{"id":9381,"date":"2025-09-16T16:30:02","date_gmt":"2025-09-16T11:30:02","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9381"},"modified":"2025-10-16T16:37:35","modified_gmt":"2025-10-16T11:37:35","slug":"prokuror-ishtirok-etadigan-va-ishtiroki-shart-bolgan-fuqarolik-ishlari-boyicha-sud-amaliyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9381","title":{"rendered":"PROKUROR ISHTIROK ETADIGAN VA ISHTIROKI SHART BO\u2018LGAN FUQAROLIK ISHLARI BO\u2018YICHA SUD AMALIYOTI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligida prokurorning sud ishlarida ishtirok etishi uchun aniq asoslar belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jumladan, prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda, o\u2018zining da&#8217;vo arizasi (yoki arizasi) asosida qo\u2018zg&#8217;atilgan ishlar bo\u2018yicha sud jarayonida ishtirok etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prokurorning sudlardagi faoliyatining huquqiy asosi \u2014 bu, avvalo, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyaning 143-moddasida belgilab qo\u2018yilganidek, mamlakat hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni Bosh prokuror va unga bo\u2018ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cProkuratura to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonun hamda Mehnat kodeksining 534-moddasida prokuror organlariga fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 50-moddasiga ko\u2018ra, prokuror-davlat manfaatlarini himoya qilish bilan bog&#8217;liq ishlar (er munosabatlari, davlat mulki, davlatga etkazilgan zarar va byudjet to\u2018lovlari kabi) bo\u2018yicha, qonunda belgilangan boshqa hollarda, yoki prokurorning da&#8217;vo arizasi asosida qo\u2018zg&#8217;atilgan ishlar bo\u2018yicha ishtirok etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prokuror boshqa shaxslar arizasi bilan qo\u2018zg&#8217;atilgan ishda o\u2018z tashabbusi bilan qatnashishi mumkin emas. Biroq fuqaro yoshi, sog&#8217;ligi yoki boshqa sabablarga ko\u2018ra o\u2018z huquqlarini himoya qila olmasa, prokuror uning manfaatlarini sudda himoya qilish uchun murojaat etishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonunchilikka ko\u2018ra, quyidagi toifadagi ishlar prokuror ishtirokisiz ko\u2018rib chiqilmaydi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>fuqaroni bedarak yo\u2018qolgan yoki vafot etgan deb e\u2019lon qilish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarni suiiste\u2019mol qilgan shaxsni muomala layoqati cheklangan deb topish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ruhiy kasallik yoki aqliy zaiflik tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>farzandlikka olish, psixiatriya yoki sil kasalligiga qarshi muassasaga g&#8217;ayriixtiyoriy yotqizish ishlari;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>voyaga etmagan shaxsni to\u2018la muomala layoqatli deb e\u2019lon qilish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni tiklash yoki cheklash bilan bog&#8217;liq ishlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu toifadagi ishlar albatta prokuror ishtirokida ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prokuror ariza bilan murojaat etgan holda da&#8217;vogarning barcha protsessual huquqlariga ega bo\u2018ladi, ammo kelishuv yoki mediativ bitim tuzish, sud xarajatlarini to\u2018lash majburiyati \u2014 unga taalluqli emas.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prokuror da&#8217;vodan voz kechishi, sud hujjatlari ustidan protest keltirishi, ish bo\u2018yicha tushuntirishlar berishi mumkin. Ammo da&#8217;vogar roziligisiz u da&#8217;vo asosi yoki predmetini o\u2018zgartirishga haqli emas.<\/p>\n<p>2024 yil oktyabridan 2025 yil iyunigacha bo\u2018lgan davrda fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlarda prokuror ishtirokida birinchi instantsiyada \u2013 2 431 ta, apellyatsiyada \u2013 166 ta, kassatsiyada \u2013 82 ta, taftish instantsiyasida \u2013 62 ta ish ko\u2018rib chiqilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu ko\u2018rsatkichlar sudlar bilan birgalikda prokurorlar oldidagi ish hajmi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prokurorlar fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sudlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan bu faoliyat kelgusida ham samarali davom ettirilishiga ishonch bildiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Erkin UTENIYAZOV,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; &nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligida prokurorning sud ishlarida ishtirok etishi uchun aniq asoslar belgilangan. &nbsp; Jumladan, prokuror qonunda nazarda tutilgan hollarda, o\u2018zining da&#8217;vo arizasi (yoki arizasi) asosida qo\u2018zg&#8217;atilgan ishlar bo\u2018yicha sud jarayonida ishtirok etadi. &nbsp; Prokurorning sudlardagi faoliyatining huquqiy asosi \u2014 bu, avvalo, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiyaning 143-moddasida belgilab qo\u2018yilganidek, mamlakat hududida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9382,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9381","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9381","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9381"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9381\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9384,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9381\/revisions\/9384"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9382"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9381"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9381"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9381"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}