoyatlar va unga yo’l qo’yib bergan omillar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ta’lim va boshqa sohalarda Jinoyat Kodeksining 209-moddasi va Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan jinoyatlar majmui bilan ayblash holatlari ko’p. Bunday jinoyatlarning kelib chiqishiga tizimda ish faoliyati to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, yuqori turuvchi mas’ul shaxslarning nazoratni susaytirib yuborganligi sabab bo’lgan.

Shu bilan birga, ko’rilgan ishlar tahlili fuqarolarning masalalarini (ishga joylashtirish, o’qishga kiritish, er uchastkasini ajratish uchun hokim qarorini chiqarib berish va h.q.) yuqori idoralarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga ularning pullarini aldash yo’li bilan qo’lga kiritish hollari ko’p uchraganligini, bunday holatlarning yuzaga kelishiga aholining huquqiy madaniyati pastligi sabab bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.

 

Sudlar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili

2021 yil davomida Qoraqalpog’iston Respulikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudlari tomonidan korruptsiya bilan bog’liq jinoyat ishlari yuzasidan 2 marotaba, Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bo’yicha 1 marotaba umumlashtirishlar o’tkazilgan, shundan 167-moddasi bo’yicha o’tkazilgan 1 ta umumlashtirishning yakuni bo’yicha 2 ta, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga nisbatan taqdimnomalar chiqarilgan.

2021 yilda sudlarda mazmunan ko’rib chiqilgan korruptsiya bilan bog’liq ishlar bo’yicha jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan 144 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan. Shundan 126 ta ajrim tegishli idora, muassasa va tashkilotlarda muhokama qilingan, 2 tasi bo’yicha mas’ul shaxslarga nisbatan choralar ko’rilgan, 16 tasi bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olingan.

Jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan 2021 yilda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida jami 407 ta, jumladan 68 ta korxona-tashkilotlarda, 56 ta o’quv muassasalarida va 283 ta aholi o’rtasida ma’ruza va davra suhbatlari o’tkazilgan.

Ommaviy axborot vositalarida 339 ta, jumladan 27 ta televidenieda, 22 ta radioda, 13 gazeta-jurnallarda va 277 ta veb-saytlarda chiqishlar qilingan.

 

Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida taklif va mulohazalar

Qoraqalpog’iston Respublikasi jinoyat ishlari bo’yicha sudlarida
2021 yil davomida korruptsiya bilan bog’liq ko’rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan o’tkazilgan umumlashtirish yakuni bo’yicha qo’yidagi takliflar kiritladi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida sudlarning rolini kuchaytirish, keng jamoatchilikning bu illatga qarshi kurashishda faolligini oshirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
sudda ko’rilib ayblov hukmi chiqarilgan har bir korruptsiyaga bog’liq jinoyat ishi natijalarini OAVlarida keng yoritib borish;

korruptsiya bilan bog’liq ishlarni o’quv muassasalari, yoshlar kengashi, mahalla fuqarolar yig’inlarida sayyor sud majlisida muhokama qilish.

O’qishga va ishga qabul qilish jarayonlarida poraxo’rlikni yo’q qilish maqsadida:
oliy va o’rta-kasb ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlarini to’liq ya’ni nafaqat imtihon olish jarayonlarini, balki ariza topshirish, ularni o’rganib chiqish, imtihon varaqalarini tekshirish, qaysi savollarga berilgan javoblar to’g’ri-noto’g’riligini kuzatib borish va imtihon natijalarini qayd etish jarayonlarini internet orqali kuzatib borish tizimini yaratish;

ishga qabul qilish jarayonlari shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida barcha muassasa, tashkilot va korxonalar uchun majburiy bo’lgan “nomzodlarni tanlash va ularni ishga qabul qilish namunaviy tartibi”ni ishlab chiqish hamda nomzodlarni tanlovini internet orqali kuzatib borish tizimini yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Barcha davlat muassasalarining davlat haridlarini amalga oshirishda tanlovlari e’lon qilinadigan yagona internet saytini yaratish, tanlovlarni faqat ushbu sayt orqali o’tkazilishini yo’lga qo’yish taklif etiladi.
Davlat organlarining funktsiyalarini to’liq inventarizatsiyadan o’tkazish, ushbu organga taaluqli bo’lmagan funktsiyalarni olib tashlash, idoralarning birin-biri takrorlovchi funktsiyalarni tugatish, qonun yoki normativ-hujjat bilan qamrab olinmagan funktsiyalarni tartibini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi

Sud hujjatlarining ijrosi

O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyin-IPK) 334-moddasiga ko’ra, sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno.

 

Da’voni ta’minlash bo’yicha choralar ko’rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi ajrim, shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko’rib chiqilgan ishlar bo’yicha hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi lozim.

 

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.

 

IPKning 335-moddasida, sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir – deb belgilangan.

