Saylovga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Fuqarolik ishlari bo’yicha Beruniy tumanlararo sudining raisi J.Keunimjaev, sudyasi A.Abdirasuliev, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari Q.Xojamuratov va B.Bekmuratovlar tomonidan 2021 yil 7 avgust kuni Beruniy tumanidagi 181-sonli saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi raisi, o’rinbosari va a’zolari hamda fuqarolar bilan seminar mashg’uloti o’tkazildi.

Seminarda sudyalar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o’tkazish, saylov natijalarini aniqlash va e’lon qilish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Jumladan, uchastka saylov komissiyalari va ularning a’zolari o’z faoliyatini har qanday davlat idoralaridan, jaomat birlashmalaridan va lavozimli shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshirishi va ularning faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmasligi, qonunchilikka binoan saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi hozir bo’lganda oshilishi, agar uchastka saylov komissiyasi raisi ayrim sabablarga ko’ra saylov kuni qatnasha olmasa, uchastka saylov komissiyasi a’zolari yig’ilish o’tkazib, o’zlari orasidan rais saylashlari lozim ekanligi, uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning va saylov protsessi boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko’rib chiqishi va ular bo’yicha qarorlar qabul qilishi, shu bilan birga saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro’yxatidagi ma’lumotlarini tekshirishi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo’ydirib topshirishi, kuzatuvchilarga va OAV vakillariga saylov jarayonini kuzatishlari uchun sharoit yaratib berishlari, bundan tashqari, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o’rinbosari soat 20:00 da ovoz berish yakunlanganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va OAV vakillari ishtirokida e’lon qilishi, agar uchastkalarda ro’yxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib bo’lgan bo’lsa, uchastka saylov komissiyasi raisi ovoz berish yakunlanganligini soat 20:00 dan oldin yakunlangan vaqtda e’lon qilishi mumkinligi, ammo saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yo’l qo’yilmasligi, saylovchilarning ovozlarini sanab chiqish faqatgina ovoz berish binosida amalga oshirilishi, uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozlarni sanab chiqish, natijalari haqidagi bayonnomalarni to’ldirish jarayonida siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, OAV vakillari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralarining kuzatuvchilari, boshqa davlatlari va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari ishtirok etishlari mumkinligi va uchastka saylov komissiyasi a’zolarining ovoz berish yakunlangandan keyin amalga oshiradigan vazifalari, saylov natijalarini e’lon qilish tartiblari haqida so’z bordi.