{"id":8938,"date":"2025-06-20T17:24:07","date_gmt":"2025-06-20T12:24:07","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8938"},"modified":"2025-06-23T17:35:13","modified_gmt":"2025-06-23T12:35:13","slug":"jamoat-tartibiga-qarshi-jinoyatchilarning-kriminologik-profili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8938","title":{"rendered":"JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATCHILARNING KRIMINOLOGIK PROFILI"},"content":{"rendered":"<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Har qanday jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni ta&#8217;minlashda jamoat tartibi muhim o\u2018rin tutadi. Jamoat tartibining buzilishi nafaqat fuqarolarning kundalik hayotiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi, balki davlatning huquqiy va ijtimoiy tuzilmalari barqarorligiga ham tahdid soladi. Shu boisdan, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar zamonaviy kriminologiyaning dolzarb tadqiqot yo\u2018nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Mazkur jinoyatlar doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklar ko\u2018pincha shaxsiy tajovuz, ommaviy tartibsizlik, hokimiyat vakiliga qarshilik ko\u2018rsatish, bezorilik kabi ko\u2018rinishlarda namoyon bo\u2018ladi. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ijtimoiy-demografik xususiyatlari, psixologik holati, jinoyatga olib kelgan sabab va sharoitlarni chuqur tahlil qilish ularning kriminologik profilini shakllantirishda asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ushbu maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning kriminologik profili atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun zarur bo\u2018lgan kriminologik ma&#8217;lumotlar asosida tahliliy yondashuv taklif etiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Jinoyatchi shaxsi \u2013 avvalo jinoyat sub\u2019ektining shaxsidir. Jinoyat qonunchiligiga binoan jinoyat sub\u2019ekti uni aynan sub\u2019ekt deb topish uchun zarur ko\u2018rsatkichlarga ega bo\u2018lishi lozim. Bunday ko\u2018rsatkichlar uchta: jismoniy shaxs (jahonning ba&#8217;zi bir mamlakatlarida yuridik shaxslarni ham jinoyat sub\u2019ekti deb topish imkoniyati nazarda tutilganki, bunga qo\u2018shilish qiyin), shaxsning muayyan yoshga to\u2018lganligi (MDHning bir qancha mamlakatlari qonunchiligiga ko\u2018ra 14, 16, 18 yosh, jahonning ba&#8217;zi bir mamlakatlari jinoyat kodekslariga binoan esa \u2013 bundan ham kichikroq yosh) va aqli rasolik. Ammo jinoyatchi shaxsini tavsiflash uchun jinoyat sub\u2019ektining faqat jinoyat-huquqiy belgilari etarli emas. Muayyan sub\u2019ektning jinoyat sodir etishi faqat jinoyat sodir etgan odam shaxsi mavjudligini e\u2019tirof etish uchun asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Jinoyat sub\u2019ektining shaxsi odamning asosan jinoiy xulq-atvor xususiyatlari bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan boshqa har xil ko\u2018rsatkichlarini ham qamrab oladi. Jinoiy xulq-atvor, eng avvalo, odamni atrofidagi borliq, muhit bilan belgilanadi. Lekin, ayni vaqtda, u shaxsning muayyan mayllari, intilishlari, xulq-atvor motivlari va maqsadlarini ham aks ettiradi. Tabiiyki, odamga qanday salbiy xususiyatlar xos bo\u2018lmasin, agar u jinoyat sodir etmagan bo\u2018lsa, uni jinoyatchi deb hisoblash mumkin emas. Jinoyat sodir etganlik holati muayyan odamni g&#8217;ayriijtimoiy shaxs sifatida tavsiflaydi, lekin uning mazmun-mohiyatini to\u2018liq tushuntirib bermaydi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Q.Abdurasulova ta&#8217;kidlab o\u2018tganidek, jinoyat sub\u2019ektining shaxsi uch darajada: jinoyatchi shaxsi umumiy tushunchasi nuqtai nazaridan, har xil toifaga mansub jinoyatchilarning belgilarini aniqlash nuqtai nazaridan va muayyan jinoyat sodir etgan shaxs (masalan, o\u2018g&#8217;rilik, odam o\u2018ldirish, nomusga tegish, avtomobilni olib qochish va hokazo jinoyatlar sodir etuvchi shaxslar) darajasida o\u2018rganilishi lozim.