QARZDOR OTAGA MA’MURIY JAZO TAYINLANDI

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2023 yil 27 yanvardagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi S.S.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor T.Ya.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor T.Ya tomonidan aliment to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli unga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish bo‘yicha Jinoyat ishlari Nukus shahar sudiga ish hujjatlari yuborildi. Natijada qarzdor T.Ya.ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.