Beruniy tumanida xotin-qizlar masalasi bo’yicha sayyor qabul tashkil etildi
Beruniy tumani hokim o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Kozieva tomonidan 1-sektor hududida yashovchi xotin-qizlar bilan Sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda tuman Adliya bo’limi boshlig’i S.Rayimbekova, Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi R.Kamalova, fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi J.Keulimjaev, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’ining Onalik va bolalikni muxofaza qilish ishlari bo’yicha o’rinbosari G.Yeshnazarovalar ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida
1 Beruniy OFY
2 Biybazar OFY
3 Mustaqillik MFY
4 Qangshartal MFY
5 Nayman MFYlar xududida yashayotgan xotin-qizlar o’rtasida, ularni qiynayotgan muammolari bilan tanishdi. Qabul jarayonida Oila va xotin-qizlar bo’limiga 18 ta, Adliya bo’limiga 6 ta, Huquq tartibod idoralariga 10 ta murojatlar kelib tushdi. Oila va xotin-qizlar bo’limiga tushgan murojaatlarning 15 tasi ijobiy xal qilindi va 3 tasiga tegishli ko’rsatmalar berilgan bo’lsa, huquq tartibot idoralariga 10 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarga huquqiy maslaxatlar, tuman tibbiyot birlashmasiga kelib tushugan 8 ta murojaatga, tegishli ko’rsatmalar berildi.
Hududda “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida turib o’z ish faoliyatiga ega bo’lgan va uy sharoitida daromad topayotgan tadbirkor xotin-qizlarning faoliyati o’rganildi.
Rano Kamalova,
Jinoyat ishlari bo’yicha Beruniy tumani sudining raisi