OILAVIY NIZOGA OID JINOYAT ISHI OCHIQ SUD MAJLISIDA KO‘RIB CHIQILDI
Beruniy tumanida aholining huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni sud jarayonlariga keng jalb etish orqali sud hokimiyatining ochiq va shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida ochiq sud majlisi tashkil etildi.
Jumladan, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig’ini binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tumani sudi raisi R.Kamalova raisligida oilaviy nizoga oid jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sud jarayonida mahalla faollari ishtirok etdi.
Ochiq sud majlisi davomida ish materiallari, taraflarning fikr-mulohazalari tinglandi va qonun doirasida asoslangan hukm qabul qilindi. Bu kabi ochiq sud majlislari nafaqat jinoyat ishlarini hal etish, balki fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sud majlisi yakunida sudya R.Kamalova ishtirokchilarga korruptsiya va odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlari, ularning mazmun-mohiyati, hamda bunday jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, u fuqarolarni huquqiy madaniyatni yuksaltirish, o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g’ri anglash hamda jamiyatdagi salbiy illatlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga chaqirdi.
Bunday ochiq muloqot va amaliy sud majlislari aholi o‘rtasida huquqiy ong va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.