{"id":8944,"date":"2025-06-23T18:20:22","date_gmt":"2025-06-23T13:20:22","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8944"},"modified":"2025-06-23T18:20:22","modified_gmt":"2025-06-23T13:20:22","slug":"maishiy-turmushda-sodir-etiladigan-jinoyatlar-tushunchasi-va-turlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8944","title":{"rendered":"MAISHIY TURMUSHDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLAR TUSHUNCHASI VA TURLARI"},"content":{"rendered":"<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlar \u2013 oilaviy va shaxsiy munosabatlar doirasida yuzaga keladigan huquqbuzarliklar bo\u2018lib, ular jamiyat barqarorligi va shaxs xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Maishiy jinoyatlar ko\u2018pincha oilaviy nizolar, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, jinoiy madaniyatning ta&#8217;siri va qonunchilikni etarlicha bilishmaslik sababli yuzaga keladi. Bunday huquqbuzarliklarning oldini olish uchun huquqiy targ&#8217;ibot, ijtimoiy yordam hamda davlat tomonidan qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ushbu maqolada maishiy jinoyatlarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari, huquqiy oqibatlari va oldini olish choralari tahlil qilinadi. Shuningdek, O\u2018zbekiston qonunchiligida bu borada belgilangan jazo choralari va mavjud muammolar muhokama qilinadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi o\u2018ziga xos ravishda murakkabdir. Uning murakkabligining belgisi jinoyatlarning vaqt va masofa orasida (ya\u2019ni, ularning turli-tumanligi, rivojlanishining o\u2018ziga xos tendentsiyasi mavjudligi, keng tarqalganligi, shaxsga qarshi qaratilganligi, sodir etish usuli, joyi va sodir etish vaqti kabilar) sodir etilishidir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ushbu ko\u2018rib chiqilayotgan jinoyatlar kriminologik belgilariga ko\u2018ra, aynan bir turdagi jinoyatlar toifasiga kiradi (sodir etish joyiga ko\u2018ra, maishiy xususiyatga ega qasdning mavjudligi kabilar). Shu bilan birga, turlarga bo\u2018linishi tarkibiga ko\u2018ra ham maishiy jinoyatlar bir xil emas va o\u2018z ichiga jinoiy-huquqiy nuqtai nazaridan zarur belgiga ega bo\u2018lgan (shaxsga qarshi qaratilgan va jamoat tartibini buzuvchi zo\u2018ravonlik va kuch ishlatilmaydigan kabilar) jinoiy qilmishlar sodir etiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush doirasidagi jinoyat deganda nikoh, oilaviy, qarindoshlik, do\u2018stona, tanish-bilishchilik, yaqin yoki qo\u2018shnichilik munosabatlarida yuzaga keladigan, shaxsga, uning sha&#8217;ni va qadr qimmatiga, huquq va erkinliklariga tajovuz qiluvchi aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) dir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush sohasida sodir etilayotgan jinoyatchilikning tahlilidan ma&#8217;lum bo\u2018ldiki, ushbu jinoyatlar ko\u2018pchilik holda ichkilikbozlik bilan yaqindan bog&#8217;langandir. Shu bois, mamlakatimizda bu holatga alohida e\u2019tibor qaratilib ichkilikbozlikni yuzaga keltiruvchi bir qator sabab va sharoitlar bartaraf etilmokda. Ayni paytda, bu borada milliy an\u2019analarning ichkilikbozlik bilan bog&#8217;liq bo\u2018lmagan odatlarini qayta tiklash va ma&#8217;lum bir marosimlarning fuqarolar yig&#8217;inlarining faol ishtiroklari orqali tartibga solinishi amalga oshirilmokda. Ammo, shunga qaramay, ichkilikbozlik maishiy jinoyatchilik ko\u2018rsatkichlarining oshishiga ta&#8217;sir etmoqda. Biz ko\u2018rib chiqayotgan jinoyatchilikning asosiy manbalaridan yana biri maishiy turmush jarayonida shaxslar o\u2018rtasidagi nizoli holatlardir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush sharoitida yuzaga keladigan nizolar asosan uzoq vaqt davomida etilib, vaqtida tor chegarada bo\u2018lgan bo\u2018lsa-da, asta-sekin