{"id":9649,"date":"2026-01-20T13:15:54","date_gmt":"2026-01-20T08:15:54","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9649"},"modified":"2026-01-22T13:17:00","modified_gmt":"2026-01-22T08:17:00","slug":"gender-tenglik-adolat-va-inson-qadri-ustuvorligining-asosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9649","title":{"rendered":"GENDER TENGLIK \u2014 ADOLAT VA INSON QADRI USTUVORLIGINING ASOSI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunda gender siyosati inson qadrini ulug&#8217;lash, adolatli jamiyat barpo etish va barqaror taraqqiyotga erishishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Gender tushunchasi xotin-qizlar va erkaklar o\u2018rtasidagi munosabatlarning siyosat, iqtisodiyot, huquq, ta&#8217;lim, madaniyat va boshqa barcha sohalardagi ijtimoiy jihatini ifodalaydi. Gender tenglik esa faqat ayollar huquqlari bilan bog&#8217;liq masala emas, balki butun jamiyat manfaatlariga daxldor ijtimoiy adolat tamoyilidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda so\u2018nggi yillarda gender tenglikni ta&#8217;minlash, xotin-qizlarni zo\u2018ravonlik va kamsitishdan himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga yo\u2018llagan murojaatnomasida bu masalaga alohida to\u2018xtalib, quyidagi muhim fikrlarni ta&#8217;kidladi: \u201cO\u2018zbekistonda \u2013 fuqarolarimiz, tadbirkorlarimiz va investorlarni har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya qiladigan davlat bor, Konstitutsiya bor, qonunlar bor!\u201d<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat rahbari xotin-qizlarning qadr-qimmatini himoya qilish, bolalarni zo\u2018ravonlikdan asrash qadimdan xalqimiz uchun sha&#8217;n va g&#8217;urur masalasi bo\u2018lib kelganini alohida ta&#8217;kidlab, jamiyatimizda ayollar va bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlik holatlari mavjudligi aslo qabul qilib bo\u2018lmas holat ekanini ochiq-oydin bildirdi. Xususan, murojaatnomada keltirilishicha, so\u2018nggi ikki yilda ayollar va bolalarga nisbatan oilaviy zo\u2018ravonlik bilan bog&#8217;liq 2 mingdan ziyod jinoyat holati aniqlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezident ta&#8217;biri bilan aytganda, oilaviy zo\u2018ravonlik faqat oilaning ichki ishi emas, balki butun jamiyatni tashvishga solishi lozim bo\u2018lgan muammodir. Ayolni o\u2018z muammosi bilan yolg&#8217;iz qoldirishga hech kimning haqqi yo\u2018q. Shu bois, ayollar va bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlikning oldini olish bo\u2018yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi barcha davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarini safarbar etgan holda, samarali tizim yaratishi zarurligi qayd etildi. Parlament va jamoatchilikning faol ishtiroki esa bu borada ijobiy natijalarga olib kelishi shubhasiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda gender siyosatining huquqiy asoslari mustahkam shakllangan. 2019 yilda qabul qilingan \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun milliy qonunchiligimizda gender tenglik masalasini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Shuningdek, \u201cXotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun ayollarni jismoniy, jinsiy, ruhiy va iqtisodiy zo\u2018ravonlikdan muhofaza qilishning aniq mexanizmlarini belgilab berdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi esa ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Gender masalalari bo\u2018yicha respublika komissiyasi faoliyati ham davlat siyosatini izchil amalga oshirishda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda gender tenglikni ta&#8217;minlash va zo\u2018ravonlikka qarshi kurashish bo\u2018yicha qat\u2019iy siyosiy iroda mavjud. Qonunlar qabul qilindi, institutlar shakllantirildi. Endi esa ushbu huquqiy normalarni amaliyotga to\u2018liq tatbiq etish, jamiyatda murosasiz munosabatni shakllantirish har birimizdan mas\u2019uliyat talab etadi. Zero, xotin-qizlarning qadr-qimmatini himoya qilish \u2014 adolatli jamiyat, mustahkam oila va barqaror taraqqiyotning ishonchli kafolatidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Zulfiya BABADJANOVA,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Bugungi kunda gender siyosati inson qadrini ulug&#8217;lash, adolatli jamiyat barpo etish va barqaror taraqqiyotga erishishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Gender tushunchasi xotin-qizlar va erkaklar o\u2018rtasidagi munosabatlarning siyosat, iqtisodiyot, huquq, ta&#8217;lim, madaniyat va boshqa barcha sohalardagi ijtimoiy jihatini ifodalaydi. Gender tenglik esa faqat ayollar huquqlari bilan bog&#8217;liq masala emas, balki butun jamiyat manfaatlariga daxldor [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9650,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9649","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9649","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9649"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9649\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9651,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9649\/revisions\/9651"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9650"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9649"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9649"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9649"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}