{"id":8899,"date":"2025-06-17T13:00:19","date_gmt":"2025-06-17T08:00:19","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8899"},"modified":"2025-06-18T13:03:47","modified_gmt":"2025-06-18T08:03:47","slug":"latent-jinoyatlar-mazmun-sabablar-va-oqibatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8899","title":{"rendered":"LATENT JINOYATLAR: MAZMUN, SABABLAR VA OQIBATLAR"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Latent so\u2018zi lotin tilining \u201clatents (latentis)\u201d so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, \u201cyashirin, ko\u2018rinmaydigan\u201d degan ma&#8217;nolarni anglatib, real yashirin yoki ro\u2018yxatga olinmagan jinoyatlar tushuniladi. Latent jinoyatlar haqiqatda sodir etilgan jinoyatlarning qismi hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bizga ayonki, kriminologiya fanida \u201clatent\u201d, ya\u2019ni \u201cyashirin\u201d jinoyatchiliksiz jinoyatchilikning holati umumiy tushunchasining tavsifi to\u2018liq bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlar \u2013 bu jamiyatda sodir bo\u2018ladigan, biroq turli sabablarga ko\u2018ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlanmaydigan yoki qayd etilmaydigan jinoyatlardir. Bunday jinoyatlar nafaqat huquqiy tizimning zaifligini ko\u2018rsatadi, balki jamiyatdagi ijtimoiy adolatning buzilishiga ham sabab bo\u2018ladi. Mazkur maqolada latent jinoyatlarning mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi.<\/p>\n<p>Dunyoda latent jinoyatchilikka qarshi kurashning asosiy usullaridan biri sifatida uning kelib chiqish sabablari, shartlari hamda unga turtki bo\u2018luvchi omillarni aniqlashga e\u2019tibor qaratilmoqda. Bunday yondashuv bir vaqtning o\u2018zida ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan diqqatga sazovordir.<\/p>\n<p>Latent jinoyatchilik ham boshqa jinoyatlar kabi kriminologiyada umum\u2019etirof etilgan: \u201cJinoyatchilikning umumiy sabablari o\u2018ziga xos namoyon bo\u2018lish xususiyatlariga ega. Ilmiy jihatdan ushbu xususiyatlarni bilish ijtimoiy jarayonlar tabiati va dinamikasi hamda ijtimoiypsixologik omillarning jinoyatchilikka ta&#8217;sir etuvchi mexanizmini ochib berish bilan bog&#8217;liqdir\u201d.<\/p>\n<p>Jamiyatda u yoki bu hodisaning, jumladan, latent jinoyatchilikning paydo bo\u2018lish sabablari asosan ijtimoiy, iqtisodiy, etnografik va diniy qarashlar bilan bog&#8217;liq. Bunday hududiy mazmunga ega bo\u2018lgan ko\u2018rsatkichlar jinoyatchilik geografiyasi va turlariga bevosita ta&#8217;sir o\u2018tkazadi. Shuningdek, ma&#8217;lum mintaqada shakllangan turmush tarzi, omma psixologiyasi, urf-odatlar, an\u2019ana, shakllangan dunyoqarashlar ham alohida ahamiyatga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlar umumiy kriminologiya nazariyasida bo\u2018lgani kabi ob\u2019ektiv va sub\u2019ektiv sabablarga bog&#8217;liq jinoyat hisoblanadi. Bunga jinoyat qonunchiligidagi ayrim nomukammalliklarning borligi, jinoyatlarni ro\u2018yxatga olishning samarasizligi, jinoiy qilmishlarning hisobini yurituvchi organlarning mas\u2019uliyatsizligi, kelib tushgan ma&#8217;lumotlarni o\u2018z vaqtida qayta ishlashning imkoni yo\u2018qligi va boshqalarni sabab qilib ko\u2018rsatish mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Latent jinoyatlar jamiyatning turli sohalarida kuzatiladi va ko\u2018pincha quyidagi yo\u2018nalishlarda namoyon bo\u2018ladi:<\/p>\n<p>Birinchi, oiladagi zo\u2018ravonlik \u2013 jabrlanuvchilarning qo\u2018rquvi yoki ijtimoiy bosim sababli ular bu kabi holatlarni bildirmaydilar.