{"id":8909,"date":"2025-06-19T12:36:56","date_gmt":"2025-06-19T07:36:56","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8909"},"modified":"2025-06-19T12:36:56","modified_gmt":"2025-06-19T07:36:56","slug":"sud-tergovi-tushunchasi-va-uning-huquqiy-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8909","title":{"rendered":"SUD TERGOVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish sari odimlab borilayotgan bir davrda odil sudlovni ta&#8217;minlash, ayniqsa jinoyat sud ishlarini yuritishda alohida o\u2018rin tutadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi mamlakatda sodir bo\u2018layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o\u2018zgarishlarni to\u2018la va aniq mohiyatini ifoda etgan holda hokimiyatlarning bo\u2018linish printsipini o\u2018zida aks ettirib, davlat hokimiyati tizimida sud hokimiyatining haqiqiy ahamiyatini, uning sudlar faoliyatidagi maqsad va vazifalarini hamda jamiyat, davlat va shaxslar huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi bo\u2018yicha ustuvor vazifalarini yaqqol ko\u2018rsatib berdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Aytib o\u2018tadigan bo\u2018lsak, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritishi, shuningdek 136-moddasida sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat Konstitutsiya va qonunga bo\u2018ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi belgilab qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek Konstitutsiyamizning 28-moddasida belgilab qo\u2018yilganidek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko\u2018rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi, bundan tashqari Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasidagi Aybsizlik prezumptsiyasi printsipiga ko\u2018ra har qanday gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanishi belgilab qo\u2018yilgan. Shuning uchun ham sodir etilgan jinoyat uchun aybdorlikni aniqlash, u bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan jinoiy-huquqiy oqibatlar odil sudlovni amalga oshirish bilan bog&#8217;liqdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha odil sudlov faqat sud muhokamasi orqali amalga oshiriladi. Aynan sud muhokamasi jarayoni sudlarga ish holatlarini jinoyat protsessual faoliyatining qat\u2019iy belgilangan qoidalari va unga taalluqli bo\u2018lgan tamoyillar asosida mustaqil, har taraflama, to\u2018la va xolisona o\u2018rganib chiqish imkonini beradi. Shuning uchun ham sud muhokamasi jinoyat ishlari bo\u2018yicha odil sudlovni amalga oshirish imkonini beruvchi yagona yo\u2018l hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ko\u2018pchilik yaxshi biladi, ilgari qariyb 80-90 foiz jinoyat ishlari qayta tergovga, qo\u2018shimcha tergovga yuborilar edi. Endilikda esa bu tartib ya\u2019ni, sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo\u2018shimcha tergovga qaytarish tartibi qonunchiligimizda bekor qilindi. Bu esa sud va tergov organlarining haqiqatni aniqlash, shuningdek, qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilish borasidagi mas\u2019uliyatini yanada oshirdi desak mubalog&#8217;a bulmaymiz.<\/p>\n<p>Jinoyat shini sudda ko\u2018rish uchun tayinlash bosqichida sud muhokamasida ko\u2018rib chiqish uchun mazkur protsessual asoslarning qonuniyligi, asoslanganligi va etarliligi tekshiriladi.<\/p>\n<p>Shuning uchun sud muhokamasi jinoyat ish yurituvining shunday bir muhim bosqichi hisoblanadiki, unda jinoyat protsessual munosabatlarni o\u2018z ichiga olgan barcha jinoyat protsessi bosqichlariga oid me\u2019yor va institutlarining yagona vazifaga undovchi tamoyillari hamda qonuniy yo\u2018nalishlari mantiqiy bog&#8217;lanadi. Albatta, sud ish yurituvining har bir bosqichi o\u2018ziga xos vazifalarni amalga oshiradi hamda ularning har biri o\u2018z vazifalari, usullari va bajarilishi lozim bo\u2018lgan vazifalar doirasi va tuzilishiga egadir.