{"id":9572,"date":"2025-12-23T18:20:53","date_gmt":"2025-12-23T13:20:53","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9572"},"modified":"2025-12-23T18:20:53","modified_gmt":"2025-12-23T13:20:53","slug":"mamuriy-sud-ishlarini-yuritish-togrisidagi-qonunchilik-takomillashtirilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9572","title":{"rendered":"MA&#8217;MURIY SUD ISHLARINI YURITISH TO\u2018G&#8217;RISIDAGI QONUNCHILIK TAKOMILLASHTIRILMOQDA"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunda jahon miqyosida globallashuv jarayonlarining kuchayishi har bir davlat oldida, avvalo, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash hamda farovon hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifasini dolzarb qilib qo\u2018ymoqda. Bu esa, o\u2018z navbatida, jamiyatda fuqarolarning ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashni taqozo etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur jarayonda ma&#8217;muriy sudlarning o\u2018rni alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, ma&#8217;muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishdan iborat.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu vazifalarning to\u2018laqonli amalga oshirilishi ko\u2018p jihatdan ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritishda qo\u2018llaniladigan protsessual majburlov choralari doirasi bilan bevosita bog&#8217;liq. Shu ma&#8217;noda, ma&#8217;muriy sudlarning huquqiy ta&#8217;sir choralarini yanada kengaytirish orqali davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining samarali va ishonchli himoya etilishini ta&#8217;minlash imkoniyatlari yanada oshadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amaldagi qonunchilikka ko\u2018ra, xususan, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g&#8217;risidagi kodeksi asosida ma&#8217;muriy sudlar tomonidan sud jarimalari, shuningdek, xususiy ajrim va xabarnoma shaklida protsessual ta&#8217;sir choralari qo\u2018llanilib kelinmoqda. Ayni paytda, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksida ham sud faoliyatini ta&#8217;minlashga qaratilgan qator muhim normalar belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, mazkur Kodeksning 180-moddasida sudga hurmatsizlik qilganlik, 181-moddasida esa sudning xususiy ajrimi (qarori) bo\u2018yicha choralar ko\u2018rmaslik uchun ma&#8217;muriy javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Nizolarni hal etish jarayonida ushbu toifadagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bunday ishlar Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g&#8217;risidagi kodeksning 245-moddasiga muvofiq jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlar, 245\u00b9-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudlar hamda 245\u2074-moddasiga muvofiq fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlar tomonidan ko\u2018rib chiqilishi belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Endilikda mazkur sohada yangi bosqich boshlanmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PQ\u201333-son qarori bilan tasdiqlangan O\u2018zbekiston Respublikasi ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni takomillashtirish Kontseptsiyasida nizolarni hal etish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklar bo\u2018yicha ma&#8217;muriy huquqbuzarliklar to\u2018g&#8217;risidagi ishlarni ko\u2018rish vakolatini ma&#8217;muriy sudlarga ham berish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ushbu Qarorda ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritishda qo\u2018llaniladigan protsessual majburlov choralarining doirasini aniq belgilash va ularni tizimli ravishda takomillashtirish masalalari ham ko\u2018zda tutilgan. Bu esa ma&#8217;muriy sudlarning huquqiy ta&#8217;sir imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa o\u2018rnida ta&#8217;kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining mazkur Qarori sohada izchil amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarning mantiqiy davomi sifatida mamlakatimizda ma&#8217;muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni takomillashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ilg&#8217;or xorijiy tajribaga muvofiq ma&#8217;muriy sudlar faoliyatida yangi institut va mexanizmlarning joriy etilishi davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining samarali va ishonchli himoya etilishini ta&#8217;minlashga, pirovardida esa O\u2018zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imijining yanada yuksalishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Azat IMATOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi ma&#8217;muriy sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Bugungi kunda jahon miqyosida globallashuv jarayonlarining kuchayishi har bir davlat oldida, avvalo, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta&#8217;minlash hamda farovon hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifasini dolzarb qilib qo\u2018ymoqda. Bu esa, o\u2018z navbatida, jamiyatda fuqarolarning ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlashni taqozo etadi. &nbsp; Mazkur jarayonda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9389,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9573,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9572\/revisions\/9573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9389"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}