{"id":9354,"date":"2025-10-15T16:57:35","date_gmt":"2025-10-15T11:57:35","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9354"},"modified":"2025-10-15T17:41:00","modified_gmt":"2025-10-15T12:41:00","slug":"oilaviy-maishiy-zoravonlik-va-tazyiqlarga-qarshi-kurashish-barqaror-oila-garovi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9354","title":{"rendered":"OILAVIY (MAISHIY) ZO\u2018RAVONLIK VA TAZYIQLARGA QARSHI KURASHISH \u2014 BARQAROR OILA GAROVI"},"content":{"rendered":"<p class=\"leading-8 font-normal\">Oila \u2014 jamiyatning asosiy bo\u2018g\u2018ini, uning barqarorligi esa har bir davlatning ma\u2019naviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojining muhim omili hisoblanadi. Afsuski, ayrim hollarda oila muhitida ham ziddiyatlar va zo\u2018ravonlik holatlari kuzatilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Oiladagi zo\u2018ravonlik \u2014 bu ijtimoiy jarayon bo\u2018lib, turli ko\u2018rinishlarda deyarli har to\u2018rtinchi oilada namoyon bo\u2018ladi. Bu illatdan eng ko\u2018p jabr ko\u2018ruvchi toifalar \u2014 ayollar, bolalar, qariyalar va nogironligi bo\u2018lgan shaxslardir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Millatimiz uchun oila muqaddas sanaladi. Ayniqsa, ayol-qizlarimiz oila tinchligi, farzandlar farovonligi yo\u2018lida bor kuch va mehnatini ayamaydi. Shu bilan birga, ayrim hollarda ularning o\u2018z oilasida zo\u2018ravonlik va tazyiqlarga duch kelayotgani jamiyat uchun jiddiy xavotir uyg\u2018otmoqda.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Tadqiqotlarga ko\u2018ra, oilaviy zo\u2018ravonlikka uchragan ayollarning 60\u201370 foizi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaydi. Bu holat zo\u2018ravonlikning ko\u2018pincha yashirin tus olishiga va uning salbiy oqibatlarining chuqurlashishiga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Oilaviy (maishiy) zo\u2018ravonlik \u2014 insonga nisbatan uning yaqin qarindoshi yoki bir ro\u2018zg\u2018orda yashayotgan shaxs tomonidan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy bosim o\u2018tkazish shaklidagi tajovuzkor xatti-harakatlardir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Bu turdagi zo\u2018ravonlik jismoniy \u2014 kaltaklash, tana jarohati yetkazish; ruhiy \u2014 haqorat qilish, tahdid va qo\u2018rqitish; iqtisodiy \u2014 moliyaviy manbalarni nazorat qilish yoki ularni cheklash; jinsiy \u2014 shaxsning irodasiga qarshi majburlash ko\u2018rinishida namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Bunday holatlarda zo\u2018ravon shaxs qurbon ustidan hukmronlik o\u2018rnatishga, uni qo\u2018rqitish yoki bo\u2018ysunishiga erishishga intiladi. Bu esa oilaviy muhitdagi ishonch va hurmatni yo\u2018qotib, ijtimoiy munosabatlarning izdan chiqishiga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda oilaviy zo\u2018ravonlikni oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va javobgarlikni kuchaytirish bo\u2018yicha qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Xususan, 2023-yil 11-aprelda qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cAyrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018RQ-829-sonli Qonuniga muvofiq, oilaviy (maishiy) zo\u2018ravonlik uchun ma\u2019muriy va jinoiy javobgarlik belgilab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Shuningdek, 2024-yil 21-oktyabrda qabul qilingan \u00abOilaviy (maishiy) zo\u2018ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Qonun bilan Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksning 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 126\u00b9-moddasiga tegishli o\u2018zgartishlar kiritildi. Unga ko\u2018ra, bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo\u2018ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Bu o\u2018zgarishlar davlatimiz tomonidan inson huquqlari, ayniqsa, ayollar va bolalarning sha\u2019ni hamda qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilganligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Oilaviy-maishiy zo\u2018ravonlikka qarshi kurash faqatgina jabrlanuvchining yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu umumjamiyat ishidir. Zo\u2018ravonlikka uchragan inson ko\u2018pincha ruhiy jihatdan yezilgan bo\u2018ladi va mustaqil ravishda to\u2018g\u2018ri qaror qabul qilishga qiynaladi. Shu bois, bunday holatlarda nafaqat yaqinlar, balki davlat va jamoat tashkilotlari ham uning yonida bo\u2018lishi shart.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Zo\u2018ravonlik \u2014 shaxsga qarshi jinoyat, uning erkinlik va huquqlariga tajovuzdir. Shuning uchun ham jamiyatda bu boradagi huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, mavjud noto\u2018g\u2018ri qarashlarni o\u2018zgartirish zarur.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarda tenglik va hurmatni ta\u2019minlash, zo\u2018ravonlikka olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish \u2014 barqaror oila va sog\u2018lom jamiyat garovidir.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Bunda davlat organlari, mahalla fuqarolar yig\u2018ini, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining yaqin hamkorligi muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Xulosa qilib aytganda, oilaviy (maishiy) zo\u2018ravonlikka qarshi kurash \u2014 faqat huquqiy emas, balki ma\u2019naviy, tarbiyaviy vazifa hamdir. Har birimiz bu yo\u2018lda mas\u2019ullik bilan yondashsak, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta\u2019minlashga katta hissa qo\u2018shgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\"><strong>Gulistan BISENOVA,<\/strong><\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\"><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Nukus tuman sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oila \u2014 jamiyatning asosiy bo\u2018g\u2018ini, uning barqarorligi esa har bir davlatning ma\u2019naviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojining muhim omili hisoblanadi. Afsuski, ayrim hollarda oila muhitida ham ziddiyatlar va zo\u2018ravonlik holatlari kuzatilmoqda. &nbsp; Oiladagi zo\u2018ravonlik \u2014 bu ijtimoiy jarayon bo\u2018lib, turli ko\u2018rinishlarda deyarli har to\u2018rtinchi oilada namoyon bo\u2018ladi. Bu illatdan eng ko\u2018p jabr ko\u2018ruvchi toifalar \u2014 ayollar, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9356,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9354","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9354","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9354"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9354\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9360,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9354\/revisions\/9360"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9356"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9354"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9354"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9354"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}