PLENUM QARORLARI MAZMUNI TUSHUNTIRILDI

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi R.Xudaybergenova tomonidan Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassislari, bo‘lim boshliqlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2024 yil 16 dekabrdagi «Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi qarorlariga o‘zgartirish kiritish haqida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorlarining mazmuni va ahamiyati tushuntirildi.