<\/p>\n<p>Ikkinchi, korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlar \u2013 moliyaviy manfaatlar va yashirin harakatlar natijasida ko\u2018plab jinoyatlar sirli qoladi.<\/p>\n<p>Uchinchi, kiberjinoyatlar \u2013 internet orqali sodir etiladigan jinoyatlar ko\u2018pincha texnik jihatdan izlash qiyin bo\u2018lgani uchun latent hisoblanadi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarning aniqlanmaganligi qonunchilik tizimiga nisbatan ishonchni kamaytiradi, jinoyatchilikni rivojlantirishga sharoit yaratadi va jamiyatda ijtimoiy muvozanatning buzilishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarning asosiy sabablari tariqasida quyidagilarni keltirish mumin.<\/p>\n<p>Birinchidan, jabrlanuvchining qo\u2018rquvi yoki ishonchsizligi. Jabrlanuvchilar ko\u2018p hollarda jinoyat haqida xabar berishdan qochadilar, chunki ular qasos olinishidan qo\u2018rqadilar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonmaydilar.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, qonunchilik tizimidagi kamchiliklar. Ba&#8217;zi davlatlarda huquqiy tizimning samarasizligi yoki rasmiylar o\u2018rtasidagi korruptsiya jinoyatlarning qayd etilishiga to\u2018sqinlik qiladi.<br \/>\nUchinchidan, jamoatchilik xabardorligining pastligi. Aholining huquqiy bilimlarining etarli darajada emasligi yoki jinoyat haqida xabar berish mexanizmlarining mavjud emasligi latent jinoyatlar darajasini oshiradi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, ilmiy-texnik imkoniyatlarning cheklanganligi. Kiberjinoyatlar yoki xalqaro chegaralarni kesib o\u2018tuvchi jinoyatlar aniqlash uchun yuqori texnologik imkoniyatlarni talab qiladi. Bu imkoniyatlar etishmovchiligi jinoyatlarning latent bo\u2018lib qolishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Latent jinoyatchilikni yuzaga kelish sabablariga ko\u2018ra quyidagi turlarga bo\u2018lib tahlil qilish mumkin:<\/p>\n<p>1. Jinoyatlar hisobini yurituvchi organlarning idoraviy nomuvofiqligisababli qilmishlarning jinoyatlarni ro\u2018yxatga olish tizimiga kiritilmasligi. Bu asosan jinoyatlarni markazlashgan ro\u2018yxatga olish vakolatining Ichki ishlar vazirligi organlaridan prokuratura organlariga o\u2018tkazilishi va ushbu tizimning yangi joriy etilganligi, ro\u2018yxatdan o\u2018tkazishning kompyuterlashtirilgani bilan bog&#8217;liq.<\/p>\n<p>2. Hech kimga ayon bo\u2018lmagan jinoyatlar. Odatda bunga \u201cehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan, ishlab chiqarish texnologiyalarini buzish bilan bog&#8217;liq bo\u2018lgan jinoyatlar\u201d va boshqalar kiradi. Ba&#8217;zan bu guruhga ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlardan tashqari, kam ahamiyatli, oz miqdorda zarar etkazilgan jinoyatlar ham kiritiladi.<\/p>\n<p>3. Faqat jinoyatchiga ma&#8217;lum bo\u2018lgan jinoyatlar. Ushbu toifadagi jinoyatlarga mast holatdagi shaxsga, voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, \u201cjabrlanuvchisiz bo\u2018lgan jinoyatlar\u201d deb nomlangan jinoiy ishlar kiritiladi. Bu, masalan, manfaatdor shaxsning davlat xizmatchisiga o\u2018z mansab vakolatini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun pora berishi bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Latent jinoyatlarning sodir etilishi natijasida quyidagi holatlar kelib chiqadi.