SAYYOR SUD MAJLISI O’TKAZILDI
Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining tergov sudyasi I.Allaniyazov tomonidan tumandagi “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig’inida ochiq sayyor sud majlisi o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 125 (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish), 131 (transport vositalarini mast holda boshqarish), 183 (mayda bezorilik), 187 (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish), 190 (fohishalik bilan shug‘ullanish) moddalari bilan to’plangan jami 45 ta ma’muriy ish materiallari mazmunan ko’rib chiqildi.
Ish materiallari har tomonlama o’rganilib, mayda bezorilik sodir qilgan 5 nafar shaxsga nisbatan 3 sutkadan 10 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 190-moddasida kórsatilgan huqubuzarlikni takror sodir etgan 1 nafar shaxsga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi, boshqa huquqbuzarlarga nisbatan esa jarima jazosi tayinlandi.
Sud majlisi tugagandan so’ng, mahalla faollariga ma’muriy huquqbuzarlik va uning turlari, jazo choralari, umuman huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.