Qo’shnilar janjali
Mamlakatimizda huquqbuzorliklar, shu jumladan jinoyatlarning oldini olish bo’yicha, bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda, jumladan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi va Qoraqalpog’iston Respublikasi Joqarg’i Kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan yo’l xaritasining 11-bandi ijrosi yuzasidan har haftada huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha mahallalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birgalikda aholi o’rtasida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
Shunday bo’lsada jinoyatlar sodir qilinishi uchramoqda, misol tariqasida jinoyat ishlari bo’yicha Ellikqal’a tuman sudida ko’rib chiqilgan ishning voqea tafsilotlaridan ko’rishimiz mumkin.
Jumladan; M.Yu, 2021 yil 09 may kuni soat 17:00larda o’zining yashash uyi oldida qo’shnisi R.D. bilan o’z-aro janjallashib qolib, kelib chiqqan janjalni o’zicha mustaqil ravishda hal qilishni hoxlab, fuqaro R.D.ning tanasining ko’plab joylariga qo’l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib, tepib, uning badaniga qasddan shikast etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko’ra R.D ning badaniga engil shikast etkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat bo’yicha tergov harakatlari olib borilib, Yu.M.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Sud tomonidan ish mazmunan ko’rib chiqilib M.Yu.ga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasi tayinlandi.
Sud jarayonida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari urganilganida, ushbu oila vakillari oldindan bir-birlari bilan kelishmasligi aniqlandi.
Shu sababli bunday oilalardagi vaziyatlarni vaqtida aniqlab, ularga tegishli tushuntirish ishlarini olib borish, muammoning asosiy kelib chiqish sabablarini bartaraf qilish lozim bo’ladi.
Shu munosabat bilan sud tomonidan ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga imkon bergan shart sharoitlarni aniqlash, kelgusida bunday jinoyatlarning kelib chiqishining oldini olish yuzasidan fuqaro M.Yu.ning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig’ini mas’ul xodimlariga nisbatan xususiy ajrim chiqarilib, munosabat bildirildi.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Ellikqal’a tuman sudi raisi Orazbay Maulenov