Sayyor qabul o’tkazildi

Fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish maqsadida, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi tomonidan olis qishloq va mahalalarda yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabullar o’tkazish yuzasidan 2023 yilning 1-choragiga mo’ljallangan rejasiga muvofiq jinoyat ishlari bo’yicha Amudaryo tuman sudining raisi A.Safarov va Fuqarolik ishlari bo’yicha Amudaryo tuman sudining raisi Q.Atamuratovlarning ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi.

 

 

Unda asosan, Amudaryo tumani “Xitoy” ovul fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari tinglandi.

 

 

Qabulda murojaatlarning asosiy qismi uy-joy nizolari, sud qarorlarining ijrosi va sud tomonidan tayinlangan jazoni engilrog’iga almashtirish kabi masalalar bo’yicha bo’ldi.

 

 

Shuningdek, profilaktika maqsadida ishtirokchilarga qonunlarga kiritilgan o’zgartirishlar, xududda sodir etilayotgan jinoyatlar, asosan ayollar tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning tahlili, korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashish, odam savdosi jinoyatlarining salbiy oqibati va aliment bilan bog’liq masalalarda ham huquqiy tushuntirishlar berildi.