Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi

Shimoli-G’arbiy harbiy okrug ma’naviyat markazida Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan Qurolli Kuchlar tarkibidagi harbiy qism va muassasalar komandir va boshliqlari ishtirokida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

 

Unda Bosh prokuror o’rinbosari-O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Botir Kudratxodjaev, Respublika Harbiy sudi raisi Sadriddin Eshonqulov hamda Shimoliy-g’arbiy okrug qo’mondoni Farxod Shermatov qatnashdi.

 

 

Yig’ilishda lavozimlarga yangi tayinlangan Nukus harbiy prokurori Ulug’bek Abdiraximov va Nukus harbiy sudi raisi Purxaniddin Akimniyazovlar tanishtirildi hamda kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar kelishib olindi.

 

 

 

Tezkor yig’ilishda ma’sullarga hududda huquq tartibotni, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyasini yanada samarali ta’minlashga qaratilgan ko’rsatmalar berildi.