{"id":9121,"date":"2025-09-02T10:06:27","date_gmt":"2025-09-02T05:06:27","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9121"},"modified":"2025-09-03T10:09:01","modified_gmt":"2025-09-03T05:09:01","slug":"mulkni-musodara-qilish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9121","title":{"rendered":"MULKNI MUSODARA QILISH TARTIBI"},"content":{"rendered":"<p>Mulk huquqi shaxsning o\u2018ziga qarashli mol-mulkka o\u2018z xohishi bilan va o\u2018z manfaatlarini ko\u2018zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o\u2018zining mulk huquqini, kim tomonidan bo\u2018lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat.\u00a0Mulk huquqi muddatsiz bo\u2018lib, mulk daxlsiz va qonun bilan muhofaza qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mulk egasining mol-mulkini olib qo\u2018yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda gina yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari bo\u2018yicha undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o\u2018zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to\u2018lamasdan mulkdordan olib qo\u2018yilishi,\u00a0ya\u2019ni musodara qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Davlat daromadiga o\u2018tkaziladigan mol-mulkni olib qo\u2018yish, hisobga olish, saqlash, baholash va sotish, shuningdek, uni yo\u2018q qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan &laquo;Davlat daromadiga o\u2018tkaziladigan mol-mulkni olib qo\u2018yish, sotish yoki yo\u2018q qilib tashlash tartibi to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi Nizom asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mulkni olib qo\u2018yish to\u2018g&#8217;risidagi materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o\u2018tkazish yoki uni yo\u2018q qilish to\u2018g&#8217;risida qaror qabul qiluvchi tegishli sudga yoki organga berilishi kerak. Bunda materialga mol-mulkni olib qo\u2018yish to\u2018g&#8217;risidagi bayonnoma, mol-mulkni saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, avtomototransport vositasi yoki ko\u2018chmas mulkni davlat daromadiga o\u2018tkazishda &#8211; ko\u2018zdan kechirish dalolatnomasi, 20 va undan ortiq yil foydalanilgan avtomototransport vositasini ko\u2018zdan kechirish dalolatnomasiga O\u2018zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo\u2018l harakati xavfsizligi davlat xizmati organining avtomototransport vositasining foydalanishga yaroqliligi to\u2018g&#8217;risidagi xulosasi, ekspertiza o\u2018tkazish uchun qismlar va namunalar olish to\u2018g&#8217;risidagi dalolatnoma, mol-mulkning iste\u2019mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi bo\u2018yicha ekspert xulosasi, majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo\u2018lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati, mol-mulkni baholash to\u2018g&#8217;risidagi xulosa yoki mol-mulkni baholash to\u2018g&#8217;risidagi dalolatnoma, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo\u2018lgan mol-mulk bo\u2018yicha qo\u2018shimcha ravishda fotosuratga olish materiallari, mavjud bo\u2018lganda esa videotasvirga olish materiallari ham ilova qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mulkni davlat daromadiga o\u2018tkazish yoki uni yo\u2018q qilib tashlash to\u2018g&#8217;risida qaror qabul qilgan sud yoki boshqa organ o\u2018z qarorida ekspertiza o\u2018tkazishda (sertifikatlashda) olingan va qaytarilgan qismlar hamda namunalar sonini ko\u2018rsatgan holda davlat daromadiga o\u2018tkaziladigan yoki yo\u2018q qilib tashlanadigan mol-mulkning qiymati va miqdorini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mulkni davlat daromadiga o\u2018tkazish yoki uni yo\u2018q qilib tashlash to\u2018g&#8217;risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o\u2018zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirganidan keyingi kundan kechiktirmay ijro hujjatini ijro etish uchun tegishli Byuro organiga yuboradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Vakolatli organning kuchga kirgan qarori, shuningdek, mol-mulkni davlat daromadiga o\u2018tkazish yoki mol-mulkni yo\u2018q qilish to\u2018g&#8217;risidagi sudning kuchga kirgan qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi ijro hujjati hisoblanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud yoki vakolatli organning ijro hujjatiga ushbu Nizomga asosan yuqorida qayd etilgan, ijroni yuritish uchun zarur bo\u2018lgan hujjatlar ilova qilinadi.<\/p>\n<p>Mulkni sotishdan tushgan pul mablag&#8217;larining davlat daromadiga to\u2018liq va o\u2018z vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek, davlat organlariga bepul berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mulkni olib qo\u2018yish, davlat mulkiga o\u2018tkazish yoki ularni yo\u2018q qilish, baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablag&#8217;larining O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to\u2018liq va o\u2018z vaqtida o\u2018tkazilishini ta&#8217;minlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo\u2018ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nizom talablari buzilishining har bir holati bo\u2018yicha prokuratura organlari jazo muqarrarligini ta&#8217;minlaydi va qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo\u2018lgan javobgarlik choralarini ko\u2018radi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Nizom talablari buzilganligi uchun aybdor bo\u2018lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Spartak Niyazov,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mulk huquqi shaxsning o\u2018ziga qarashli mol-mulkka o\u2018z xohishi bilan va o\u2018z manfaatlarini ko\u2018zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o\u2018zining mulk huquqini, kim tomonidan bo\u2018lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iborat.\u00a0Mulk huquqi muddatsiz bo\u2018lib, mulk daxlsiz va qonun bilan muhofaza qilinadi. &nbsp; Mulk egasining mol-mulkini olib qo\u2018yishga, shuningdek uning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9122,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9121"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9123,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9121\/revisions\/9123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9122"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}