{"id":9601,"date":"2025-12-25T11:49:21","date_gmt":"2025-12-25T06:49:21","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9601"},"modified":"2025-12-26T11:55:57","modified_gmt":"2025-12-26T06:55:57","slug":"bolalarni-zoravonlikning-barcha-shakllaridan-himoya-qilish-davlat-siyosatining-ustuvor-yonalishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9601","title":{"rendered":"BOLALARNI ZO\u2018RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH \u2014 DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO\u2018NALISHI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, 2025 yil 24 dekabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan \u201c2026\u20132030 yillarga mo\u2018ljallangan Bolalarni zo\u2018ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Farmon qabul qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimizda bolalar huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lida muhim va tarixiy qadam sifatida e\u2019tirof etilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Farmon faqatgina rasmiy-huquqiy hujjat bo\u2018lib qolmasdan, balki har bir bolaning tinch, sog&#8217;lom va baxtli bolalikka bo\u2018lgan haq-huquqini ta&#8217;minlashga qaratilgan keng qamrovli davlat strategiyasidir. Zero, bolalar \u2014 jamiyatning eng nozik, eng himoyaga muhtoj qatlami hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Afsuski, hayotda bolalar turli shakldagi zo\u2018ravonlikka duch kelishi mumkin. Jumladan:<\/p>\n<ul>\n<li>oiladagi qattiqqo\u2018llik va bee\u2019tiborlik,<\/li>\n<li>maktab yoki jamoat joylarida tahqirlash va bosim,<\/li>\n<li>internet makonidagi kiberbulling,<\/li>\n<li>psixologik yoki jismoniy tazyiq holatlari.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Avval ham mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar mavjud edi. Biroq yangi qabul qilingan Farmon mazkur muammoga tizimli, kompleks va uzoq muddatli yondashuvni taklif etmoqda. Ya\u2019ni, zo\u2018ravonlik oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olish, xavfli omillarni bartaraf etish strategiyaning asosiy maqsadi sifatida belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2026\u20132030 yillarga mo\u2018ljallangan mazkur strategiyaning bosh maqsadi \u2014 bolalarni zo\u2018ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ular uchun xavfsiz muhit yaratish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini to\u2018liq ta&#8217;minlashdan iborat.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu esa quyidagilarni anglatadi:<\/p>\n<ul>\n<li>har bir bola o\u2018zini himoyalangan his qilishi lozim;<\/li>\n<li>bolaning fikri va ovozi eshitilishi shart;<\/li>\n<li>muammoga duch kelgan bola hech qachon yordamsiz qolmasligi kerak.<\/li>\n<li><\/li>\n<\/ul>\n<p>Strategiyada qator muhim yangilik va ustuvor yo\u2018nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, barcha qarorlar qabul qilinishida \u201cbolaning eng yaxshi manfaati\u201d asosiy mezon sifatida belgilanmoqda. Ya\u2019ni, har qanday chora-tadbir avvalo bolaga zarar etkazmasligi, aksincha uning manfaatiga xizmat qilishi lozim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda faqat jazolovchi choralar emas, balki profilaktikaga qaratilgan mexanizmlar ham alohida o\u2018rin olgan. Xususan:<\/p>\n<ul>\n<li>ota-onalarning bola tarbiyasi bo\u2018yicha huquqiy va psixologik savodxonligini oshirish,<\/li>\n<li>ta&#8217;lim muassasalarida psixologik xizmatlarni kuchaytirish,<\/li>\n<li>bolalarga o\u2018z huquqlari va himoya mexanizmlari haqida tushuncha berishga qaratilgan choralar belgilab olingan.<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, davlat organlari o\u2018rtasidagi hamkorlik masalasi ham yangi bosqichga olib chiqilmoqda. Endi bolalar bilan bog&#8217;liq muammolar ta&#8217;lim, sog&#8217;liqni saqlash, ichki ishlar, ijtimoiy himoya va sud organlari o\u2018rtasida o\u2018zaro hamjihatlik va axborot almashuvi asosida hal etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zo\u2018ravonlikka uchragan yoki xavf ostidagi bolalarning kimga murojaat qilishini, qaerdan va qanday yordam olishini bilishi uchun oson, ishonchli va samarali himoya tizimlari joriy etilishi ham strategiyaning muhim yo\u2018nalishlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon ijrosi jarayonida bolani tarbiyalash va uni himoya qilish faqat oilaning emas, balki butun jamiyatning mas\u2019uliyati ekanligi yana bir bor tasdiqlanmoqda. Davlat ushbu hujjat orqali har bir bolaning taqdiriga befarq emasligini, uni eshitishga, himoya qilishga va har bir voyaga etmagan shaxs uchun javobgarlikni o\u2018z zimmasiga olishga tayyor ekanini namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Xamra BERDIKLICHEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Ma&#8217;lumki, 2025 yil 24 dekabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan \u201c2026\u20132030 yillarga mo\u2018ljallangan Bolalarni zo\u2018ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Farmon qabul qilindi. Mazkur hujjat mamlakatimizda bolalar huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash yo\u2018lida muhim va tarixiy qadam sifatida e\u2019tirof etilmoqda. &nbsp; Ushbu Farmon faqatgina rasmiy-huquqiy hujjat bo\u2018lib qolmasdan, balki har bir bolaning tinch, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9602,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9601","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9601","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9603,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9601\/revisions\/9603"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9602"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}