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Mazkur darajalarda shaxsni o\u2018rganish va uning belgilarini aniqlash darajasi har xil bo\u2018lishi mumkin, chunki bu erda umumlashtirish (abstraktsiya) darajasi har xildir. Jinoyat sub\u2019ektining shaxsi muayyan jinoyat sodir etgan shaxs darajasida nisbatan to\u2018liq tavsiflanishi mumkin. Amaliyot shuni ko\u2018rsatmoqdaki, bugungi kunda bezorilik hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o\u2018yinlarni tashkil etgan shaxs o\u2018zining g&#8217;ayriijtimoiy xulq-atvori, yurish-turishi bilan jamiyatda, xususan jamoat joylarida axloq va huquq normalariga muvofiq o\u2018rnatilgan tartib qoidalarni mensimasdan, ularning talablariga rioya qilmasdan yoki ularni buzgan holda mavjud ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Jinoyat ishlarining tahliliga ko\u2018ra, jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatning turi sifatida bezorilikni sodir etgan shaxslarga qo\u2018yidagi omillar ta&#8217;sir ko\u2018rsatayotganligi aniqlandi: 1) aybdorning o\u2018z kuchini ko\u2018rsatib qo\u2018yishga intilishi (36%); 2) xulq-atvori jamiyatda yurish-turish qoidalari va qonun normalarini mensimasligi (22,5 %); 3) ilgari jinoyat sodir etganlarning ta&#8217;siri ostiga tushib qolishi (5,5 %); 4) turmushidan norozilik va boshqalardan nafratlanish<\/div>\n<div>(4 %); 5) boshqa motivlar (o\u2018ch olish, rashk, nafratlanish va b.q.) (32 %).<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Muayyan jinoyat sodir etish mexanizmida jinoyatchining shaxsi muhim rol o\u2018ynaydi. Chunki jinoyat inson tafakkurining mahsulidir. Bu borada F.Y.Gall \u201cjinoyat uni sodir etgan shaxsning mahsuli hisoblanadi, shunga ko\u2018ra, jinoyatning xususiyati bu individning tabiati va u yashab turgan muhitga bog&#8217;liq bo\u2018ladi\u201d, deb hisoblaydi. Bu esa jamoat tartibini buzgan jinoyatchi shaxsini o\u2018rganish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu boisdan, azaldan jinoyatchi shaxsi kriminologiya fanining asosiy masalasi sifatida tadqiqotchilarning diqqat markazida bo\u2018lgan. Jinoyatchi shaxsi avvalo jinoyat sub\u2019ektining shaxsidir. Bezorilik hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o\u2018yinlarni tashkil etgan \u201cjinoyatchi shaxsi\u201d tushunchasi keng ma&#8217;nodagi ijtimoiy tushuncha bo\u2018lgan \u201cinson shaxsi\u201d bilan uzviy bog&#8217;liq. Bezorilik sodir etgan jinoyatchi shaxsi deganda, qonunda nazarda tutilgan bezorilikni sodir etgan muayyan shaxs nazarda tutilsa, \u201cjinoyatchi shaxsi\u201d esa uning o\u2018ziga xos belgilari va xulq-atvorlari mazmunini ifodalaydi. Y.O.Alauxanov jinoyatchi shaxsini umumijtimoiy tushuncha bo\u2018lgan \u201cshaxs\u201d va ijtimoiy-huquqiy tushuncha bo\u2018lgan \u201cjinoyatchi\u201d so\u2018zlaridan tashkil topganligini aytadi. Jinoyatchi shaxsi jinoyat sodir etgan shaxsning yuridik jihatdan ahamiyatga ega bo\u2018lgan siyosiy-ijtimoiy, ruhiy va jismoniy xususiyatlari majmuidir. Kriminolog olimlarning jinoyatchi shaxsi sxemasi to\u2018g&#8217;risidagi ba&#8217;zi bir muhim takliflarini keltirib o\u2018tamiz. R.Dushanovning qayd etishicha, jinoyatchi shaxsi \u2013 jinoyatchining asosiy intellektual-ma&#8217;naviy xislatlari, ruhiy va jismoniy holatining majmuidir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bezorilik sodir etgan