kuchayib borishi (shaxslar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro nizolarning vaqti-vaqti bilan kuchayishi) yoki dabdurustdan kuchayishi (yaxshi tomonga o\u2018zgarmaydigan nizolar) kabilarni o\u2018z ichiga oladi. Vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan kriminogen-nizoli vaziyatlar o\u2018rtacha 33 %ni tashkil etib, yarim yildan uch yilgacha, 63% holatlarda esa uch yildan sakkiz yilgacha va undan ko\u2018p vaqtda yuzaga keladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ushbu tasnif jinoyatlarni o\u2018rganish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi, chunki bu profilaktika sub\u2019ektlarining, ko\u2018rib chiqilayotgan holatlarning o\u2018ziga xos jihatlarini e\u2019tiborga olgan holda, maxsus sohaviy profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishiga imkon yaratadi[]. Profilaktika vositalarini kriminogen vaziyatlar mazmuniga moslab yo\u2018lga qo\u2018yish profilaktika ishlarining amalga oshishi va maqsad sari aniq yo\u2018naltirilishini ta&#8217;minlaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlar jinoyatchi va jabrlanuvchilarning birga yashash joyida: alohida xonadonlarda (70%), umumiy xonadonlarda &#8211; kommunalkalarda (14%), yotoqxonalarda (6%), ko\u2018cha-ko\u2018yda va boshqa jamoat joylarida (10%) sodir etiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bu jinoyatlarning yana bir belgisi esa ularning asosan oila va qo\u2018ni-qo\u2018shnilar o\u2018rtasida sodir bo\u2018lishidir. To\u2018g&#8217;ri, bu borada, ya\u2019ni uy-joy masalasining mamlakatimizda o\u2018rinli hal etilganligi aynan oila va qo\u2018ni-qo\u2018shnilar o\u2018rtasida bo\u2018ladigan nizolarning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Har bir oilaga alohida xonadon tarzida qurilgan uylar, ko\u2018p bolali oilalarni e\u2019tiborga olgan holda, qavatlarda va hovlilarda bolalar uchun maydonchalarning yaratilganligi ko\u2018p jihatdan qo\u2018shnilar o\u2018rtasida turli nizolar kelib chiqishining oldini oladi. Shuningdek, oilalarning alohida yashashiga imkon yaratilishi ularning har biri ustidan ijtimoiy kuzatuv va nazorat olib borishga yo\u2018l ochadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlarning aksariyatini bitta shaxs sodir etadi, aksincha, guruhiylik xususiyati esa kamroqdir. Tadqiqotlarning ko\u2018rsatishicha, faqat 3% jinoyatlar guruhiy tarzda sodir etiladi. Buning asosiy sababi esa jabrlanuvchi va jinoyatchining yaqin aloqadaligidandir. Guruhiy jinoyatlar asosan maishiy bezorilik hollarida va to\u2018y, ma&#8217;rakalarda yuzaga keladi hamda ayrim vaziyatlarda ro\u2018y beradi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush sohasida sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifini berish dastavval jinoyatchilarning shaxsini o\u2018rganish bilan uzviy bog&#8217;liqdir. Bu kabi tadqiqot maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning yuzaga kelish sababiy bog&#8217;lanishlarini bilish va zarur ta&#8217;sir choralarini qo\u2018llashga imkon yaratadi. Maishiy turmush sohasidagi jinoyatlarning 85%ni erkaklar sodir etadi. Ular sodir etadigan jinoyatlar ayollar sodir etadigan jinoyatlardan xavfliligi bilan ajralib turadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u00a0Kriminologiyada maishiy turmush sohasida ayollar sodir etadigan jinoyatlarni umumiy jinoyatlarni sodir etishda ishtirok etuvchi ayollar miqdoriga nisbatan o\u2018rganishga alohida e\u2019tibor qaratiladi[]. Umuman olganda, jinoyatlarning sodir etilishida ayollar ishtiroki erkaklarga nisbatan kam. Shunga ko\u2018ra, umumiy jinoyatlarda ayol jinoyatchilar miqdori 12-15%ni tashkil etadi. Shuningdek, qotillik jinoyatlarida ayollar ishtiroki &#8211; 3-4% ni; tan jarohatlarini yotkazuvchi shaxslar ichida &#8211; 