ADVOKATLAR BILAN UCHRASHUVDA OLIY SUD PLENUMI QARORLARI MUHOKAMA QILINDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyalari R. Xudaybergenova va J. Aymaganbetovalar tomonidan Advokatlar palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasida advokatlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim muhim qarorlarning mazmunini advokatlarga tushuntirish boʻldi.
Sudyalar uchrashuv davomida Oliy sud Plenumining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarorining ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdilar. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 14-sonli, “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga oid qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 15-sonli qarorilarining mazmuni haqida keng tushunchalar berildi.
Uchrashuv jarayonida advokatlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar oldilar.