{"id":9247,"date":"2025-09-12T12:54:25","date_gmt":"2025-09-12T07:54:25","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9247"},"modified":"2025-09-12T12:54:25","modified_gmt":"2025-09-12T07:54:25","slug":"qarz-shartnomasi-huquqiy-savodxonlik-nizolardan-asraydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9247","title":{"rendered":"QARZ SHARTNOMASI: HUQUQIY SAVODXONLIK NIZOLARDAN ASRAYDI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugungi kunda sudlarda qarz undirish bilan bog&#8217;liq ishlar tobora ko\u2018payib borayotgani kuzatilmoqda. Aksariyat hollarda fuqarolar qarz berish yoki olish jarayonida huquqiy talablarga emas, balki oddiy tilxatga tayanadi. Ammo shundan kelib chiqib, keyinchalik turli nizolar yuzaga keladi. Hammamizga ma&#8217;lumki, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Shuning uchun har bir fuqaro huquqiy munosabatga kirishishdan oldin, o\u2018zining amalga oshirmoqchi bo\u2018layotgan harakatlari haqida etarli huquqiy tushunchaga ega bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida qarz shartnomasining turlari, shartlari, qarz oluvchining qarzni qaytarish majburiyatlari, qarz shartnomasi shartlari buzilganda kelib chiqadigan oqibatlar hamda bunday shartnomalar yuzasidan nizolashish tartiblari aniq belgilab qo\u2018yilgan. Kodeksga ko\u2018ra, qarz shartnomasi deganda bir taraf \u2013 qarz beruvchi ikkinchi tarafga \u2013 qarz oluvchiga pul yoki mol-mulk topshiradi va qarz oluvchi belgilangan muddatda shu miqdordagi pul yoki mol-mulkni qaytarish majburiyatini o\u2018z zimmasiga oladi. Shartnoma qarzdor amaliy ravishda mablag&#8217; yoki mol-mulkni olgan paytdan kuchga kiradi. Agar qarz summasi bazaviy hisoblash miqdorining o\u2018n baravaridan ko\u2018p bo\u2018lsa, fuqarolar o\u2018rtasidagi shartnoma albatta yozma shaklda tuzilishi shart. Taraflardan biri yuridik shaxs bo\u2018lsa, summaga qaramasdan shartnoma yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Ko\u2018pincha xalq orasida tilxat yozish bilan cheklaniladi va sudga da&#8217;vo arizalari shu tilxat asosida kiritiladi. Aslida esa tilxat ham yozma shartnoma sifatida huquqiy kuchga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biroq yozma shaklga rioya qilinmasa, bu shartnomani haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo\u2018lmaydi. Lekin nizo kelib chiqsa, taraflar guvohlar ko\u2018rsatmasi bilan emas, balki yozma dalillar yordamida shartnoma mavjudligini yoki uning bajarilganligini isbotlashi mumkin. Masalan, agar qarzni bo\u2018lib-bo\u2018lib qaytarish nazarda tutilgan bo\u2018lsa va qarzdor belgilangan to\u2018lov muddatini buzsa, qarz beruvchi qolgan qarzning barchasini foizi bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli. Shuningdek, qarzdor aslida pul yoki mol-mulkni olmaganini yoki shartnomada ko\u2018rsatilganidan kam miqdorda olganini isbotlasa, da&#8217;vo qila oladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amaliyotda eng ko\u2018p uchraydigan holat \u2013 qarzdor qarzini qaytarsa-da, oldin yozgan tilxatini qarz beruvchidan qaytarib olmagani. Bu esa keyinchalik katta muammolarga sabab bo\u2018lishi mumkin, chunki guvohlarning ko\u2018rsatmasi bilan qarz qaytarilganini isbotlab bo\u2018lmaydi. Shuning uchun qarzdor qarzni qaytarganda qarz beruvchidan albatta tilxat yoki qaytarilgan hujjatni talab qilishi shart. Qonunga ko\u2018ra, qarz beruvchi qarzdorning talabiga binoan qarz qaytarilganini tasdiqlovchi tilxat berishi kerak yoki avval yozilgan tilxatni qaytarishi zarur. Agar qaytarishning imkoni bo\u2018lmasa, bu holat qarz beruvchi tomonidan berilgan yangi tilxatda albatta ko\u2018rsatilishi shart.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud amaliyotidan olingan misolda ham da&#8217;vogar R.K. javobgar K.G&#8217;.dan 10.000.000 so\u2018m qarz undirish haqidagi da&#8217;vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sud majlisida javobgar K.G&#8217;. da&#8217;vogar R.K.dan olgan qarzini to\u2018liq qaytarib berganligini, buni guvoh S.K. tasdiqlashini bildirgan. Biroq javobgar K.G&#8217;. qarz beruvchi R.K.dan o\u2018zining qarz olgan vaqtida yozib bergan tilxatini qaytarib olmagan yoki qarz beruvchi R.K.dan qarzini qaytarib olganligi haqida tilxat yozdirib olmagan. Sud majlisida qarzdor qarzini qaytarganini aytsa-da, tilxatni qaytarib olmagani uchun guvoh ko\u2018rsatmasi etarli deb topilmagan. Natijada qarzdorning huquqiy imkoniyatlari cheklangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytadigan bo\u2018lsak, har bir fuqaro qarz olish yoki berishda qonun talablariga amal qilishi shart. Yozma shartnoma tuzish, tilxat yozish va qarz qaytarilganda tegishli hujjatni qaytarib olish \u2013 bu nafaqat huquqiy talab, balki nizolarning oldini olishning eng samarali yo\u2018lidir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Zulfiya BABADJANOVA,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Bugungi kunda sudlarda qarz undirish bilan bog&#8217;liq ishlar tobora ko\u2018payib borayotgani kuzatilmoqda. Aksariyat hollarda fuqarolar qarz berish yoki olish jarayonida huquqiy talablarga emas, balki oddiy tilxatga tayanadi. Ammo shundan kelib chiqib, keyinchalik turli nizolar yuzaga keladi. Hammamizga ma&#8217;lumki, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Shuning uchun har bir fuqaro huquqiy munosabatga kirishishdan oldin, o\u2018zining amalga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9248,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9247","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9247","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9247"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9247\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9249,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9247\/revisions\/9249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9248"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9247"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9247"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9247"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}