{"id":9215,"date":"2025-05-11T13:55:43","date_gmt":"2025-05-11T08:55:43","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9215"},"modified":"2025-09-11T13:56:36","modified_gmt":"2025-09-11T08:56:36","slug":"qonunchilikdagi-yangiliklar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9215","title":{"rendered":"QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Odil sudlovni ta&#8217;minlash davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Sudlar faoliyati samarali va barqaror bo\u2018lishi uchun davlat byudjeti asosiy manba bo\u2018lib xizmat qiladi. Bu jarayonda davlat boji alohida ahamiyatga ega, chunki u sudlarga murojaat qilishda undiriladigan to\u2018lov sifatida davlat byudjeti shakllanishining tarkibiy qismiga aylangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat bojini to\u2018g&#8217;ri belgilash va o\u2018z vaqtida undirish nafaqat davlat moliyasi uchun, balki har bir fuqaro va tadbirkorlik sub\u2019ekti uchun ham muhimdir. Sudlarga da&#8217;vo arizasi berishda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini kiritishda davlat boji to\u2018lanishi shart. Biroq qonun ayrim shaxslarni boj to\u2018lashdan ozod etadi, ayrim holatlarda esa to\u2018lovni kechiktirish, bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash yoki kamaytirish imkoniyatini beradi. Bu esa iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan shaxslar uchun ham odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, 2025 yil 20 fevralda qabul qilingan O\u2018RQ-1032-sonli Qonun ayrim muhim o\u2018zgarishlarni joriy etdi. Xususan, elektr va issiqlik energiyasi etkazib beruvchi tashkilotlar iste\u2019molchilar qarzdorligi uchun sudga murojaat qilganda davlat bojini to\u2018lashdan ozod qilindi. Bu xizmat ko\u2018rsatuvchilarning moliyaviy yukini engillashtirib, ularga barqaror mablag&#8217; toplanishiga yordam beradi. Natijada aholi uchun elektr va issiqlik ta&#8217;minotida uzilishlar kamayadi, xizmat sifatining oshishiga zamin yaratiladi. Biroq agar sud da&#8217;voni rad etsa, davlat boji xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotning o\u2018zi tomonidan to\u2018lanishi belgilangan. Bu esa qonun normasining adolatli ishlashiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonun xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini ham aniqlashtirdi. Endi davlat boji qaysi muddat uchun to\u2018lanishi belgilab qo\u2018yildi. Bu xorijiy biznes uchun huquqiy tartiblarning ochiq va ravshan bo\u2018lishiga yordam beradi, shu bilan birga mamlakatimizga investitsiyalar kirib kelishini rag&#8217;batlantiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yakuniy xulosa shuki, davlat boji \u2014 davlat byudjeti va odil sudlov tizimining asosiy tayanchi. Uning to\u2018g&#8217;ri belgilanishi va adolatli tartibda undirilishi jamiyatda huquqiy tenglik va moliyaviy barqarorlikni ta&#8217;minlaydi. O\u2018RQ-1032-sonli Qonun esa bu yo\u2018nalishdagi islohotlarni yanada takomillashtirib, aholi, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotlar va xorijiy biznes manfaatlarini uyg&#8217;unlashtirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Erkin UTENIYAZOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Odil sudlovni ta&#8217;minlash davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Sudlar faoliyati samarali va barqaror bo\u2018lishi uchun davlat byudjeti asosiy manba bo\u2018lib xizmat qiladi. Bu jarayonda davlat boji alohida ahamiyatga ega, chunki u sudlarga murojaat qilishda undiriladigan to\u2018lov sifatida davlat byudjeti shakllanishining tarkibiy qismiga aylangan. &nbsp; Davlat bojini to\u2018g&#8217;ri belgilash va o\u2018z vaqtida undirish nafaqat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9216,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9215","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9215","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9215"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9215\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9217,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9215\/revisions\/9217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9216"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9215"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9215"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9215"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}