SUDYA O‘QUVCHILAR UCHUN AMALIY DARS O‘TDI

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining «Sudyalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliy dars o‘tkazish» bo‘yicha tuzilgan rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi R.Xudayberganova Nukus shahri 1-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bor maktabda «Inson huquqlari va erkinliklari kafolati» mavzusida amaliy dars o‘tdi.

 

Unda sudya o‘quvchilarga asosiy Qonunimizning ahamiyati, yangilangan Konstitutsiyadagi normalar, inson huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaning o‘rni haqida tushuntirish berdi.

 

Albatta, sudyalar tomonidan bunday amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi juda muhim. Bunday tadbirlar yoshlarga inson huquqlari, ularning kafolatlari va himoyasi haqida tushuncha berishga qaratilgan. Inson huquqlari tushunchasi, ularning umumiy tamoyillari, bunday huquqlarning himoyasi va ularning hayotimizdagi ahamiyati bo‘yicha ma’lumot berish orqali, qonunlar va normalarning inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni ham mustahkamlanadi.

 

O‘z navbatida o‘quvchilar ham ochiq darslar asosida huquqiy savodxonligini oshiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning qonunlarni bilishga, huquqiy sohaga bo‘lgan qiziqishi oshib, huquqlarini himoya qilishni o‘rganadi, shu bilan birga demokratik qadriyatlarni yanada chuqurroq bilishiga imkoniyat beradi.

 

Ana shu jihatlari bilan ham sudya tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot o‘quvchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.