Harbiylar orasida yangi Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi
Nukus shahar harbiy sudi sudya yordamchisi D.Allashov va devonxona mudiri A.Kalenderovlar poytaxtimizdagi Shimoliy-¬g’arbiy harbiy okrugining Nukus garnizoni hududida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarga Prezidentimiz tomonidan shu yil 28 iyulda “Sudlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati to’g’risida batafsil ma’lumot berishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlandiki, qonunga muvofiq harbiy sudlar faoliyatini tashkil qilish to’g’risida, sudyalarning malaka darajalari to’g’risida, sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to’g’risidagi Nizomlar qabul qilindi. 14 bob, 101 moddadan iborat ushbu qonunga ko’ra sudlar tuzilmasi, tuman (shahar), tumanlararo, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, Oliy sud, sud hay’atlari, Oliy sud Rayosati hamda Plenum vakolatlari qat’iy belgilandi.
Qonuning yangi tahriri avvalgi qonunlardan farqli ravishda uning birinchi moddasidanoq hokimiyatlarning bo’linish printsipiga asoslangan O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimini muhim bir tarmog’i bo’lgan sud hokimiyati va sudyalarning mustaqilligi bilan bog’liq qoida o’z aksini topgan.
Endilikda barcha sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Yopiq sud majlisini o’tkazish uchun qonunda belgilangan hollardagina yo’l qo’yiladi. Tadbirda harbiylarga qonundagi shu va boshqa o’zgarishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.