jinoyatchi shaxsi tushunchasi o\u2018ziga xos ravishda jinoyatchining ijtimoiy belgilarini ifodalaydi, ya\u2019ni shaxsning \u201cijtimoiy qiyofasi\u201dni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kriminalistikada shaxsga moddiy voqelik nuqtai nazardan \u2013 bo\u2018yi, qaddi-qomati, ko\u2018zi, qoshi kabilarni tavsiflansa, kriminlogiyada shaxsga uning ijtimoiy holatlari orqali ta&#8217;rif beriladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Yuridik adabiyotda jinoyatchi shaxsi deganda, jinoyat qonunini aybli ravishda buzayotgan shaxsni tavsiflovchi, hamda boshqa shaxsiy sharoitlar va holatlar bilan hamoxang tarzda, uning jinoiy xulqiga ta&#8217;sir etadigan ijtimoiy va ijtimoiy shartlangan xususiyatlar, belgilar, aloqalar, munosabatlar yig&#8217;indisi tushuniladi. Jinoyatchi shaxsi, maxsus ijtimoiy tip sifatida ko\u2018riladi, uning xususiyatlari esa \u201c&#8230;shaxsning desotsiallashuvini, hamda shu orqali salbiy ijtimoiy rollarni tanlash va amalga oshirishi haqida dalolat beradigan salbiy ijtimoiy sifatlar mavjudligi\u201dda ifodalanadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Jamoat tartibini buzib, bezorilik hamda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o\u2018yinlarni tashkil etgan shaxsga oid kriminologik ma&#8217;lumotlar mazmunan jinoyatchi shaxsi va uning xulq-atvori to\u2018g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarga asoslanadi. Bu ma&#8217;lumotlar jinoyatchining individual xususiyatlari uning shaxs sifatida shakllanishiga ta&#8217;sir ko\u2018rsatgan ijtimoiy muhit bilan to\u2018g&#8217;ri va teskari aloqalariga asoslanadi. Xususan, so\u2018z bezorilikning kriminologik tavsifi haqida yuritilar ekan, unda ushbu jinoyatni sodir etganlarning shaxsini tavsiflovchi xususiyatlarni ochib berish zarur hisoblanadi. Bu borada, birinchi navbatda, amaliy vazifani hal etishga to\u2018g&#8217;ri keladi. Bezorilik sodir etgan shaxsning turmush tarzi uning ma&#8217;naviy qiyofasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo\u2018lgan faol jarayon sifatida baholanib, u barcha ijtimoiy ahamiyatli harakatlar singari odam shaxsiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Har bir aniq vaziyatda faqat shaxsning o\u2018zi jinoyat sodir qilish to\u2018g&#8217;risida qaror qabul qiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Jinoyatchilarni tasniflash muhim tahliliy va profilaktik ahamiyatga ega bo\u2018lib, jinoyatchilik sabablarini yanada chuqurroq va har tomonlama o\u2018rganish, jinoyatlarning oldini olish va prognoz qilish tizimini ishlab chiqishga yordam beradi. Shu sababli jinoyatchilarni tasniflash kriminologiyaning eng dolzarb, lekin hali yaxshi o\u2018rganilmagan muammolaridan biri bo\u2018lib qolmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Adabiyotlarda qayd etilganidek, jinoyat sodir qilgan shaxslarni toifalash (tipizatsiya) g&#8217;oyasi ularning muayyan guruhlari to\u2018g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlarga asoslanadi. Shu bois, G.A.Avanesov \u201cJinoyatchi shaxsi va uning tuzilishini chuqurroq o\u2018rganish uchun bunday shaxsning o\u2018ziga xos xususiyatini ham anglash lozim\u201d , deb hisoblaydi. Ko\u2018rinib turganidek, shaxsning o\u2018ziga xosligi va tuzilishi o\u2018rtasida aloqadorlik mavjud. Shuning uchun ham, tadqiqotning negizida shaxs tuzilishi yotadi, chunki shaxs tuzilishini anglamasdan turib, jinoiy xulq-atvorning mexanizmini tushunish mumkin emas. