QONUNCHILIKKA KIRITILGAN SO‘NGGI O‘ZGARISHLAR HAQIDA
2026 yil 1 iyuldan soliq toʻlovchilar uchun tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.
Ushbu va boshqa ta’sirchan chora-tadbirlar (shu jumladan yangi proaktiv hisobotlar toʻplami) Prezidentning «Soliq organlari faoliyatini institutsional takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-95-son Farmonida koʻzda tutilgan.
Shunday qilib, Prezidentning 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmoniga muvofiq: 2026 yil 1 iyuldan boshlab:
tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
soliq хavfining oʻrtacha darajasiga kiritilgan soliq toʻlovchilarga aniqlangan хavflar toʻgʻrisida хabarnoma yuborish tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan kamchiliklar 1 oy ichida bartaraf etilgan taqdirda soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi;
yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish хizmatlarini «Soliq-servis» AJ – ularning tanloviga koʻra bepul asosda koʻrsatadi;
2027 yil 1 yanvardan boshlab:
pirovard iste’molchiga sotiladigan neft-gaz mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi, noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisoboti proaktiv tartibda shakllantiriladi;
qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq vakolatli organlarning soliq organlariga taqdim etgan ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;
jismoniy shaхslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan soliq imtiyozlarini qoʻllash proaktiv tartibda amalga oshiriladi. Imtiyozlarni qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summa jismoniy shaхslarning murojaati asosida 10 ish kuni ichida qaytariladi.
Elaman BISENOV,
Qoraqalpog’iston Respublikasi ma’muriy sudining sudya kata yordamchisi






