{"id":8458,"date":"2025-01-26T12:05:01","date_gmt":"2025-01-26T07:05:01","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8458"},"modified":"2025-02-27T12:06:01","modified_gmt":"2025-02-27T07:06:01","slug":"fuqarolik-ishlari-boyicha-sud-xarajatlarini-undirish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8458","title":{"rendered":"FUQAROLIK ISHLARI BO\u2018YICHA SUD XARAJATLARINI UNDIRISH TARTIBI"},"content":{"rendered":"<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko\u2018ra, har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan sud-huquq sohasidagi keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar o\u2018zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Buni xalqimizning sud va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga qilayotgan murojaatlari, sudlarda ko\u2018rilayotgan ishlarning mazmuni va unda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy madaniyati darajasidan ham ko\u2018zatishimiz mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ayniqsa, so\u2018ngi yillarda fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlarning ish yurituvidagi ishlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Odil sudlovni amalga oshirish bevosita davlat byudjeti hisobidan ta&#8217;minlanadi. Bunda, sudlarga murojaat qilishda undiriladigan davlat boji to\u2018lovlari boshqa majburiy to\u2018lovlar qatorida O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuning uchun davlat bojini to\u2018g&#8217;ri belgilash va vaqtida undirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlarga ariza, da&#8217;vo ariza berishda hamda sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berishda davlat boji undirish miqdori, hamda davlat boji to\u2018lovidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro\u2018yxati, shuningdek davlat bojini kechiktirish, bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash va kamaytirish tartibi O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u201dgi Qonuni hamda O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik\u00a0protsessual kodeksi\u00a0normalari bilan belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu kungacha amalda bo\u2018lgan \u201cFuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g&#8217;risida\u201dgi plenumi qarori 15 yil avval qabul qilingan bo\u2018lib, bu davr ichida qonunchilikda bir qator o\u2018zgarishlar yuz berdi. Bu esa, mazkur plenum qarorini ham qaytadan ko\u2018rib chiqqan holda uning yangi tahririni qabul qilish zaruriyatini yuzaga keltirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu sababli, sudlar tomonidan qonun normalarini bir xilda va to\u2018g&#8217;ri qo\u2018llanilishini ta&#8217;minlash, fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 2024 yil 16 dekabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining \u00abFuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi 37-son qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur Plenum qarori sud xarajatlarini undirish masalasiga doir qonunchilikni sudlar tomonidan to\u2018g&#8217;ri qo\u2018llanilishini ta&#8217;minlash maqsadida ishlab chiqilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Plenum qaroriga sudlar tomonidan davlat bojini undirishning o\u2018ziga xos xususiyatlari, shuningdek, sudlarda turlicha amaliyot yuzaga kelishiga sabab bo\u2018lgan holatlarga batafsil tushuntirishlar berish haqidagi yangi bandlar kiritildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, da&#8217;vo bahosi chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo\u2018yicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza taqdim etilgan sanada O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo\u2018yicha milliy valyutada belgilanishi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonun bilan belgilangan davlat boji stavkalarining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlariga oid qismida shartnoma oldi nizolari bo\u2018yicha to\u2018lanishi lozim bo\u2018lgan davlat boji stavkalari belgilanmaganligi hamda Fuqarolik\u00a0protsessual kodeksi\u00a0129-moddasining 2-bandida mol-mulkni talab qilib olish to\u2018g&#8217;risidagi da&#8217;volar bo\u2018yicha da&#8217;voning bahosi talab qilinayotgan mol-mulkning qiymatiga qarab belgilanishi nazarda tutilganligi sababli, shartnomani haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish haqidagi talablar yuzasidan nizolashilayotgan shartnomada ko\u2018rsatilgan pul qiymati (shartnoma bahosi) da&#8217;vo bahosi hisoblanishi va davlat boji mulkiy xususiyatga ega da&#8217;vo arizalar uchun qonunda belgilangan stavka bo\u2018yicha to\u2018lanishi lozimligi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u00abDavlat boji to\u2018g&#8217;risida\u00bbgi Qonun 8-moddasining birinchi qismida ko\u2018rsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilganligi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatidan voz kechilganligi sababli shikoyat bo\u2018yicha ish yuritish tugatilganda, to\u2018langan davlat boji qaytarilmasligi, agar shikoyat berishda davlat boji to\u2018lanmagan bo\u2018lsa, davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undirilishi va boshqa qator sud amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo\u2018yicha tushuntirishlar berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mazkur Plenum qarori odil sudlovga erishishga xizmat qilish bilan birga, sud amaliyotini birxillashtirish, qonunlarni aniq va to\u2018g&#8217;ri qo\u2018llashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Abdimurat KERIMBAEV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi sudi raisi o\u2018rinbosari<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko\u2018ra, har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. &nbsp; Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan sud-huquq sohasidagi keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar o\u2018zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Buni xalqimizning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8459,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8458","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8458"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8460,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8458\/revisions\/8460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8459"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8458"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8458"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8458"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}