{"id":9240,"date":"2025-09-12T12:14:10","date_gmt":"2025-09-12T07:14:10","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9240"},"modified":"2025-09-12T12:14:10","modified_gmt":"2025-09-12T07:14:10","slug":"raqamli-sud-kontseptsiyasi-odil-sudlovning-yangi-bosqichi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9240","title":{"rendered":"\u201cRAQAMLI SUD\u201d KONTSEPTSIYASI: ODIL SUDLOVNING YANGI BOSQICHI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda sud-huquq islohotlari davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. \u201cRaqamli O\u2018zbekiston \u2014 2030\u201d strategiyasi doirasida sudlar faoliyatida raqamlashtirish jarayonlariga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Bu esa fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, odil sudlovning shaffofligi va samaradorligini ta&#8217;minlash, sud tizimining ochiqligi va hisobdorligini oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezidentimizning 2025 yil 21 avgustdagi PF-140-sonli Farmoni sud tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur hujjat nafaqat sud ishlarini yuritishda qog&#8217;oz shaklidan to\u2018liq voz kechishni, balki sun\u2019iy intellekt texnologiyalari orqali \u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasini amalga oshirishni ham nazarda tutadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda belgilangan vazifalar milliy qonunchilikdagi printsiplar bilan uyg&#8217;un. Xususan, Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir shaxsning sudga murojaat qilish huquqi kafolatlangan. Shu nuqtai nazardan, raqamli texnologiyalar bu huquqni amalga oshirishda qulaylik va keng imkoniyat yaratadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, Xalqaro huquqning muhim hujjati \u2014 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (10-modda) ham adolatli sudlovga bo\u2018lgan huquqni e\u2019tirof etadi. Demak, \u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasi orqali O\u2018zbekiston xalqaro standartlarga uyg&#8217;un yo\u2018nalishda harakat qilayotgani yaqqol namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasi amalga oshirilganda qator huquqiy va amaliy afzalliklarga erishiladi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sun\u2019iy intellekt orqali prognozlash \u2013 sud jarayonining taxminiy natijasi va sud xarajatlari oldindan hisoblanadi. Bu fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlari uchun huquqiy tavakkalchilikni baholash imkonini beradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Elektron murojaat va masofaviy ishtirok \u2013 sud jarayonlarida ishtirokchilar sud binolariga tashrifsiz, onlayn tarzda qatnashadi. Bu nafaqat vaqt va xarajatlarni tejaydi, balki sud jarayonlarining ochiqligini ham ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hujjat aylanmasi shaffofligi \u2013 taraflar ish materiallari bilan elektron shaklda tanishishi mumkin. Bu sudda ayrim hollarda uchraydigan ortiqcha to\u2018siqlarni bartaraf etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Avtomatik jarayonlar \u2013 ijro varaqalarining avtomatik yuborilishi, bayonnomalarning sun\u2019iy intellekt tomonidan real vaqtda tayyorlanishi orqali inson omillari va suiiste\u2019mollar ehtimoli kamayadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud tizimida raqamlashtirishning ilmiy ahamiyati shundaki, u \u201ckiber huquq\u201d sohasida yangi tadqiqotlarni talab etadi. Sud jarayonlarida sun\u2019iy intellektdan foydalanish \u2014 klassik protsessual huquq normalarini qayta ko\u2018rib chiqishni taqozo etadi. Masalan, sun\u2019iy intellekt orqali tayyorlangan bayonnoma yoki hujjatning yuridik kuchga egaligi, elektron dalillarni baholash tartibi kabi masalalar alohida ilmiy tadqiqotlarni talab qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Amaliy jihatdan esa, \u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasi sudlarning samaradorligini oshirib, iqtisodiy va fuqarolik aylanmasida huquqiy barqarorlikni ta&#8217;minlaydi. Sud jarayonlarining tezkor va shaffof o\u2018tishi tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasining joriy etilishi \u2014 sud tizimida yangi davrni boshlab beradi. Endi sud ishlari zamonaviy texnologiyalar yordamida tezroq, shaffof va oddiy tarzda amalga oshiriladi. Fuqarolar ham, tadbirkorlar ham sudga murojaat qilishda ortiqcha ovoragarchilikka duch kelmaydi, ular uchun qulay va ishonchli sharoit yaratiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ya\u2019ni raqamli texnologiyalar sudni xalqqa yaqin, ochiq va haqiqiy adolat qo\u2018rg&#8217;oniga aylantiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Polat DOSHMURATOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda sud-huquq islohotlari davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. \u201cRaqamli O\u2018zbekiston \u2014 2030\u201d strategiyasi doirasida sudlar faoliyatida raqamlashtirish jarayonlariga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Bu esa fuqarolarning sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, odil sudlovning shaffofligi va samaradorligini ta&#8217;minlash, sud tizimining ochiqligi va hisobdorligini oshirishga xizmat qiladi. &nbsp; Prezidentimizning 2025 yil 21 avgustdagi PF-140-sonli Farmoni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9241,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9240","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9240","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9240"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9240\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9242,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9240\/revisions\/9242"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9241"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9240"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9240"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9240"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}