<\/p>\n<p>Biroq, ularning hech biri jinoyat ishining asosiy vazifasi \u2013 jinoyat alomatlari borligi, ayblilik (aybsizlik), qonun asosida unga javobgarlik belgilash yoki belgilamaslik masalalarini hal eta olmaydi. Shuning uchun sud muhokamasi bosqichida (to\u2018g&#8217;rirog&#8217;i-sud tergovida) qonunchilik tomonidan odil sudlovni amalga oshirishda muayyan vazifalar yuklanib, jinoyat protsessida shaxsning huquqlari, davlat va jamiyatning normal ishlashi kafolatlari belgilab berilganki, ular odil sudlov orqali shaxs, davlat va jamiyatni progressiv rivojlanishini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n<p>Shuning uchun sud muhokamasi jinoyat ishidagi holat va faktlarning alohida holda tekshirib chiqilishi va uning asosida qaror qabul qilinishidan iborat bo\u2018ladi. Dastlabki tergov va surishtiruvdan farqli o\u2018laroq, sud muhokamasi o\u2018zgacha sharoitda \u2013 og&#8217;zaki, oshkora, bevosita va uzviy tartibda ish materiallarining mazmun-mohiyati bilan to\u2018la tanishgan tomonlarning munozaraviy fikr-mulohazalari hamda iltimosnomalari bilan faol ishtiroki doirasida o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda sudlar tomonidan jinoyat ishlarini ko\u2018rib chiqishda har tomonlamalik, to\u2018la va xolisonalikni ta&#8217;minlash, qonuniy asoslangan va adolatli sud qarorlarini faqat har taraflama, to\u2018la va xolisona ish holatlarini tekshirib, jinoyat ishlari bo\u2018yicha sud ishlarini yuritishda demokratizm tamoyillarga qat\u2019iy asoslangan holda jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, aybsiz shaxslarni oqlash hamda holat bo\u2018yicha javobgarlikni engillashtiruvchi yoxud og&#8217;irlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda qaror qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Sud tomonidan sud muhokamasi davomida dalillarni qonun bilan belgilangan bevosita va sinchkovlik bilan tekshirish, shu jumladan, tergovning to\u2018la va har taraflama o\u2018tkazilganligi, unda yo\u2018l qo\u2018yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish, tergov organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ayblov fikri, himoya fikri va xulosalari hamda sud majlisida olingan dalillarga yondashishi lozim bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Sud tergovi bu \u2013 jinoyat ishi bo\u2018yicha barcha dalillarni aniqlash va ularni tahlil qilish, shu bilan birga, ishning xolis va ob\u2019ektiv ko\u2018rib chiqilishini ta&#8217;minlashga qaratilgan sud protsessining muhim bosqichidir. Sud tergovi natijalari jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ayblovni tasdiqlash yoki rad etishga ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Shu sababli, sud tergovi qonunchilikka muvofiq tarzda o\u2018tkazilishi, ya\u2019ni har bir qadam aniq va haqiqiy dalillar asosida amalga oshirilishi kerak.<\/p>\n<p>Jinoyat ishi yuzasidan, jinoyatni sodir etganlikda aybdor bo\u2018lgan shaxsni aniqlash va ish bo\u2018yicha dalillarni yig&#8217;ishga qaratilgan amaliy ishlarning to\u2018plami sud tergovi deyiladi. Uning maqsadi jinoyatni aniqlash, aybdor shaxslarni topish, dalillarni tekshirish va ishni sudga taqdim qilishdir.<\/p>\n<p>Sud muhokamasining tayyorgarlik bosqichida mavjud ish holatlari alohida tekshirilmaydi, balki, jinoyat protsessining ushbu bosqichida sud tomonidan ish holatlarini mustaqil, to\u2018la va har taraflama tekshirilishiga sharoit yaratiladi, protsess ishtirokchilarining qonuniy huquq va manfaatlarini to\u2018g&#8217;ri hal etishga hozirlik ko\u2018riladi.<br \/>\nShuning uchun ushbu bosqichda o\u2018tkaziladigan sud tergovining barcha harakat va qarorlarining to\u2018laligini ta&#8217;minlashga hozirlik ko\u2018riladi.<\/p>\n<p>Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksining 429-moddasiga ko\u2018ra, protsess ishtirokchilarining sudga kelgan-kelmaganligi tekshiriladi, 433-moddasiga ko\u2018ra, protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini ko\u2018rish mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi masala hal qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan so\u2018ng sud Jinoyat-protsessual kodeksining 434-moddasiga asosan sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtini aniqlaydi, sud tarkibini, taraflarni e\u2019lon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish sudga nafaqat sud muhokamasi davomida bu masalaga qaytilishini oldini oladi, balki protsess ishtirokchilarining protsessual huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha jinoyat protsessual qonuni talablarini buzilishini va bevosita u bilan bog&#8217;liq sud tergovini to\u2018liq emasligi yoki bir yoqlama o\u2018tkazilishini oldini oladi.