Mahallalarda sud-huquq masalalari bo’yicha uchrashuvlar

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbaeva hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi M.Q.Kamalov tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog’iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish bo’yicha” Yo’l xaritasining 24-bandi ijrosini ta’milash maqsadida Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari Q.Xojamuratov va B.Bekmuratovlar tomonidan To’rtko’l tumanidagi “Guliston”, “Shodlik” mahalla va “Oqqamish”, “Ko’na To’rtko’l” ovul fuqarolar yig’inlarida, boshqa olis hududlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

      

Uchrashuvlar davomida iqtisodiy sud sudyalari tomonidan aholiga jinoyatchilikning oldini olish, uni sodir etishning oqibatlari, odam savdosi va poraxo’rlik jinoyatlariga birgalikda kurashish bo’yicha profilaktik tushuntirishlar berish bilan bir qatorda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va o’zgarishlar xususida, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish hamda kambag’allik bilan kurashish ko’lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida huquqiy targ’ibot ishlari ham amalga oshirildi.