{"id":8821,"date":"2025-05-19T15:33:15","date_gmt":"2025-05-19T10:33:15","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8821"},"modified":"2025-05-30T15:37:24","modified_gmt":"2025-05-30T10:37:24","slug":"bola-huquqlarini-taminlash-inson-huquqlarini-taminlashning-bosh-mezoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8821","title":{"rendered":"BOLA HUQUQLARINI TA\u2019MINLASH-INSON HUQUQLARINI TA\u2019MINLASHNING BOSH MEZONI"},"content":{"rendered":"<h1><\/h1>\n<p>Farzandlarimiz kelajagimiz poydevoridir, O\u2018zbek halqining bolajon xalq ekanligini barchamiz uchun tan olingan haqiqat. Bu bugun yoki kecha shakllangan an\u2019ana emas, balki asrlar davomida bizga meros bo\u2018lib kelayotgan qadriyatdir. Bu qadriyatlarning tag zamirida bolani e\u2019zozlash, unga, eng avvalo, inson sifatida muomalada bo\u2018lish, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari yotadi. Endilikda xalqaro miqyosda e\u2019tirof etilayotgan bu huquq normalari aslida yurtimizda qadim-qadimdan shakllangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bois ham milliy qadriyatlarimizga tayanib yozilgan Bosh qomusimizda bu masalaga alohida e\u2019tibor berilgan. Jumladan, voyaga etmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi (77-modda), onalik,otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi (78-modda) kafolatlangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, davlatimiz mustaqillikka erishganidan so\u2018ng ratifikatsiya qilingan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlardan biri ham Bola huquqlari to\u2018g&#8217;risidagi konventsiya bo\u2018lgan edi. 1992 yil 9 dekabrdagi ushbu konventsiya orqali O\u2018zbekiston dunyoning 193 davlati qatorida bola huquqlari va erkinliklarini ta&#8217;minlashga doir qator majburiyatlarni o\u2018z zimmasiga oldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Bola huquqlarini ta&#8217;minlashda BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to\u2018g&#8217;risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to\u2018g&#8217;risidagi xalqaro pakt, Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to\u2018g&#8217;risidagi konventsiya, Irqiy kamsitishlarga barham berish to\u2018g&#8217;risidagi konventsiya hamda Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy hamda qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari to\u2018g&#8217;risidagi konventsiya kabi ko\u2018plab asosiy xalqaro shartnomalarga ham tayanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Istiqlol yillarida mamlakatimizda inson huquqlari bo\u2018yicha umume\u2019tirof etilgan tamoyillar ustuvorligini ta&#8217;minlash, bola huquqlariga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro shartnomalar bajarilishini huquqiy tartibga solish bo\u2018yicha 100 dan ziyod qonun, farmon, qaror va boshqa me\u2019yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Eng muhimi, O\u2018zbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoyalash bo\u2018yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi. Ayniqsa, 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan \u201cBola huquqlarining kafolatlari to\u2018g&#8217;risida\u201dgi qonun bu borada tarixiy hujjat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bir qarashda sohaga oid munosabatlarning barchasi to\u2018laqonli tartibga solingandek, hammasi o\u2018z o\u2018rnidadek tuyuladi. Ammo inson huquqlari, ayniqsa, bola huquqlari sohasi shunday tizimki, davr va vaqt o\u2018tgan sari yangi-yangi o\u2018zgarishlar, qo\u2018shimchalar kiritilmasa, huquqni ro\u2018yobga chiqarishda muammolar yuzaga kelaveradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu esa bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning barkamol avlod bo\u2018lib etishishini ta&#8217;minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati tobora ortib boryotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu boisdan Prezidentimiz tomonidan imzolangan \u201cBola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qaror Bola huquqlari to\u2018g&#8217;risidagi konventsiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma&#8217;naviy etuk avlod bo\u2018lib etishishini ta&#8217;minlash yo\u2018lida tashlangan katta qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qarorda bolalarning davlat organlariga qilgan murojaatlarini to\u2018liq ko\u2018rib chiqish kafolatlanishi va bola to\u2018liq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni ko\u2018rmasdan qoldirishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi alohida belgilab qo\u2018yildi. Shuningdek, 14 yoshga to\u2018lgan bola o\u2018zining ta&#8217;minoti uchun ota yoki onadan yoxud ayrim hollarda bir vaqtning o\u2018zida ota-onaning har ikkalasidan ham qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to\u2018g&#8217;risida da&#8217;vo qo\u2018zg&#8217;atishga haqliligi qayd etildi. Ushbu o\u2018zgarishlar mamlakatimizda bola huquqlarini to\u2018la ta&#8217;minlash bilan birga sud organlariga ham qo\u2018shimcha mas\u2019uliyat yuklashi tabiiy.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da&#8217;vogar davlat boji va boshqa to\u2018lovlarni to\u2018lashdan ozod qilinishi yuqoridagi normalarni hayotga tatbiq etishda yuzaga keladigan ko\u2018plab muammolarning oldi olinishiga va ularning to\u2018g&#8217;ridan-to\u2018g&#8217;ri ishlashini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek, sud muhokamasi yoki ma&#8217;muriy muhokama davrida bola o\u2018z fikrini ifoda qilishga haqliligi qat\u2019iy belgilandi. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli organlar bolaning manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning fikrini, uning yoshidan qat\u2019i nazar, jiddiy omil sifatida ko\u2018rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlarini nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi shart ekanligi belgilangani bola o\u2018z kelajagini o\u2018zi belgilash huquqiga to\u2018la egaligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Darhaqiqat, inson huquqlari, mamlakat kelajagining asosi hisoblangan bola huquqlari masalasi bitta yoki ikkita muassasa faoliyati sa&#8217;y-harakati bilangina ta&#8217;minlanib qolmaydi. Mamlakat ertasining bugunidan yaxshiroq bo\u2018lishi uchun barcha birdek harakat qilishi, inson huquqlarini ta&#8217;minlash, avvalo, bola huquqlarini ta&#8217;minlashdan boshlanishini to\u2018liq anglamog&#8217;imiz lozim. Shundagina qudratli va buyuk O\u2018zbekistonni barpo etishga munosib hissa qo\u2018shgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h6>Sayora AYTNIYAZOVA,<\/h6>\n<h6>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Nukus tumanlararo sudining sudyasi<\/h6>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farzandlarimiz kelajagimiz poydevoridir, O\u2018zbek halqining bolajon xalq ekanligini barchamiz uchun tan olingan haqiqat. Bu bugun yoki kecha shakllangan an\u2019ana emas, balki asrlar davomida bizga meros bo\u2018lib kelayotgan qadriyatdir. Bu qadriyatlarning tag zamirida bolani e\u2019zozlash, unga, eng avvalo, inson sifatida muomalada bo\u2018lish, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilish masalalari yotadi. Endilikda xalqaro miqyosda e\u2019tirof etilayotgan bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8822,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8821","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8821","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8821"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8821\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8823,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8821\/revisions\/8823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8822"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8821"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8821"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8821"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}