 

Shuningdek, IPKning 337-moddasi birinchi qismi 5-bandiga ko’ra, sud hujjatining xulosa qismi ijro varaqasida ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

 

Lekin amaliyotida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasida javobgarning manzili xato ko’rsatilgan holatlari mavjud. Ya’ni bir misol: ushbu sudning 4-2301-2203/99-sonli iqtisodiy ish bo’yicha qo’shimcha javobgar manzili Toshkent shahri, Muqumiy ko’chasi XX uy deb ko’rsatilishi lozim bo’lsada, qo’shimcha javobgarning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi filial manzili ko’rsatilgan. Natijada sudning ijro varaqasi integratsiyalangan elektron ma’lumotlar bazasi orqali Nukus shahar Majburiy ijro bo’limiga elektron shaklda jo’natilgan. Bu esa o’z navbatida Majburiy ijro bo’limi tomonidan qo’shimcha javobgarning Qoraqalpog’iston Respublikasidagi filialining hisob-raqamlarini xatlashga asos bo’lgan.

 

O’zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida»gi Qonuning 31-moddasiga ko’ra, ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo’lgan taqdirda davlat ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos bo’lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek qonunga ko’ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so’rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli.

 

Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ davlat ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran o’n kunlik muddat ichida uni ko’rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos bo’lgan o’zi qabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek qonunga ko’ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o’zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish to’g’risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.

 

Nukus shahar Majburiy ijro bo’limining ijro hujjatiga tushuntirish berish haqidagi arizasi bo’yicha chiqarilgan sud ajrimida xato kamchilik to’g’rilang’an va sudning ijro varaqasi tegishli majburiy ijro byurosiga jo’natilgan.

 

 

Berdimurat Baymuratov,

Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari ishtirokida korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan profilaktik tadbir hamda ommaviy sayyor qabul o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Nukus harbiy sudi hamda Nukus harbiy prokuraturasi raxbariyati tomonidan Nukus garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari ishtirokida korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan profilaktik tadbir hamda ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Tadbirda Nukus harbiy sudining raisi S.T.Kushatov kun tartibidagi masalalar bo’yicha, ya’ni Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari ishtirokida korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan “Korruptsiya – jamiyatni emiruvchi illatdir” mavzusida o’tkazilayotgan profilaktik tadbirning ahamiyati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining 2022 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudinig odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vazifalari to’g’risida”gi RS-03-22-sonli qaroriga ilova qilingan harakatlar dasturining 15-bandi ijrosi yuzasidan hududlarda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o’tkazilishi belgilanganligini ta’kidlab, tadbirning mazmun-mohiyatini tushuntirdi va yig’ilishda ishtirok etayotgan mas’ullar bilan harbiylarni yaqindan tanishtirdi.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi A.Sattarov yig’ilish ishtirokchilari e’tiboriga “Korruptsiya – jamiyatni emiruvchi illatdir” mavzusida ma’ruza qildi. Tinglangan ma’ruza bo’yicha tadbir ishtirokchilari o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

Shundan so’ng Nukus harbiy sudi raisi S.Kushatov so’zga chiqib, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularning oqibati, kelib chiqish sabab va sharoitlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida nafaqat Qurolli Kuchlarda, balki barcha sohalarda korruptsiyaga qarshi kurash keng ko’lamda olib borilayotganligini va biror bir holat aniqlangan taqdirda qonuniy asoslangan holda qat’iy choralar kurilayotganligini ta’kidlab, qonunchiligimizda korruptsiyaga qanday jazolar qo’llanilishi haqida harbiy xizmatchilar tushuntirishlar berdi.

 

Tadbir davomida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar o’zlarini qiynab kelgan muammolari bo’yicha tegishli soha vakillariga murojaat qilishdi. Xususan, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchisi Fartiev Karimjon, murojatida Nukus shahrida xizmatini davom ettirish uchun yaqinda kelganligini, xozirda Nukus shahri 23 kichik tumandagi ko’p qavatli xonadonlarning birida vaqtincha yashayotganligini, oila qaramog’ida bo’lgan 3 yoshar farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida yordam berishni so’ragan. Bu murojaat bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ma’sul xodimi davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga nisbatan farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga qo’yishga berilgan imtiyozlar bo’yicha tushuntirishlar berildi.

 

Shartnoma asosidagi harbiy xizmatchisi Mamadiyorov Ma’murjon o’z murojatida turmush o’rtog’ini ishga joylashtirish masalasida yordam berishni so’ragan. Bu murojaat bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi ma’sul xodimi tomonidan Qoraqalopg’iston Respublikasida maktabgacha ta’lim muassasalarida 135 ta bo’sh ish joylari borligini, turmush o’rtog’i tegishli hujjatlarini o’zi bilan bilan birga olib kelgan holda, o’z mutaxassisligi bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga ishga joylashishi mumkinligi tushuntirildi.

Sanjar Kushatov,
Nukus harbiy sudi raisi

Skip to content