IIB da tushuntirish va targ’ibot ishlari
Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, Beruniy tumani IIB binosida, IIB xodimlari bilan, hozirgi vaqtda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar yuzasidan ma’muriy ish qo’zg’atish va uni sudga yuborish tartibi va unga ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar yuzasidan tushuntirish berdi.
Shuningdek, hozirgi kunda ko’payib ketayotgan jinoyatlar va ularning oldini olish borasida va “Odam savdosiga qarshi kurash” to’g’risidagi Qonun va “Korrupsiyaga qarshi kurash” to’g’risidagi Qonunning, shuningdek shu paytgacha qonun bilan ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning muayyan yashash joyiga ega bo’lmagan shaxslarni reablitatsiya markaziga joylashtirish to’g’risidagi iltimosnomalarini ko’rib chiqishga doir normalarni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’tkazish hamda tegishli ishlarni ko’rib chiqishni ma’muriy sudlardan, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlariga o’tkazish to’g’risidagi 2022 yil 16 dekabrdagi 810-sonli qarorning mazmun va mohiyati va bu borada IIB xodimlarining vazifalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi