KONSTITUTSIYA FUQAROLAR HUQUQI TA’MINLANISHINING KAFOLATIDIR

 

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. Har qanday jamiyat qonunlari inson uchun yaraladi  va uning baxtli hayoti hamda turmushini ko‘zlaydi, haq-huquq va erkinligini ifodalaydi hamda  kafolotlaydi.   Mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.   Bu borada samarali huquqiy baza yaratildi.    Tom ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimizda inson huquqlari ta’minlashining kafolati hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida, Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

 

 

 

Bolalar mehnatining bolaning sog’lig’iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi, deb belgilangan.

 

Darhaqiqat qonunuda belgilanmagan tartibda biror inson majburiy mehantga jalb etilishi mumkin emas.

 

Eski sovet tuzumidan qolgan yomon odatlardan biri bu ijtimoiy soha vakillari, talabalar va hattoki maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga, xususan, paxta terish yoki boshqa qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish edi.  Natijada o‘quvchi va talabalar tayinli ta’lim olmas, o‘qituvchi va shifokorlar o‘z ustida ishlab, sifatli xizmat ko‘rsatishning o‘rniga dalaga chiqib, paxta terar edi. Bu nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolimizga, balki O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi imidjiga ham o‘ta salbiy ta’sirini  ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi 2008 yilda Xalqaro mehnat tashkilotining “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g’risida”gi Konventsiyani (1999) ratifikatsiya qilgan.

 

Ushbu konventsiyaga muvofiq “bolalar mehnatining eng yomon shakllari” deganda qullik, jinsiy ekspluatatsiya, bolalarni qurolli to‘qnashuvlarda, noqonuniy faoliyatda yoki ularning sog’lig’iga, axloqiy va psixologik holatiga zarar etkazadigan xavfli ishlarda ishlatish tushuniladi.

 

O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g’risidagi va Jinoyat kodekslarida bunday qilmishlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda majburiy mehnatni bartaraf etish ishlari o‘zining ijobiy natijasini berib ushbu sa’y-harakatlar xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Xalqaro reytinglardagi o‘rnimiz ancha yaxshilandi, bu esa yurtimizga ko‘plab investitsiyalar jalb qilinishiga, iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga xizmat qilayapti.

 

Bolalar o‘qishda, shifokor va o‘qituvchilar ishda bo‘lishlari to‘g’ri siyosiy qaror edi. Majburiy va bolalar mehnatining man etilishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilishi ushbu siyosiy qaror abadiy ekanligini ko‘rsatadi.

 

Xulosa qilib aytganda, bo‘lsak oxirgi yillarda maktab o‘quvchilari va shifakorlarnig paxta yig’im-terimiga jalb qilinmaganligining o‘zi ham Davlatimizda inson huquqlari ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.

 

Shuningdek,  Konstitutsiyamizning 47-moddasida, «Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.  Davlat uy-joy qurilishini rag’batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi»,-dep ko‘rsatilgan.

 

Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan Respublikamizda kambag’allikni qisqaritish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat hozirgi kunda o‘z natijasida ko‘rsatmoqda.

 

Misol tariqasida kambag’al oilalarga o‘z iqtisodiyotini tiklash uchun ularga bir martalik kompensatsiya pullari berilishi, yoki tadbirkorlik orqali daromad topishi uchun o‘z uyida kasanachilik, qandolatchilik va boshqa turli faoliyat turlari bilan shug’ullanishi uchun subsidiya pullari ajratilishi natijasida xalqning moddiy ahvoli ancha yaxshilandi.

 

Uy-joyga muhtojligi bo‘lgan oilalarning arzon narxlardagi uy-joy bilan ta’minlanishi, sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanishinig Konstitutsiyaga kiritilishi axolining uy joyining “SNOS” ga tushishi va uy-joydan mahrum bo‘lib qolishning oldini oldi.

 

Zero, Konstitutsiya fuqarolar huquqi ta’minlanishining kafolatidir.

 

 

Ra’no KAMALOVA, 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi raisi