{"id":9170,"date":"2025-09-09T17:38:18","date_gmt":"2025-09-09T12:38:18","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9170"},"modified":"2025-09-09T17:38:18","modified_gmt":"2025-09-09T12:38:18","slug":"mehnat-munosabatlari-sohasida-yuzaga-kelayotgan-nizolarni-hal-etishning-huquqiy-mexanizmlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9170","title":{"rendered":"MEHNAT MUNOSABATLARI SOHASIDA YUZAGA KELAYOTGAN NIZOLARNI HAL ETISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko\u2018ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to\u2018lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo\u2018lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda sudga mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolar bo\u2018yicha da&#8217;vo arizalari kiritish soni sezilarli darajada ko\u2018paymoqda.<\/p>\n<p>Mehnat nizolarining ko\u2018payishiga joylarda mehnat qonunchiligiga har doim qat\u2019iy amal qilmaslik, Konstitutsiya va qonunchilikda mustahkamlab qo\u2018yilgan mehnat huquqlarining oyoq osti qilinishi, ularni asossiz cheklash va sohaga tegishli qonunosti hujjatlari talablarini lozim darajada bajarmaslik kabi salbiy holatlar sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Da&#8217;vo talablari asosli bo\u2018lgan va mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq noqonuniy deb topilgan barcha hollarda sud xodimlarni avval ishlab turgan lavozimiga ishga qayta tiklash, majburiy progul kunlari uchun ish haqi va ma&#8217;naviy zararni undirish haqida qarorlar qabul qilinmoqda.<\/p>\n<p>Ishlarni ko\u2018rib chiqish yakuni bo\u2018yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlangan hollarda sud alohida ajrim chiqarish yo\u2018li bilan, ish beruvchi va uning yuqori tashkilotlariga yo\u2018l qo\u2018yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko\u2018rish talabini qo\u2018ymoqda.<\/p>\n<p>Aniqlangan holatlar kelgusida ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligi talablarini chuqur o\u2018rganish, belgilangan qoida va tartiblarga so\u2018zsiz amal qilish, xodimlar bilan ishlash vazifasi yuklatilgan mas\u2019ul shaxslarning bunga bog&#8217;liqligi bilim va ko\u2018nikmalarini muntazam ravishda oshirib borish kabi aniq vazifalarni bajarishni talab etmoqda.<\/p>\n<p>Yangi qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi avvalgi kodeksga nisbatan mukammal ishlab chiqilgan bo\u2018lib, unda mehnatga oid munosabatlar va ularning ishtirokchilari o\u2018rtasida, xususan, ish beruvchi va xodim o\u2018rtasida paydo bo\u2018ladigan turli holatlar keng ko\u2018rsatib berildi, bunda asosan xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.<\/p>\n<p>Mehnat nizolarini sud tomonidan ko\u2018rishda yagona sud amaliyotini joriy etish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari qabul qilingan. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 noyabrda &laquo;Sud tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini qo\u2018llash amaliyoti to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi 26-sonli qarori qabul qilingan.<\/p>\n<p>Mehnat to\u2018g&#8217;risidagi qonunchilikni va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo\u2018llash masalalari bo\u2018yicha yakka tartibdagi mehnat nizolarini (da&#8217;vo xususiyatiga ega yakka tartibdagi mehnat nizolari) ko\u2018rib chiqish tartibi Mehnat kodeksida belgilanadi, sudda mehnat nizolari bo\u2018yicha ishlarni ko\u2018rish tartibi esa bundan tashqari O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o\u2018z tanloviga ko\u2018ra mehnat nizolari bo\u2018yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli.<\/p>\n<p>Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari bo\u2018yicha komissiyada yoki sudda ko\u2018rib chiqishning istalgan bosqichida, sud maxsus xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin &laquo;Mediatsiya to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko\u2018rib chiqish uchun mediatorga o\u2018tkazilishi mumkin.<br \/>\nMehnat qonunchiligida bevosita sudda ko\u2018rib chiqiladigan mehnat nizolari ham belgilangan, shuningdek har qanday yakka tartibdagi mehnat nizolari xodimning xohishiga ko\u2018ra, bevosita sudda ham ko\u2018rib chiqilishi mumkin.<\/p>\n<p>Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko\u2018rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning tegishli muddatlari belgilanadi.<\/p>\n<p>Xususan, ishga qayta tiklash to\u2018g&#8217;risidagi nizolar bo\u2018yicha &#8211; xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to\u2018g&#8217;risidagi ish beruvchi buyrug&#8217;ining ko\u2018chirma nusxasi topshirilgan kundan e\u2019tiboran uch oy; xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o\u2018rnini qoplash to\u2018g&#8217;risidagi nizolar bo\u2018yicha &#8211; ish beruvchi zarar etkazilganligini aniqlagan kundan e\u2019tiboran bir yil; boshqa mehnat nizolari bo\u2018yicha &#8211; xodim o\u2018zining huquqi buzilganligi to\u2018g&#8217;risida bilgan yoki bilishi lozim bo\u2018lgan kundan e\u2019tiboran olti oy.<br \/>\nXodimning hayoti va sog&#8217;lig&#8217;iga etkazilgan zararning o\u2018rnini qoplash haqidagi nizolar bo\u2018yicha, shuningdek xodimga etkazilgan ma&#8217;naviy zararni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo\u2018yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi.<\/p>\n<p>Har qanday holatda ham, mehnat nizolariga oid da&#8217;vo arizalari sud tomonidan ish yuritishga qabul qilinib, mazmunan ko\u2018rib chiqiladi. Mehnat nizolari bo\u2018yicha sudga murojaat qilish uchun qonunda belgilangan muddatning o\u2018tib ketganligi oqibatida da&#8217;vo muddatini qo\u2018llash bo\u2018yicha ikkinchi tarafning arizasiga asosan sud tomonidan da&#8217;vo talabiga nisbatan da&#8217;vo muddati qo\u2018llanilishi mumkin.<\/p>\n<p>Mehnat shartnomasi asossiz bekor qilingan, g&#8217;ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o\u2018tkazilgan, mehnat shartlari o\u2018zgartirilgan yoki ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko\u2018rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shu bilan birga avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko\u2018ra bekor qilishning qonuniyligi to\u2018g&#8217;risidagi masalani hal etayotganda sud xodim bilan mehnatga oid munosabatlarni bekor qilishning asosliligiga baho beradi.<\/p>\n<p>Yakka tartibdagi mehnat da&#8217;vosini ko\u2018rib chiqayotgan sud xodimga majburiy progulning butun vaqti uchun o\u2018rtacha ish haqini yoki kam ish haqi to\u2018lanadigan ishni bajargan butun vaqti uchun ish haqidagi farqni to\u2018lash to\u2018g&#8217;risida qaror qabul qiladi.<\/p>\n<p>Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo\u2018yicha sudga murojaat qilganda sud xarajatlaridan ozod etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Saodat KAIPNAZAROVA,<\/strong><br \/>\n<strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudining sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko\u2018ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to\u2018lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo\u2018lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega. So\u2018nggi yillarda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9171,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9170","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9170","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9170"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9170\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9172,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9170\/revisions\/9172"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9171"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9170"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9170"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9170"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}