OʻZBEKISTON – 2030: SUD TIZIMINI ZAMONAVIYLASHTIRISH YOʻLIDA

2026-yil 16-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotining barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan, shu jumladan sud va huquq sohasidagi islohotlarni ham muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Har bir fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud tizimini samarali faoliyatga moslashtirish bu strategiyaning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.

 

Sudya sifatida men uchun bu strategiya nafaqat rasmiy hujjat, balki xalq hayotidagi haqiqiy oʻzgarishlar va sud tizimini zamonaviylashtirishda amaliy qadamlarni anglatadi. Jinoyat ishlarida yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, sud va tergov organlari tomonidan masofadan turib protsessual harakatlarni amalga oshirish, shuningdek interaktiv xizmatlar orqali fuqarolarga qulaylik yaratish — barchasi sud jarayonlarini odil, shaffof va insonparvar qiladi.

 

Strategiyaning ushbu yoʻnalishlari sud tizimidagi islohotlarning zamonaviy uslubda olib borilishini, odil sudlovning har bir jarayonda fuqaroga sezilishiga eʼtibor qaratgan holda, mamlakatda huquqiy madaniyat va davlatga ishonchni mustahkamlaydi.

 

Strategiyada sud va huquq sohasida quyidagi aniq maqsadlar belgilangan:

 

  1. Qonun ustuvorligini taʼminlash va inson huquqlari himoyasini kuchaytirish

Jinoyat ishlari boʻyicha yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20% ga oshirish.

Sudlar va tergov organlari tomonidan ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatini 50% ga yetkazish.

  1. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan sud nazoratini kuchaytirish

Maʼmuriy sudlarda ishlarni kelishtirish orqali hal etish darajasini 50% ga oshirish, bu fuqarolarga tez va adolatli himoyani taʼminlaydi.

  1. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va ochiqlikni taʼminlash

Fuqarolar uchun odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida yangi 19 ta interaktiv xizmatlar joriy etish.

Sud jarayonlarida shaffoflik va fuqaro ishtirokini taʼminlash, byurokratiyani kamaytirish.

  1. Advokatura va huquqiy yordamning salohiyatini oshirish

Fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha advokatlar, sudlar va davlat organlari oʻrtasida elektron hujjat almashinuvi 50% ga oshiriladi.

 

Malakali huquqiy yordamning tezkorligi va samaradorligini taʼminlash.“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan sud va huquq sohasidagi islohotlar nafaqat qonun ustuvorligini taʼminlaydi, balki har bir fuqaro uchun odil va shaffof sudlovning amaliy kafolatini yaratadi. Jinoyat ishlarida yarashuv institutidan kengroq foydalanish, sud va tergov organlarining masofadan turib harakatlarni amalga oshirishi, maʼmuriy ishlarni kelishtirish orqali hal etish — buning barchasi sud jarayonlarini insonparvar, samarali va tejamkor qiladi.

 

Shuningdek, interaktiv xizmatlar va elektron hujjat almashinuvi fuqarolar va advokatlar uchun sud tizimi bilan bogʻlanishni osonlashtiradi, byurokratiyadan xoli qiladi va huquqiy yordamning sifatini oshiradi. Bu esa nafaqat odil sudlov, balki fuqarolarning davlatga ishonchini mustahkamlaydi.

 

Sudya sifatida men bunday zamonaviylashtirishlar sud tizimini faqat hukumatning tarkibiy islohoti emas, balki xalqning hayotidagi real qiymatga ega mexanizm sifatida koʻrsatadi, adolatni har bir jarayonda his qilish imkonini yaratadi.

 

Bugungi qadamlar kelajak uchun asos yaratadi: fuqarolarning huquqiy madaniyati va sud tizimiga ishonchi yanada oshadi, innovatsion texnologiyalar orqali har bir inson uchun huquqiy himoya va qonuniy adolatni taʼminlash samaradorligi sezilarli darajada koʻtariladi. Shu tariqa, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi sud tizimini yangi bosqichga olib chiqadi, odil sudlovni har bir fuqaro hayotida haqiqiy his etish imkoniyatini yaratadi.

 

 

Alisher AMETOV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi