{"id":9260,"date":"2025-09-16T15:18:57","date_gmt":"2025-09-16T10:18:57","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9260"},"modified":"2025-09-16T15:18:57","modified_gmt":"2025-09-16T10:18:57","slug":"ona-tabiat-nematlardan-oqilona-foydalanish-qonun-talabi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9260","title":{"rendered":"ONA TABIAT NE\u2019MATLARDAN OQILONA FOYDALANISH \u2013 QONUN TALABI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ekologiya va tabiat ne\u2019matlaridan noto\u2018g&#8217;ri foydalanish, yoki ularga zarar etkazish jinoyat hisoblanadi. Chunki ona tabiat \u2014 insoniyatning hayotiy manbai, jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlodlar salomatligining asosidir. Mamlakatimizda tabiatni asrab-avaylash, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlari va qabul qilinayotgan qonun hujjatlari orqali barqaror rivojlanishni ta&#8217;minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish ustuvor vazifa qilib belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Er va er osti boyliklari har bir mamlakatning eng muhim milliy boyliklari hisoblanadi. Ular nafaqat iqtisodiyotning turli sohalari uchun asosiy manba, balki xalqning hayot sifati va kelajak avlodlar farovonligi uchun ham bebaho xazinadir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <strong>197-moddasi<\/strong>da er yoki er osti boyliklaridan foydalanish qoidalarini buzish jinoyat hisoblanishi belgilab qo\u2018yilgan. Bu norma tabiiy resurslardan oqilona va adolatli foydalanishni ta&#8217;minlash, shu bilan birga ularni muhofaza qilish maqsadida joriy etilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, <strong>197-1-modda<\/strong>da sug&#8217;oriladigan erlarni o\u2018zboshimchalik bilan egallab olish holatlariga qarshi kurashish normalari belgilangan. Erdan foydalanuvchi yoki ijarachi o\u2018z hududida erning o\u2018zboshimchalik bilan egallab olingani haqida ma&#8217;lum bo\u2018lsa, u bu holat haqida tegishli organlarga xabar berishga majbur. Agar bu burch bajarilmasa yoki chora ko\u2018rilmasa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Er va er osti resurslaridan noto\u2018g&#8217;ri foydalanish tuproqning degradatsiyasiga, suv resurslarining ifloslanishiga va ekologik muvozanat buzilishiga olib kelishi mumkin. Sug&#8217;oriladigan erlarni o\u2018zboshimchalik bilan egallab olish esa nafaqat qonunbuzarlik, balki aholining turmush tarziga ham salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, er qazilmalari, suv zaxiralari va mineral resurslar mamlakat iqtisodiyotining barqaror o\u2018sishiga xizmat qiladi. Belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish har bir fuqaro va korxonaning burchi hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jinoyat kodeksining mazkur moddalarida <strong>jarima, ma&#8217;lum huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari,<\/strong> ayrim hollarda esa o<strong>zodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish<\/strong> jazo choralari belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Er va er osti boyliklari \u2013 har birimizning umumiy boyligimizdir. Ularni asrab-avaylash, qonun doirasida va oqilona foydalanish har birimizdan mas\u2019uliyat talab etadi. Chunki bugungi kunning to\u2018g&#8217;ri munosabati ertangi avlod uchun munosib meros qoldirish demakdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Jasur URAZBAEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; &nbsp; Ekologiya va tabiat ne\u2019matlaridan noto\u2018g&#8217;ri foydalanish, yoki ularga zarar etkazish jinoyat hisoblanadi. Chunki ona tabiat \u2014 insoniyatning hayotiy manbai, jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlodlar salomatligining asosidir. Mamlakatimizda tabiatni asrab-avaylash, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlari va qabul qilinayotgan qonun hujjatlari orqali barqaror [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9261,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9260","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9262,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9260\/revisions\/9262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}