YOSHLAR VA SUD-HUQUQ ISLOHOTLARI: ZAMONAVIY SUD, RAQAMLASHTIRISH

 

Innovatsion texnologiyalar universitetida talabalar ishtirokida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korruptsiyaga qarshi kurashish choralari va sudlarda joriy etilgan interaktiv xizmatlar haqida ma’lumot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

 

Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyalari J.Aymaganbetova, K.Xojamuratov va A.Imatov, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi K.Babanazarov, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida sudyalar mamlakatda korruptsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi va qonunchilik asoslari mustahkamlangani, davlat boshqaruvida shaffoflik, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va davlat xaridlarini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Sud tizimida ham «Raqamli sud» tamoyili joriy qilinib, ishlar elektron shaklda yuritiladi, sud ishlari avtomatik tarzda taqsimlash tizimi orqali xolisona ko‘rib chiqiladi, kelgusida sun’iy intellekt imkoniyatlari ham qo‘llaniladi. Shuningdek, my.sud.uz portali orqali fuqarolar va tadbirkorlar shikoyat arizalari va shikoyatlarni onlayn yuborishi, to‘lovlarni amalga oshirishi hamda videokonferentsaloqa orqali masofadan ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Bu esa sudlarga murojaat qilishda shaffoflikni ta’minlab, sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

 

 

Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va aniq javoblar oldi, sud tizimidagi yangiliklar, elektron xizmatlar va korruptsiyaga qarshi mexanizmlar bo‘yicha o‘zlari uchun muhim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.