2-3%ni tashkil etadi. Biroq maishiy jinoyatlar tarkibida odam o\u2018ldirish jinoyatini sodir etgan ayollar qariyb ikki barobar ko\u2018pdir. Ayollar va erkaklar jinoyatlari o\u2018rtasidagi bu kabi farqning mavjudligiga sabab ma&#8217;lum bir ijtimoiy omillar majmui ta&#8217;sirida ayol va erkaklarda o\u2018ziga xos bo\u2018lgan o\u2018zini tutish kabi xususiyatlarning shakllanganligidir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Maishiy turmush sohasida yuzaga keladigan jinoyatlarda kriminogen faollik asosan 18-30 va 31-40 yoshli shaxslar harakatlarida kuzatiladi. Bu, albatta, ushbu eshdagilar ijtimoiy mavqeining o\u2018ziga xosligi bilan e\u2019tiborga loyiqligidir. Alohida e\u2019tiborning 25-30 yoshlilarga qaratilishi bu yoshdagi shaxslar haetida yuz beradigan oila-nikoh munosabatlarining yuzaga kelishi, yangi majburiyatlar va o\u2018zini tutish kabi o\u2018zaro munosabatlarning shakllanishi bilan bog&#8217;liqdir. Aynan shu davrda oilaviy qarama-qarshiliklarning pishib etilishi va kuchayishi ro\u2018y beradi. Maishiy turmushdagi bu kabi salbiy holatlar ko\u2018rsatkichlarining mavjudligi esa oila buzilishi statistikasining yuqoriligini ham ifodalaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2018zbekistonda aholining o\u2018ziga xos udum va urf-odatlari asosida oilaviy munosabatlar tashkil etilgan bo\u2018lsa-da, ajralish nisbati 25-30 yoshlilarga to\u2018g&#8217;ri kelishi achinarli holdir. Bu esa turmushda ajralish va jinoyat sodir etilishining o\u2018zaro bir-biriga o\u2018xshash tarzda yuzaga kelayotganligining ifodasidir. Shuningdek, nikoh va oila yoshining 17-18 yoshga kamayotganligi ham o\u2018ziga xos tadqiqotlar o\u2018tkazilishini talab etmoqda. Chunki bu yoshdagi yoshlarning oila va nikoh munosabatlariga kirib kelishi profilaktik chora-tadbirlarning alohida tarbiyalash choralarini nafaqat yoshlarga, balki shu yoshdagilarning oila qurishlariga sabab bo\u2018layotgan shaxslarga ham qaratilishini talab etmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shuni alohida qayd etish joizki, maishiy turmush sohasida zo\u2018ravonlik sodir etuvchi huquqbuzar shaxslarda rahm-shafqat rishtalarining kamligi, ish bilan band etilmaganligini, oiladagi etishmovchiliklar yoki ularning xulq- atvorida agressivlik holatiga tushib qolishlikni o\u2018z yaqinlariga nisbatan turli ko\u2018rinishdagi zo\u2018ravonliklarni sodir etishida namoyon bo\u2018lishini bildirdi. Bunday toifadagi shaxslar asosan, zo\u2018ravon, jabr-zulm qiluvchi, jabrlovchi, zulmkor shaxslar ekanligini alohida tahlil qilib, bu borada tegishli profilaktik tadbirlarni kuchaytirishni talab etadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><strong>Zuxra AYAPOVA,\u00a0<\/strong><\/div>\n<div><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi\u00a0<\/strong><strong>Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi<\/strong><\/div>\n<div><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlar \u2013 oilaviy va shaxsiy munosabatlar doirasida yuzaga keladigan huquqbuzarliklar bo\u2018lib, ular jamiyat barqarorligi va shaxs xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Maishiy jinoyatlar ko\u2018pincha oilaviy nizolar, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, jinoiy madaniyatning ta&#8217;siri va qonunchilikni etarlicha bilishmaslik sababli yuzaga keladi. Bunday huquqbuzarliklarning oldini olish uchun huquqiy targ&#8217;ibot, ijtimoiy yordam hamda davlat tomonidan qonuniy chora-tadbirlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8945,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8946,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8944\/revisions\/8946"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8945"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}