{"id":8800,"date":"2025-05-26T11:56:22","date_gmt":"2025-05-26T06:56:22","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8800"},"modified":"2025-05-26T18:01:13","modified_gmt":"2025-05-26T13:01:13","slug":"fuqarolar-mehnat-qilish-huquqi-qonun-himoyasida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8800","title":{"rendered":"FUQAROLARNING MEHNAT QILISH HUQUQI QONUN HIMOYASIDA"},"content":{"rendered":"<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 7 ta bo\u2018lim, 34 ta bob va 581 ta moddadan iborat. &laquo;O\u2018zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun (O\u2018RQ-798) Prezidentimiz tomonidan 2022 yil 28 oktyabr kuni imzolandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\">Yangi kodeks e\u2019lon qilingan kundan boshlab 6 oy o\u2018tib, ya\u2019ni 2023 yil 30 apreldan kuchga kirdi va jamiyatimizda mehnat munosabatlari bilan bog\u2018liq munosabatlarni huquqiy tartibga solishda muhim o\u2018rin egallab, shu jumladan fuqarolarimizning mehnat qilish huquqlarini himoya qilib kelmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Masalan, fuqaro A.J.ning mas\u2019ul Boshqarmaga nisbatan buyruqni bekor qilish, ishga tiklash, majburiy bo\u2018sh yurgan kunlari uchun ish haqi va ma\u2019naviy zarar undirish haqidagi da\u2019vo arizasi fuqarolik ishlari bo\u2018yicha tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan qisman qanoatlantirilib, A.J.ni o\u2018z lavozimiga ishga tiklash, majburiy bo\u2018sh yurgan kunlari uchun ish haqlarini, ma\u2019naviy zarar uchun kompensatsiya pullarini undirish belgilangan. Aniqlangan holatlarga ko\u2018ra, fuqaro A.J. Boshqarmada ishlab kelib, Boshqarma boshlig\u2018ining 2024 yil 20 sentyabr kungi 2-sonli buyrug\u2018i bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat majburiyatlarini bir marta qo\u2018pol ravishda buzganligi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi 5-bandiga asosan bekor qilingan.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 314-moddasi 1-qismiga ko\u2018ra, intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, lekin aniqlangan kundan e\u2019tiboran bir oydan kechiktirmay qo\u2018llaniladi, bunda xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo\u2018lgan yoki mehnat ta\u2019tilida bo\u2018lgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari to\u2018g\u2018risidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari bo\u2018yicha aniqlangan intizomiy harakat aniqlangan kun deb hisoblanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 20 noyabrdagi 26-sonli &laquo;Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo\u2018llash amaliyoti to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qarori 34-bandi 1 va 5-xatboshilariga muvofiq, Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 4 yoki 5-bandlariga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi masalasini muhokama qilishda sudlar ish beruvchi tomonidan intizomiy jazo qo\u2018llash uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligini aniqlaydi.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Boshqarmaning yuqori turuvchi organining 2024 yil 2 avgust kungi 1-sonli buyrug\u2018iga asosan xodim A.J.ning ish samaradorligi ko\u2018rsatkichi (KPI) iyul oyi yakuni bilan belgilanganidan past bo\u2018lganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish intizomiy jazo chorasini qo\u2018llash ko\u2018rsatilgan. Ushbu buyruqqa asosan Boshqarma boshlig\u2018i tomonidan A.J. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga rozilik berishni so\u2018rab kasaba uyushmasi qo\u2018mitasiga kiritilgan dastlabki taklifiga rozilik berilmagan. Shundan so\u2018ng Boshqarma boshlig\u2018i tomonidan A.J. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga rozilik berishni so\u2018rab kasaba uyushmasi qo\u2018mitasiga 2024 yil 27 avgust kuni takroriy taqdimnoma kiritilgan. Mazkur taklif kasaba uyushmasi qo\u2018mitasining 2024 yil 5 sentyabrdagi yig\u2018ilishida ko\u2018rib chiqilib, A.J. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga rozilik berilgan.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">Ish beruvchi tomonidan da\u2019vogar A.J.ning 2024 yil iyul oyi yakuni bo\u2018yicha o\u2018z faoliyatida yo\u2018l qo\u2018ygan xato-kamchiligi Boshqarmaning yuqori turuvchi organining 2024 yil 2 avgust kungi 1-sonli buyrug\u2018i bilan aniqlangan vaqtdan boshlab Mehnat kodeksida intizomiy jazo qo\u2018llash uchun belgilangan bir oylik muddat o\u2018tganidan so\u2018ng, intizomiy jazo sifatida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024 yil 20 sentyabrda bekor qilingan. Yuqoridagi holatlarda ish beruvchi Boshqarma tomonidan mehnat qonunchiligi buzilishiga yo\u2018l qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\" data-pm-slice=\"1 1 []\">O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 174-moddasi 2-qismiga asosan, o\u2018zi bilan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan xodimning unga avvalgi ishi taqdim etilishi hamda o\u2018ziga yetkazilgan moddiy zararning o\u2018rnini qoplash va ma\u2019naviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim. Yuqoridagi misolda keltirilganidek, salbiy holatlarning oldini olish maqsadida har bir ish beruvchini xodimlarning mehnat huquqi sohasidagi qonunchilikka rioya qilishga chaqiraman.<\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\"><strong>Erkin UTENIYAZOV,<\/strong><\/p>\n<p class=\"leading-8 font-normal\"><strong>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudyasi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 7 ta bo\u2018lim, 34 ta bob va 581 ta moddadan iborat. &laquo;O\u2018zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun (O\u2018RQ-798) Prezidentimiz tomonidan 2022 yil 28 oktyabr kuni imzolandi. &nbsp; Yangi kodeks e\u2019lon qilingan kundan boshlab 6 oy o\u2018tib, ya\u2019ni 2023 yil 30 apreldan kuchga kirdi va jamiyatimizda mehnat munosabatlari bilan bog\u2018liq munosabatlarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8801,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8800","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8800","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8800"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8803,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8800\/revisions\/8803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8801"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}