{"id":8839,"date":"2025-05-12T16:50:53","date_gmt":"2025-05-12T11:50:53","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8839"},"modified":"2025-06-05T17:28:01","modified_gmt":"2025-06-05T12:28:01","slug":"odam-savdosi-ogir-jinoyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8839","title":{"rendered":"ODAM SAVDOSI OG&#8217;IR JINOYAT"},"content":{"rendered":"<h2 class=\"post-title\"><\/h2>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Inson jamiyatida shunday salbiy ijtimoiy hodisalar bo\u2018ladiki, ularga har bir inson o\u2018zi yoki yaqin insoni duch kelmaguncha e\u2019tibordan chetda bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Shunday hodisalardan biri bu odam savdosi jinoyatidir.<\/p>\n<p>Shu bilan bir vaqtda ushbu jinoyatga xalqaro darajada kurash e\u2019lon qilingan. Jinoyatchilikning bu xavfli turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bo\u2018lgan hujjatlari qabul qilingan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, \u00abOdam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Konvensiya (1949-yil), \u00abQullik va qul savdosini, qullikka o\u2018xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qo\u2018shimcha Konvensiya (1956-yil), \u00abTransmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to\u2018g\u2018risida\u00bbgi Konvensiyani to\u2018ldiruvchi \u00abOdamlar, xususan, ayollar va bolalar savdosini to\u2018xtatish, oldini olish va buning uchun jazolash to\u2018g\u2018risida\u00bbgi bayonnoma (2000-yil) shu toifadagi xalqaro huquqiy hujjatlar hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005 yilda MDH doirasida \u00abOdam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi bitim, 2006 yilda sakkiz a\u2019zo davlat doirasida \u00abOdam savdosiga qarshi kurashishning 2007-2010 yillarga mo\u2018ljallangan dasturi\u00bb qabul qilingan edi.<\/p>\n<p>Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga oid milliy qonunchiligimizda ham o\u2018zgarishlar bo\u2018lmoqda. Ya\u2019ni, 2019-2020 yillarda ushbu yo\u2018nalishlardagi faoliyatni tartibga solish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bundan tashqari, Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya tashkilotining 6 ta Konvensiya hamda protokollari ratifikatsiya qilindi. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018yganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi hamda Jinoyat kodekslariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda \u00abOdam savdosiga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.<\/p>\n<p>2023 yil 21 dekabrda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abOdam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u00bbgi PF-210-sonli Farmoni bilan Oliy Majlis senati raisi boshchilik qildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi, ya\u2019ni odamni olish-sotish yoki odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.<\/p>\n<p>BMTning statistik ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, odamlar kamida 127 ta davlatdan savdoga chiqmoqda va ular 137 ta davlatda ekspluatatsiya qilinmoqda. Har yili turli hisob-kitoblarga ko\u2018ra, 20-40 million kishi qullikning zamonaviy shakli qurboniga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Bu muammoning aniq ko\u2018lamini bilish juda qiyin, chunki jinoiy faoliyat yashirin amalga oshiriladi. Aniq statistika yo\u2018q, buni yurgizib ham bo\u2018lmaydi. Xalqaro miqyosda odam savdosi jabrdiydalarining atigi 0,04 foizi aniqlanar ekan.<\/p>\n<p>Afsuski, dunyo bo\u2018ylab shuncha keng ko\u2018lamli amaliyot, tegishli targ\u2018ibot olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar \u00abzamonaviy qullik,\u00bb ya\u2019ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi juda achinarli. Bu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo\u2018layotgan asosiy sabablardan biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma\u2019lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o\u2018zga yurt, begona muhitga tushib qolganlar mo\u2018may daromadga ishonib og\u2018ir jismoniy mehnatga yollanmoqda, ayollar esa jismoniy mehnatga majbur bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>BMT ma\u2019lumotiga ko\u2018ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyat natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan. Xavotirlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayollar va bolalardir. Har yili dunyo bo\u2018yicha 600-800 ming nafar ayollar va bolalar aldov yo\u2018li bilan chet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda dunyoda odam savdosining uchta keng tarqalgan turi mavjud bo\u2018lib, bular: jinsiy ekspluatatsiya (tanfurushlik), majburiy mehnat odam a\u2019zolarini sotishdir.<br \/>\nJinsiy ekspluatatsiya uchun asosan ayollar (shu jumladan qizlar) sotiladi. Ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, ayollarning 72 foizi shu maqsadda sotilar ekan.<br \/>\nMajburiy mehnatga jalb etilganlarning asosiy qismini esa, erkaklar tashkil qilar ekan. Bu ko\u2018rsatkichning 85,7 foizni tashkil etishi odam savdosidan jabr ko\u2018rgan erkaklarning aksariyati majburiy mehnat orqali amalga oshirilganini ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Odam a\u2019zolarini sotish esa juda va ko\u2018zga tashlanmaydigan odam savdosining turi bo\u2018lib, odam savdosi \u00abtovarlari\u00bb umumiy sonining 1 foizidan ko\u2018p bo\u2018lmagan qismini tashkil qilar ekan. Bu turdagi \u00abtovarlar\u00bbning yillik savdosi 1 mlrd. dollardan ortiq miqdorni tashkil etishi jinoyatning bu toifasi ham katta muammo ekanligini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu jinoyatlarning asosiy sababi, tub ildiziga nazar tashlasak, ma\u2019naviy tubanlik, ochko\u2018zlik, dunyoga haddan tashqari berilish va nafsga qul bo\u2018lishni ko\u2018ramiz.<br \/>\nMana shunday jirkanch jinoyat bizning mamlakatimizni ham chetlab o\u2018tmagan. Achinarlisi, fuqarolarimiz ham odam savdosi qurboniga aylanmoqda, buni ommaviy axborot vositalaridan ko\u2018rib, eshitib turibmiz. Bularning barchasi davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ushbu illatga qarshi qat\u2019iy choralar ko\u2018rishni, odam savdosiga tortilgan va undan jabr ko\u2018rgan yurtdoshlarimizni himoya qilishni dolzarb vazifa qilib qo\u2018ymoqda.<\/p>\n<p>Qonun va huquq ustuvorligi e\u2019lon qilingan mamlakatimizda inson huquqlari himoyasini amalga oshiruvchi organlar, bu kabi illatlarni aniqlashda tunu kun tinimsiz ishlamoqda.<br \/>\nMuxtasar aytganda, odam savdosining har qanday ko\u2018rinishiga qarshi kurashda xalqaro darajada o\u2018zaro huquqiy hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan holda amalga oshirilsa o\u2018z samarasini beradi.<br \/>\nChunki odam savdosi \u2013 mamlakat, millat tanlamaydi va o\u2018ta og\u2018ir jinoyat!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Qayrat QIPSHAQBAEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jinoyat ishlari bo\u2018yicha Bo\u2018zatov tuman sudining tergov sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Inson jamiyatida shunday salbiy ijtimoiy hodisalar bo\u2018ladiki, ularga har bir inson o\u2018zi yoki yaqin insoni duch kelmaguncha e\u2019tibordan chetda bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Shunday hodisalardan biri bu odam savdosi jinoyatidir. Shu bilan bir vaqtda ushbu jinoyatga xalqaro darajada kurash e\u2019lon qilingan. Jinoyatchilikning bu xavfli turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8840,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8839","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8839","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8839"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8839\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8844,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8839\/revisions\/8844"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8840"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8839"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8839"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8839"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}