14 NAFAR SHAXSGA MA’MURIY QAMOQ JAZOSI TAYINLANDI
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tumani sudining tergov sudyasi A.Seytanov tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limi binosida ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Unda 14 nafar shaxsga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar spirtli ichimlik ichib mast holda, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, bezorilik harakatlarini sodir etgan. Shu bilan birga, holat bo‘yicha ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilganda ularning qonuniy talablarini bajarmagan.
Ushbu holat sudya tomonidan har tomonlama o‘rganilib, guvoh va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi va huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga 3 sutkadan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.