{"id":9614,"date":"2025-12-26T19:22:04","date_gmt":"2025-12-26T14:22:04","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9614"},"modified":"2025-12-26T19:22:04","modified_gmt":"2025-12-26T14:22:04","slug":"bola-huquqlari-davlat-himoyasidagi-oliy-qadriyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9614","title":{"rendered":"BOLA HUQUQLARI \u2014 DAVLAT HIMOYASIDAGI OLIY QADRIYAT"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bola huquqlari \u2014 bu har bir bola, ya\u2019ni 18 yoshga to\u2018lmagan shaxs hech qanday cheklovlarsiz ega bo\u2018lishi lozim bo\u2018lgan asosiy huquq va erkinliklar majmuidir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega ekani xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u2018la tan olingan. Shu bilan birga, bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan himoyaga muhtojligi ular uchun qo\u2018shimcha kafolatlar va alohida g&#8217;amxo\u2018rlik zarurligini ham taqozo etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bola huquqlari tushunchasi o\u2018z ildizini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy g&#8217;oyalaridan oladi. Mazkur hujjatda \u201conalik va bolalik alohida g&#8217;amxo\u2018rlik va yordam olish huquqini beradi\u201d, deb belgilab qo\u2018yilgan. Bu norma bolalarning barcha umumiy inson huquqlariga teng egaligini e\u2019tirof etgan holda, ularni himoya qilishga alohida yondashuv zarurligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan BMTning Bola huquqlari to\u2018g&#8217;risidagi konventsiyasi bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi eng muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. Ushbu Konventsiya insoniyat tarixida eng ko\u2018p ratifikatsiya qilingan inson huquqlari shartnomasi sifatida bolalar hayotida tub burilish yasadi. O\u2018zbekiston Respublikasi mazkur Konventsiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo\u2018shilib, bolalar oldidagi xalqaro majburiyatlarni o\u2018z zimmasiga oldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng O\u2018zbekiston Konventsiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi, bolalar pornografiyasi hamda bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga oid Fakultativ protokollarni ham ratifikatsiya qildi. Davlat tomonidan Konventsiya ijrosi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo\u2018yicha qo\u2018mitasiga muntazam ravishda milliy hisobotlar taqdim etib kelinmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konventsiyada bolalar huquqlarini himoya qilishning asosiy printsipi sifatida \u201cbolaning eng yaxshi manfaati\u201d tamoyili belgilangan. Bu tamoyil har qanday qaror, chora-tadbir yoki huquqiy ta&#8217;sir avvalo bolaning manfaatiga xizmat qilishi shartligini anglatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham bolalar huquqlari alohida o\u2018rin egallaydi. Asosiy qonunning XIV bobi \u201cOila, bolalar va yoshlar\u201d deb nomlanib, unda davlatning bolalar oldidagi majburiyatlari mustahkamlangan. Jumladan, Konstitutsiyaga ko\u2018ra, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to\u2018laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning bevosita majburiyati hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda \u201chech bir bola e\u2019tibordan chetda qolmaydi\u201d degan tamoyil asosida bolalar manfaatlariga qaratilgan keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. \u201cInson qadri uchun\u201d g&#8217;oyasi hamda \u201chech kimni orqada qoldirmaslik\u201d printsipi doirasida yangilangan Konstitutsiyada bolalar huquqlarini himoya qilishga doir kafolatlar yanada kuchaytirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ayniqsa, 2024 yil 14 noyabrda qabul qilingan \u201cBolalarni zo\u2018ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlikka qarshi kurashishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu qonun bilan bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlik shakllari uchtadan oltitagacha kengaytirilib, g&#8217;amxo\u2018rlik qilmaslik, ekspluatatsiya va bulling kabi holatlar ham huquqiy jihatdan aniq belgilab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur yo\u2018nalishdagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2025 yil 24 dekabr kuni \u201c2026\u20132030 yillarga mo\u2018ljallangan Bolalarni zo\u2018ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Prezident Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat bolalarni himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatini tizimli va uzoq muddatli asosda amalga oshirishni ko\u2018zda tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Strategiyaga muvofiq, zo\u2018ravonlikdan jabrlangan yoki xavf ostidagi bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko\u2018rsatish, ularning dastlabki ko\u2018rsatuvlarini videoyozuv orqali qayd etish, vasiylik va homiylik organlari ishtirokini ta&#8217;minlash, shuningdek, bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlik haqida xabar bermagan mansabdor shaxslar uchun javobgarlik joriy etish kabi muhim mexanizmlar belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, O\u2018zbekistonda bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan qonunlar va Prezident Farmonlari bolani himoya qilishni faqat oila yoki alohida institutlar vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy mas\u2019uliyati sifatida belgilamoqda. Bolaning huquqi va qadri \u2014 davlat siyosatidagi eng oliy qadriyat sifatida e\u2019tirof etilib, uni ta&#8217;minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Alisher AMETOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Bola huquqlari \u2014 bu har bir bola, ya\u2019ni 18 yoshga to\u2018lmagan shaxs hech qanday cheklovlarsiz ega bo\u2018lishi lozim bo\u2018lgan asosiy huquq va erkinliklar majmuidir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega ekani xalqaro hamjamiyat tomonidan to\u2018la tan olingan. Shu bilan birga, bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan himoyaga muhtojligi ular uchun qo\u2018shimcha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9615,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9614","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9614","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9614"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9614\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9616,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9614\/revisions\/9616"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9615"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9614"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9614"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9614"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}