MAQSAD – XALQNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI TA’MINLASH

Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limining majlislar zalida Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tumani sudining tergov sudyasi D.Yusupova raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Jo‘ldasboyev va profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda tergov sudyasi D.Yusupova tomonidan 2025 yil 28 yanvar kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 1022-sonli qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, majlis davomida tergov sudyasi «O‘zbekiston-2030» strategiyasida sud faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.