<\/p>\n<p>Jumladan, jamiyatda adolatsizlik hissining ortishiga olib keladi. Jabrlanuvchilarning qonun ustuvorligiga ishonchi susayadi, bu esa fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga salbiy ta&#8217;sir qiladi.<br \/>\nJinoyatchilikning kuchayishiga turtki bo\u2018ladi. Latent jinoyatlar jinoyatchilarni jazosiz qolishga ishontirib, yangi jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, iqtisodiy zararlar etkazilishiga olib keladi. Korruptsiya yoki moliyaviy firibgarlik kabi latent jinoyatlar davlat iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ba&#8217;zi xalqaro tadqiqotlarning natijalariga ko\u2018ra xaqiqatda sodir etilgan jinoyatlarning 50 % ga yaqini latent bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Ayrim davlatlarda ba&#8217;zi turdagi qilmishlar (masalan nomusga tegish, xaridorlarni aldash, kam miqdorda talon-toroj qilish va xokazolar) bo\u2018yicha latentlik darajasi ancha yuqori bo\u2018lishi mumkin. Xabar berilmagan jinoyatlar asosan quyidagilar bilan bog&#8217;liq :<br \/>\n&#8211; fuqarolar va jinoyat jabrlanuvchilarining xuquqni muxofaza qiluvchi organlarga ishonchsizligi;<br \/>\n&#8211; xuquqni muxofaza qilish organlarining jinoyatni ochish va arizachini ximoya qila olishga ishonchsizlik;<br \/>\n&#8211; jinoyatchilarning o\u2018ch olishidan qo\u2018rqish;<br \/>\n&#8211; tajovuz (masalan nomusga tegish)ni boshqalarga bildirmaslik;<br \/>\n&#8211; jinoyatchi bilan kelishuv bitimining tuzilganligi;<br \/>\n&#8211; jinoyatdan jabrlanganlikni bilmaslik va xokazolar.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatga olinmagan jinoyatlar butun dunyoga o\u2018ziga xos, biroq tarixiy va boshqa sabablarga ular MDX ga kirgan va O\u2018zbekistonda ancha keng tarqalgan. Xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan yashirilgan jinoyatlar ro\u2018yxatga olinmagan jinoyatlarning taxminan 30 % ni tashkil etadi. Ayrim turdagi jinoyatlarda bu ko\u2018rsatkich yanada yuqori.<\/p>\n<p>Yashirishga urinishning sabablari turlicha:<\/p>\n<p>&#8211; Ichki ishlar organlari va huquqni muxofaza qiluvchi organlari jinoyatchilikni nazorat qilishga qobiliyatli ekanligini ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>&#8211; ushbu organlarning jinoyatchilikning o\u2018sishini kamaytira olmayotganligi;<\/p>\n<p>&#8211; ochilishi qiyin bo\u2018lgan jinoyatlardan qochish;<\/p>\n<p>&#8211; Xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tizimida malakali kadrlar va texnika vositalarining etishmasligi;<\/p>\n<p>&#8211; xodimlar kasbiy tayyorgarligining pastligi;<\/p>\n<p>&#8211; jinoyat yustitsiyasi tizimida suiste\u2019molchiliklar va korruptsiyaning keng tarqalganligi va xokazolar.<\/p>\n<p>Ruyxatga olingan, ammo surishtiruchi, tergovchi va prkurorlarning aybi bilan aniqlanmagan jinoyatlar xisobga olinganlarning 2 \u2013 5 % ni tashkil etadi. Bu jinoyat ishini qo\u2018zg&#8217;atishni rad etish, jinoyat xodisasi yoki tarkibi bo\u2018lmaganligi uchun tugatish to\u2018g&#8217;risida qaror chiqarish, sudning oqlov xukmi chiqarishda namyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda kriminologiyada yashirin (latent) jinoyatlar deyilganda, jinoyatga daxldor ishlarni qonun asosida ko\u2018rib chiqishga va tergov harakatlarini yuritishga vakolatli davlat organlariga xabar kelmagan yoki tegishlicha axborot-hisob yuritish ro\u2018yxatidan o\u2018tmagan jinoyatlarni tushunish e\u2019tirof etiladi. Ushbu umumiy tushuncha orqali yashirin jinoyatchilikning oddiy, oraliq va sun\u2019iy yashirinlik kabi guruhlari belgilangan. Birinchi gu-ruhga kiruvchi jinoyatlar to\u2018g&#8217;risidagi xabar tegishli davlat organlariga yoki shaxsga ma&#8217;lum bo\u2018lmaganligi bilan izohlanadi. Ikkinchi guruhdagi holatda esa jinoiy xatti-harakatlar oqibatida ro\u2018y bergan hodisa jinoyat deb idrok etilmaydi va noaniqligicha qoladi. Uchinchi guruhdagi jinoyatlarda esa jinoyatchilik holatlari g&#8217;ayriqonuniy tarzda inkor qilinadi va tegishlicha ro\u2018yxatga olinmaydi.