{"id":8813,"date":"2025-05-11T14:51:05","date_gmt":"2025-05-11T09:51:05","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8813"},"modified":"2025-05-30T14:53:49","modified_gmt":"2025-05-30T09:53:49","slug":"iqtisodiy-sudlarida-korporativ-nizolar-boyicha-ish-yurituv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8813","title":{"rendered":"IQTISODIY SUDLARIDA KORPORATIV NIZOLAR BO\u2018YICHA ISH YURITUV"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Korporativ nizolar deganda, ishtirokchilar o\u2018rtasida, ishtirokchilar bilan xo\u2018jalik shirkatlari va jamiyatlari o\u2018rtasida, shu jumladan aktsiyadoralar o\u2018rtasida, aktsiyador bilan aktsiyadorlik jamiyati o\u2018rtasida xo\u2018jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar tushuniladi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy sudlari Iqtisodiy protsessual kodeksining 30-moddasiga asosan qo\u2018yidagi korporativ nizolarni hal qiladi:<\/p>\n<p>1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog&#8217;liq nizolar;<\/p>\n<p>2) xo\u2018jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a&#8217;zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog&#8217;liq nizolar, bundan xo\u2018jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a&#8217;zolarining paylarini o\u2018z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo\u2018lish bilan bog&#8217;liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;<\/p>\n<p>3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a&#8217;zolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo\u2018llash haqidagi da&#8217;volari bo\u2018yicha nizolar;<\/p>\n<p>4) qimmatli qog&#8217;ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog&#8217;ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog&#8217;ozlar chiqarish (qo\u2018shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo\u2018yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog&#8217;liq nizolar;<\/p>\n<p>5) qimmatli qog&#8217;ozlarni nominal saqlovchilarning aktsiyalar va boshqa qimmatli qog&#8217;ozlarga bo\u2018lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog&#8217;ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qog&#8217;ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog&#8217;liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;<br \/>\n6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig&#8217;ilishini chaqirish to\u2018g&#8217;risidagi nizolar;<\/p>\n<p>7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to\u2018g&#8217;risidagi nizolar.<\/p>\n<p>Qonunga muvofiq korporativ nizolar bo\u2018yicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham kiritilishi mumkin.<\/p>\n<p>Korporativ nizolarni hal etishda O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, \u00abAktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi, \u00abMas\u2019uliyati cheklangan hamda qo\u2018shimcha mas\u2019uliyatli jamiyatlar to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi, \u00abXo\u2018jalik shirkatlari to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi qonun va boshqa qonunosti hujjatlari qo\u2018llaniladi.<br \/>\nKorporativ nizo ishtirokchilarini aniqlash g&#8217;oyat muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Korporativ nizolarni hal etishda xo\u2018jalik shirkati va jamiyatining ishtirokchisi (aktsiyadori) ekanligini aniqlash uchun to\u2018liq va kommandit shirkatlardan ta&#8217;sis shartnomasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; mas\u2019uliyati cheklangan va qo\u2018shimcha mas\u2019uliyatli jamiyatlardan ta&#8217;sis shartnomasi (agar muassislar soni ikki va undan ortiq bo\u2018lsa) va jamiyat ustavining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; aktsiyadorlik jamiyatlaridan aktsiyadorlar reestridan ko\u2018chirma talab qilib olinishi lozim.<\/p>\n<p>Jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a&#8217;zolari, ishonchli boshqaruvchi hamda jamiyat o\u2018rtasida &laquo;Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuni 79-moddasining sakkizinchi qismiga asosan tuzilgan shartnoma bo\u2018yicha yuzaga keladigan nizo jamiyat faoliyatidan kelib chiqsa-da, iqtisodiy sudiga taalluqli emas. Chunki ushbu nizo mehnat munosabatlaridan kelib chiqadi. Xuddi shu qoida mas\u2019uliyati cheklangan hamda qo\u2018shimcha mas\u2019uliyatli jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) hamda jamiyat o\u2018rtasida &laquo;Mas\u2019uliyati cheklangan hamda qo\u2018shimcha mas\u2019uliyatli jamiyatlar to\u2018g&#8217;risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuni 39-moddasining ikkinchi qismiga asosan tuzilgan shartnoma bo\u2018yicha yuzaga kelgan nizolarga nisbatan ham qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Agar aktsiyador ayni vaqtda jamiyatning xodimi bo\u2018lib, mehnatga oid nizo yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilgan bo\u2018lsa, bunday da&#8217;vo arizasi IPKning\u00a0311-moddasi\u00a0talablaridan kelib chiqqan holda taalluqliligiga ko\u2018ra fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudga o\u2018tkaziladi, agar da&#8217;vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo\u2018lsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko\u2018ra fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudga ko\u2018rib chiqish uchun o\u2018tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to\u2018g&#8217;risida ajrim chiqariladi.<\/p>\n<p>Aktsiyadorlik jamiyatining boshqaruv organlarining (umumiy yig&#8217;ilish, kuzatuv kengashi, ijroiya organi) qarorlarini to\u2018liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi da&#8217;volar bo\u2018yicha javobgar bo\u2018lib ushbu boshqaruv organlari emas, balki jamiyatning o\u2018zi hisoblanadi. Da&#8217;vo arizasida javobgar sifatida muayyan boshqaruv organi ko\u2018rsatilganligi, da&#8217;vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun asos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Mas\u2019uliyati cheklangan yoki qo\u2018shimcha mas\u2019uliyatli jamiyatning boshqaruv organlari qarorlarini haqiqiy emas deb topish to\u2018g&#8217;risida berilgan da&#8217;vo arizalarini ish yuritishga qabul qilish masalasi ham xuddi shu tartibda hal etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Gawhar ZARIPOVA, <\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi sudyasi\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; Korporativ nizolar deganda, ishtirokchilar o\u2018rtasida, ishtirokchilar bilan xo\u2018jalik shirkatlari va jamiyatlari o\u2018rtasida, shu jumladan aktsiyadoralar o\u2018rtasida, aktsiyador bilan aktsiyadorlik jamiyati o\u2018rtasida xo\u2018jalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar tushuniladi. Iqtisodiy sudlari Iqtisodiy protsessual kodeksining 30-moddasiga asosan qo\u2018yidagi korporativ nizolarni hal qiladi: 1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog&#8217;liq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8814,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8813","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8813","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8813"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8813\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8815,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8813\/revisions\/8815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8814"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8813"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8813"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8813"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}