Ayol baxtli bo’lsin
“Ayollar daftari”. Ijtimoiy himoya, uy-joy ta’miri, tibbiy himoya, huquqiy yordam, psixologik maslahatga muhtoj, boquvchisini yo’qotgan, noturar joyda istiqomat qilayotgan, qaramog’ida nogiron farzandlari bor yolg’iz ayollar ro’yxati kiritilgan daftar. Bugun bu ayollarga har qachongidan da e’tibor va g’amxo’rlik juda kuchli. Chunki ularning bugungi turmushidan, hayotidan rozi bo’lib yashashi obodlik va farovonlikning muhim omili.
Beruniy tumanidagi “Oltinsoy” ovul fuqarolar yig’inida o’tkazilgan hudud ayollari bilan ochiq muloqat ham aynan ularni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni joyida aniqlab, bartaraf etishga qaratildi. Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudi raisi Rano Kamalova “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritilgan xotin-qizlar bilant muloqat qilar ekan, ham sudya, ham ayol sifatida ularning dardini tingladi, muammolariga joyida echim izladi. Chunonchi, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni jamiyat etakchisiga aylantirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlar, amaliy chora-tadbirlar mohiyatida bir mazmun mujassam: ayol baxtli bo’lsin!
Zero, ayolning hayotdan ko’ngli to’lsa, xonadoni farishtali, farzandlari baxtiyor bo’ladi, ertangi kunga ishonch ortadi. Shunday ekan, joylarda sud raislarining mutasaddilar bilan birgalikta tashkil etayotgan ana shunday ochiq muloqatlari jumladan, muammolarni qayta-qayta o’rganish, shart-sharoit yaratish borasida belgilab olgan vazifalari izchil davom etaveradi.