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatchilarning kriminologik profilini o\u2018rganish zamonaviy jamiyatda huquqiy barqarorlik va fuqarolik xavfsizligini ta&#8217;minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Jinoyat harakati \u2013 bu tasodifiy hodisa emas, balki ko\u2018pincha ijtimoiy muhit, shaxsiy fazilatlar, ma&#8217;naviy-psixologik omillar va hayotiy sharoitlarning murakkab o\u2018zaro ta&#8217;siri natijasidir. Ayniqsa, bezorilik, qimor o\u2018yinlarini tashkil etish kabi jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar jamiyatda befarqlik, ijtimoiy nazorat zaifligi va huquqiy ongning pastligidan darak beradi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Tadqiqot natijalari shuni ko\u2018rsatmoqdaki, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslar orasida yoshlar soni yuqori bo\u2018lib, ular orasida huquqiy madaniyatning pastligi, ijtimoiy beqarorlik, oilaviy tarbiyaning sustligi kabi omillar etakchi rol o\u2018ynaydi. Bu esa jinoyatchilik profilaktikasini nafaqat jazolashga emas, balki ijtimoiy-psixologik omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks yondashuv asosida amalga oshirish zarurligini taqozo etadi. Shuningdek, jinoyatchi shaxsini tahlil qilish faqatgina kriminalistik nuqtai nazardan emas, balki ijtimoiy psixologiya, pedagogika, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan uzviy aloqada olib borilishi lozim. Shaxsning ijtimoiy roli, axloqiy qadriyatlari, motivatsiyalari va hayotga bo\u2018lgan munosabatini tahlil qilish orqali biz jinoyat xavfini oldindan aniqlash va profilaktik choralarni yanada samaraliroq shakllantirishimiz mumkin.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Demak, jamoat tartibiga qarshi jinoyatchilarning kriminologik profilini o\u2018rganish \u2013 bu nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim vazifa bo\u2018lib, u jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish, jinoyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish, yoshlar orasida huquqiy ongnu yuksaltirish va fuqarolik mas\u2019uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli, bu yo\u2018nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar va tahlillar doirasini yanada kengaytirish, yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><\/div>\n<div><strong>Gulistan BISENOVA,\u00a0<\/strong><\/div>\n<div><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi\u00a0 Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi<\/strong><\/div>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har qanday jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni ta&#8217;minlashda jamoat tartibi muhim o\u2018rin tutadi. Jamoat tartibining buzilishi nafaqat fuqarolarning kundalik hayotiga salbiy ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi, balki davlatning huquqiy va ijtimoiy tuzilmalari barqarorligiga ham tahdid soladi. Shu boisdan, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar zamonaviy kriminologiyaning dolzarb tadqiqot yo\u2018nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mazkur jinoyatlar doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklar ko\u2018pincha shaxsiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8939,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8938","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8938","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8938"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8938\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8940,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8938\/revisions\/8940"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8939"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8938"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8938"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8938"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}