SAYYOR SUD MAJLISI O‘TKAZILDI

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tumani sudining tergov sudyasi R.Kaukishev tomonidan Chimboy tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik), 101-moddasining 1-qismi (elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish) va 592-moddasining 2-qismi (oilaviy tazyiq) bilan bir guruh huquqbuzarlarga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Sud tomonidan aybdor deb topilgan huquqbuzarlarga 3 sutkadan 7 sutkagacha ma’muriy qamoq, jarima jazolari tayinlandi.

 

 

Sud majlisi yakunlangach, tergov sudyasi tomonidan 2025 yil 28 yanvar kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 1022-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni va uning ahamiyati yuzasidan fuqarolarga keng tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tergov sudyasi va uning vakolatlari ham ta’kidlandi.