{"id":9704,"date":"2026-01-27T16:24:30","date_gmt":"2026-01-27T11:24:30","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9704"},"modified":"2026-01-27T16:24:30","modified_gmt":"2026-01-27T11:24:30","slug":"oliy-sud-plenumi-qarorlari-amaliyotda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9704","title":{"rendered":"OLIY SUD PLENUMI QARORLARI \u2013 AMALIYOTDA"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amudaryo tuman sudi binosida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yaqinda qabul qilingan muhim qarorlari mazmun-mohiyatini o\u2018rganishga bag&#8217;ishlangan o\u2018quv-seminari bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda sudyalar, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etib, sud amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Seminarning asosiy maqsadi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 24 noyabrdagi \u201cSudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne\u2019matlarni himoya qilish to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni qo\u2018llash amaliyoti haqida\u201dgi 21-sonli, \u201cJinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to\u2018g&#8217;risida\u201dgi qarorga o\u2018zgartirish kiritish haqida\u201dgi 22-sonli hamda ayrim Plenum qarorlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g&#8217;risidagi 23-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka va ijrochilarga etkazishdan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tadbirda so\u2018zga chiqqan Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasurbek Baltabaev ta&#8217;kidlaganidek, Oliy sud Plenumining 22-sonli qarori bilan jazo tayinlashda mutanosiblik printsipiga asoslanish va huquqiy ta&#8217;sir choralari qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun etarli bo\u2018lishi kerakligi belgilangan. Shuningdek, endilikda shaxsni o\u2018ta xavfli residivist deb topishda nafaqat O\u2018zbekiston, balki boshqa davlat sudlarining hukmlari ham hisobga olinishi mumkin. Qolaversa, Qaror bilan jazo tayinlashning o\u2018ziga xos tartiblari kiritilmoqda. Endilikda sudlarga jinoyat sodir etgan voyaga etmaganlarga nisbatan jazo o\u2018rniga ko\u2018proq majburlov choralarini qo\u2018llash tavsiya etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov internet tarmog&#8217;ida sha&#8217;n va qadr-qimmatni kamsituvchi ma&#8217;lumotlar tarqatilganda qo\u2018llaniladigan choralar haqida tushuntirish berdi. Agar ijtimoiy tarmoqlarda shaxs haqida haqiqatga to\u2018g&#8217;ri kelmaydigan ma&#8217;lumotlar tarqatilsa, jabrlanuvchi nafaqat raddiya berishni, balki ushbu ma&#8217;lumotlarni o\u2018chirib tashlash, qidiruv tizimlaridan olib tashlash hamda ma&#8217;naviy zararni undirishni talab qilishi mumkin. E\u2019tiborli jihati shundaki, tarqatilgan ma&#8217;lumotning haqiqatga to\u2018g&#8217;ri kelishini isbotlash majburiyati endilikda ma&#8217;lumotni tarqatgan javobgar zimmasiga yuklatiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Seminar davomida fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Amudaryo tuman sudining sudyasi Muhabbat Kaypova Plenumning 22- va 23-sonli qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka kiritilgan o\u2018zgartirishlarga e\u2019tibor qaratdi. U o\u2018z nutqida kredit munosabatlari va jazo tayinlash amaliyotidagi yangiliklarni sharhlab berdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qayd qilinganidek, Plenumning 23-sonli qarori bilan kredit shartnomalari bo\u2018yicha nizolarni hal qilishda adolatli yondashuv belgilandi. Xususan, agar qarz oluvchi kreditni qaytarish muddatini buzsa, bank darhol kreditning qolgan barcha qismini undirishni talab qila olmaydi. Dastlab muddati o\u2018tgan qismni undirish choralari ko\u2018rilishi kerak. Faqat shundan keyingina, natija bo\u2018lmasa, kreditning to\u2018liq summasini muddatidan oldin undirish masalasi qo\u2018yilishi mumkin. Bu fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim kafolatdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, sudya Muhabbat Kaypova jinoyat ishlari bo\u2018yicha jazo tayinlashdagi o\u2018zgarishlarga ham to\u2018xtaldi. 22-sonli Plenum qaroriga ko\u2018ra, Konstitutsiyamizning 20-moddasiga asosan, shaxsga nisbatan qo\u2018llaniladigan huquqiy ta&#8217;sir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi shart. Sudlarga voyaga etmaganlarga nisbatan jazo o\u2018rniga majburlov choralarini kengroq qo\u2018llash tavsiya etilmoqda. Yana bir muhim jihat: jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni internetda tarqatgan shaxslarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, ularga Internetdan foydalanishni taqiqlash kabi qo\u2018shimcha cheklovlar belgilanishi mumkinligi tushuntirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tadbir yakunida ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga sudyalardan batafsil javob oldilar. Ushbu Plenum qarorlarining amaliyotga to\u2018g&#8217;ri tatbiq etilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi ta&#8217;kidlandi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Amudaryo tuman sudi binosida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yaqinda qabul qilingan muhim qarorlari mazmun-mohiyatini o\u2018rganishga bag&#8217;ishlangan o\u2018quv-seminari bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda sudyalar, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etib, sud amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan fikr almashdilar. &nbsp; Seminarning asosiy maqsadi \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025 yil 24 noyabrdagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9705,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9704","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9704","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9704"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9704\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9706,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9704\/revisions\/9706"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9705"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9704"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9704"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9704"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}