<\/p>\n<p>Sanab o\u2018tilgan holatlarning har birida o\u2018ziga xos umumiylik mavjud bo\u2018lib, u ham bo\u2018lsa jinoyatchilik yoki unga taalluqli xabarning yo\u2018qligi, shuningdek, ob\u2019ektiv voqelikdan kelib chiqqan holda sun\u2019iy hamda qasddan yashirish holatlarning mavjudligidir. Aynan shu kabi xabar kelmaydigan yoki yashirin jinoyatlar, yuqorida ta&#8217;kidlanganidek, jinoyatchilikning yashirinlik holatini ifodalaydi.<br \/>\nJinoyatchilikning yashirinlik holati va ayniqsa, uning miqdori (miqyosi) hozirgi kunda kriminologiya nuqtai nazaridan eng dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu muammo kam o\u2018rganilganligi bois jahon olimlarining e\u2019tiborini o\u2018ziga qaratmoqda. Yashirin jinoyatchilikning miqdorini aniqlash va unga baho berish esa mutaxassislar tomonidan jinoyatchilikka umumiy baho berishda katta ahamiyatga ega ekanligi e\u2019tirof etilgan.<\/p>\n<p>Xulosa o\u2018rnida shuni aytib o\u2018tishimiz lozimki, latent jinoyatlarning oldini olish uchun jamiyatda ochiqlik va huquqiy ongni oshirish muhim ahamiyatga ega. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samaradorligini oshirish, jabrlanuvchilarga huquqiy yordam ko\u2018rsatish va jamoatchilikni jinoyatlarga qarshi kurashda faol ishtirok etishga jalb qilish orqali latent jinoyatlarni kamaytirish mumkin. Jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash va har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilishga alohida e\u2019tibor qaratish zarur.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Azamat SHINIBEKOV,<\/strong><br \/>\n<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; &nbsp; Latent so\u2018zi lotin tilining \u201clatents (latentis)\u201d so\u2018zidan olingan bo\u2018lib, \u201cyashirin, ko\u2018rinmaydigan\u201d degan ma&#8217;nolarni anglatib, real yashirin yoki ro\u2018yxatga olinmagan jinoyatlar tushuniladi. Latent jinoyatlar haqiqatda sodir etilgan jinoyatlarning qismi hisoblanadi. Bizga ayonki, kriminologiya fanida \u201clatent\u201d, ya\u2019ni \u201cyashirin\u201d jinoyatchiliksiz jinoyatchilikning holati umumiy tushunchasining tavsifi to\u2018liq bo\u2018lmaydi. Latent jinoyatlar \u2013 bu jamiyatda sodir bo\u2018ladigan, biroq turli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8900,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8899","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8899","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8899"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8899\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8901,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8899\/revisions\/8901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8900"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8899"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8899"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8899"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}