<\/p>\n<p>Sud muhokamasining tayyorlov qismida raislik etuvchi sudlanuvchining shaxsini hamda ushbu shaxsga nisbatan ish yuritishga mone\u2019lik qiluvchi holatlar mavjudligini aniqlamasdan ish boshlay olmasligini ko\u2018rsatib o\u2018tish lozim. Shuni ham nazarda tutish kerakki, Jinoyat protsessual kodeksining 438-moddasi mazmunidan kelib chiquvchi sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi guvohlar, ekspertlar, mutaxassislarni chaqirish, daliliy ashyo va hujjatlarni talab qilib olish bo\u2018yicha kiritgan iltimosnomalari bu haqda ariza berilishi bilan bir vaqtda muhokama qilinishi va hal etilishi lozim. Ushbu qoidalar asosida sud muhokamasi ishtirokchilarining doirasi va ish holatlari (jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisiga ishda qatnashishga ruxsat berish, jabrlanuvchi, fuqaroviy da&#8217;vogar deb e\u2019tirof etish, ishni to\u2018xtatish yoki ko\u2018rishni qoldirish, ishni qo\u2018shimcha tergovga qaytarish, tugatish va h.k.)da berilgan va kiritilgan iltimosnomalar sud muhokamasining boshlang&#8217;ich qismida ham, sud tergovi davomida ham hal etiladi.<\/p>\n<p>Sud muhokamasining tayyorlov qismini ikkinchi darajali bosqich hisoblab, bu bosqichda sud faqat tayyorlash-tashkiliy vazifalarini bajaradi, shuning uchun ba&#8217;zi protsessual qoidalardan chetga chiqish mumkin, degan qarash xato bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Sud tergovi bilan sud muhokamasining bir qismi hisoblangan taraflar muzokarasi ham o\u2018zaro bog&#8217;liq bo\u2018lib, taraflar o\u2018z chiqishlarida sud tergovi davomida bevosita tekshirilgan dalilarga tayanish, tahlil etish va baho berish huquqlariga ega. Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchining oxirigi so\u2018zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to\u2018g&#8217;risida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador bo\u2018lgan dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga ko\u2018ra yoki o\u2018z tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash to\u2018g&#8217;risida ajrim chiqaradi.<\/p>\n<p>Sud tergovi davomida tekshirilgan hujjatlarga asoslangan holda taraflar muzokarada sudlanuvchiga qo\u2018yilayotgan aybga ijtimoiy huquqiy baho berish, u yoki bu aybni asoslanganligi, sudlanuvchi qilmishiga huquqiy tasnif berish, unga nisbatan qo\u2018llaniladigan jazo choralari va boshqa hukm chiqarishda sud hal etishi lozim bo\u2018lgan masalalar bo\u2018yicha fikr bildirishlari mumkin.<\/p>\n<p>Sudlanuvchining oxirgi so\u2018zi sud tergovining o\u2018tkazilishida hal qiluvchi o\u2018rin tutadi. Binobarin, sudlanuvchi o\u2018z oxirgi so\u2018zida ish uchun muhim bo\u2018lgan yangi holatlarni ma&#8217;lum qilish sudga sud tergovini yangidan boshlash uchun ajrim chiqarishiga asos bo\u2018ladi. Nihoyat, sud tergovining natijalari hukm chiqarish kabi sud muhokamasining asosini belgilaydi. Zero, sud sud tergovi davomida tekshirib chiqilgan dalillar bilan bir tomondan, o\u2018z hukmini asoslasa, boshqa tomondan sudning ichki ishonchi, sud tergovi va uning natijalarini asoslaydi.<\/p>\n<p>Sud tergovi, jinoyat ishini faqat qonunga muvofiq va xolisona o\u2018tkazishni talab qiladi. Sud tergovi natijalari jinoyat ishi bo\u2018yicha qabul qilinadigan qarorlarga bevosita ta&#8217;sir ko\u2018rsatadi. Agar sud tergovi jarayoni adolatli va xolis o\u2018tkazilgan bo\u2018lsa, ish bo\u2018yicha chiqarilgan qarorlar ham adolatli bo\u2018ladi. Bunda sudyaning vazifasi &#8211; sud tergovi jarayonida olingan dalillar asosida xolis va adolatli qaror qabul qilishdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Bawirjan SABUROV,<\/strong><br \/>\n<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi magistratura bosqichi tinglovchisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish sari odimlab borilayotgan bir davrda odil sudlovni ta&#8217;minlash, ayniqsa jinoyat sud ishlarini yuritishda alohida o\u2018rin tutadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirda qabul qilinishi mamlakatda sodir bo\u2018layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o\u2018zgarishlarni to\u2018la va aniq mohiyatini ifoda etgan holda hokimiyatlarning bo\u2018linish printsipini o\u2018zida aks ettirib, davlat hokimiyati tizimida sud [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8910,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8909","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8909","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8909"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8909\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8911,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8909\/revisions\/8911"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8909"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8909"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8909"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}