{"id":9091,"date":"2025-08-28T17:39:13","date_gmt":"2025-08-28T12:39:13","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=9091"},"modified":"2025-08-28T17:41:58","modified_gmt":"2025-08-28T12:41:58","slug":"sud-tizimida-suniy-intellekt-odil-sudlov-sari-yangi-qadam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/9091","title":{"rendered":"SUD TIZIMIDA SUN\u2019IY INTELLEKT: ODIL SUDLOV SARI YANGI QADAM"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>2025 yil 21 avgust kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan \u201cSudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta&#8217;minotini yaxshilashga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201d PF\u2013140-sonli farmoni mamlakatda sud-huquq islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Unga muvofiq, sudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va \u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasini amalga oshirish orqali odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda belgilangan asosiy vazifalardan biri \u2014 sud ishlarini to\u2018liq raqamlashtirishga qaratilgan \u201cRaqamli sud\u201d kontseptsiyasidir. Endi fuqarolik, ma&#8217;muriy va iqtisodiy ishlar bo\u2018yicha ariza, shikoyat va iltimosnomalar elektron shaklda qabul qilinadi. Ularning tahlili va saralanishi sun\u2019iy intellekt orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunday yangiliklar sud ishlari samaradorligini oshirish bilan birga, sudlar ish yukini kamaytiradi, inson omili bilan bog&#8217;liq xato-xatolarning oldini oladi va eng muhimi \u2014 odil sudlovga tez va shaffof etishish imkoniyatini yaratadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda nazarda tutilgan texnologiyalar nafaqat ish yuritishni engillashtiradi, balki sud jarayonlarini sifat jihatidan o\u2018zgartiradi. Ya\u2019ni:<\/p>\n<p>Sud hujjatlarining loyihalari avtomatik shakllantiriladi;<\/p>\n<p>Normativ-huquqiy hujjatlar sun\u2019iy intellekt orqali tahlil etiladi;<\/p>\n<p>Sud muhokamasining tahminiy natijasi va xarajatlari oldindan hisoblanadi. Bunday imkoniyatlar sud tizimining shaffofligi va xolisligini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmonda keltirilgan rejalarning amaliy ahamiyati shundaki, har bir chora-tadbir uchun aniq muddatlar belgilangan:<\/p>\n<p>2025 yil 1 dekabrga qadar \u2014 fuqarolar, advokatlar va sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qiluvchi elektron platforma ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>2026 yil 1 yanvardan \u2014 \u201cmy.sud.uz\u201d portalida sun\u2019iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi faoliyati boshlanadi.<\/p>\n<p>2026 yil 1 martdan \u2014 sud ishlari holati va ma&#8217;lumotlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoni yaratiladi.<\/p>\n<p>Bu tadbirlar orqali fuqarolarning sud himoyasiga bo\u2018lgan ishonchi oshishi, murojaatlarga javob olishdagi shaffoflik va tezlikni ta&#8217;minlash rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Farmon faqat texnologiyalarni joriy etish bilan cheklanmaydi. U sudya va xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, raqamli savodxonlikni oshirish, kiber huquq sohasida kadrlar tayyorlash kabi muhim yo\u2018nalishlarni ham o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sud binolari ta&#8217;mirlanadi, moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi. Sud xodimlari uchun zamonaviy ish shart-sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar yaratilishi belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Prezident tomonidan qabul qilingan PF\u2013140-sonli farmon \u2014 O\u2018zbekistonda sud-huquq sohasini zamonaviy bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik qadamdir. Sun\u2019iy intellekt va raqamlashtirish orqali odil sudlovni ta&#8217;minlash nafaqat islohot, balki jamiyatda ishonch va adolat muhitini shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Texnologiya va inson omilini uyg&#8217;unlashtirgan bu islohotlar \u2014 sud tizimini xalq uchun ochiq, faol va ishonchli qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Abilay ADILOV,\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi raisining o\u2018rinbosari\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; 2025 yil 21 avgust kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan \u201cSudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta&#8217;minotini yaxshilashga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201d PF\u2013140-sonli farmoni mamlakatda sud-huquq islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Unga muvofiq, sudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va \u201cRaqamli sud\u201d [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9092,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-9091","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9091","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9091"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9091\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9093,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9091\/revisions\/9093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9092"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9091"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9091"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9091"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}