{"id":8452,"date":"2025-02-27T11:54:28","date_gmt":"2025-02-27T06:54:28","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8452"},"modified":"2025-02-27T11:54:28","modified_gmt":"2025-02-27T06:54:28","slug":"fuqarolik-ishlari-boyicha-sud-xarajatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8452","title":{"rendered":"FUQAROLIK ISHLARI BO\u2018YICHA SUD XARAJATLARI"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq, har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, sud-huquq sohasidagi keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar o\u2018zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Buni xalqimizning sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berayotgan murojaatlari, sudlarda ko\u2018rilayotgan ishlarning mazmuni va unda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy madaniyati darajasidan ham ko\u2018rishimiz mumkin. Ayniqsa, so\u2018nggi yillarda sudlar ish yurituvidagi ishlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Odil sudlovni amalga oshirish to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri davlat byudjeti hisobidan ta\u2019minlanadi. Bunda, sudlarga murojaat qilishda undiriladigan davlat boji to\u2018lovlari boshqa majburiy to\u2018lovlar qatorida O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuning uchun davlat bojini to\u2018g\u2018ri belgilash va o\u2018z vaqtida undirish muhim ahamiyatga ega. Sudlarga ariza, da\u2019vo arizasi berishda hamda sud hujjatlariga apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berishda davlat boji undirish miqdori, shuningdek, davlat boji to\u2018lashdan ozod etilgan jismoniy va yuridik shaxslar ro\u2018yxati, shuningdek, davlat bojini kechiktirish, bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash va kamaytirish tartibi O\u2018zbekiston Respublikasining &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonuni va O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi normalari bilan belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu kunga qadar amalda bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining &laquo;Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qarori 15 yil avval qabul qilingan bo\u2018lib, bu davr ichida qonunchilikda bir qator o\u2018zgarishlar yuz berdi. Bu esa, mazkur Plenum qarorini ham qayta ko\u2018rib chiqqan holda uning yangi tahririni qabul qilish zaruratini yuzaga keltirdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu sababli, sudlar tomonidan qonun normalarini bir xilda va to\u2018g\u2018ri qo\u2018llanilishini ta\u2019minlash, fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2024 yil 16 dekabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining &laquo;Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti to\u2018g\u2018risida&raquo;gi 37-sonli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Plenum qaroriga sudlar tomonidan davlat bojini undirishning o\u2018ziga xos xususiyatlari, shuningdek, sudlarda turli amaliyot yuzaga kelishiga sabab bo\u2018lgan holatlarga batafsil tushuntirish berish to\u2018g\u2018risidagi yangi bandlar kiritildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, da\u2019vo qiymati chet el valyutasida belgilangan mulkiy nizo bo\u2018yicha sudga ariza berilganda, davlat bojining miqdori ariza berilgan sanada O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo\u2018yicha milliy valyutada belgilanishi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun bilan belgilangan davlat boji stavkalarining fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudlarga taalluqli qismida shartnoma oldi nizolari bo\u2018yicha to\u2018lanishi lozim bo\u2018lgan davlat boji stavkalari belgilanmaganligi hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 129-moddasi 2-bandida mol-mulkni talab qilib olish to\u2018g\u2018risidagi da\u2019volar bo\u2018yicha da\u2019voning bahosi talab qilib olinayotgan mol-mulkning bahosiga qarab belgilanishi nazarda tutilganligi sababli, shartnomani haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish to\u2018g\u2018risidagi talablar bo\u2018yicha nizolashayotgan shartnomada ko\u2018rsatilgan pul qiymati (shartnoma bahosi) da\u2019vo bahosi hisoblanishi va davlat boji mulkiy xususiyatga ega da\u2019vo arizalari uchun qonunda belgilangan stavka bo\u2018yicha to\u2018lanishi kerakligi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun 8-moddasining birinchi qismida ko\u2018rsatilgan shaxslar sud hujjatlari ustidan apellatsiya, kassatsiya, taftish shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilganligi;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>apellyatsiya, kassatsiya, taftish shikoyatidan voz kechilganligi sababli shikoyat bo\u2018yicha ish yuritish qisqartirilganda, to\u2018langan davlat boji qaytarilmasligi, agar shikoyat berishda davlat boji to\u2018lanmagan bo\u2018lsa, davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undirilishi va boshqa bir qator sud amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo\u2018yicha tushuntirishlar berilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2025 yil 30 yanvarda bo\u2018lib o\u2018tgan ochiq sud majlisida &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonunning 8, 9, 10-moddalari, 2-qismidagi Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga sharh berish haqidagi masala ko\u2018rib chiqilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sudning qarori bilan &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonunning 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga quyidagi mazmunda sharh berildi: &laquo;O\u2018zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari &#8211; palata a\u2019zolarining manfaatlarini ko\u2018zlab qilingan da\u2019volar (arizalar) bo\u2018yicha&#8230;&raquo; ko\u2018rsatilgan shaxslarning talablari qisman yoki to\u2018liq qanoatlantirilmasdan qoldirilgan taqdirda, davlat boji ushbu shaxslardan talablarning qanoatlantirilmasdan qoldirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi&raquo; degan normani, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini ko\u2018zlab berilgan bo\u2018lsa, o\u2018sha shaxslardan da\u2019vo talablarining qanoatlantirilmasdan qoldirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, deb tushunish lozim.&raquo;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi qonunni yanada takomillashtirish masalasini ko\u2018rib chiqish taklif etilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 2025 yil 20 fevral kungi 1032-sonli Qonun bilan &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonunga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Qonun bilan &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishincha issiqlik va elektr energiyasi yetkazib berish bo\u2018yicha xizmatlar uchun to\u2018lovlar bo\u2018yicha qarzdorlikni undirish to\u2018g\u2018risidagi da\u2019volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo\u2018yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasi yetkazib beruvchilar davlat bojini to\u2018lashdan ozod etilishini, shuningdek ularning talablarini qanoatlantirish to\u2018liq yoki qisman qanoatlantirilmasdan qoldirilgan taqdirda davlat bojini ushbu yetkazib beruvchilardan undirish imkoniyatini nazarda tutuvchi qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini O\u2018zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilishda davlat bojini to\u2018lash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi o\u2018zgartirish kiritilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori, O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining &laquo;Davlat boji to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun normalariga sharh berish haqidagi qarori, shuningdek, ushbu qonunga kiritilgan o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar odil sudlovga erishishga xizmat qilish bilan birga sud amaliyotida qonunlarni aniq va to\u2018g\u2018ri qo\u2018llashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong><b>\u00a0<\/b><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong><b>Abdimurat KERIMBAYEV,<\/b><\/strong><\/p>\n<p><strong><b>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi sudi raisi o\u2018rinbosari<\/b><\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga muvofiq, har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. &nbsp; Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, sud-huquq sohasidagi keng ko\u2018lamli o\u2018zgarishlar o\u2018zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Buni xalqimizning sud [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8260,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8452","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8452","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8452"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8452\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8453,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8452\/revisions\/8453"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8260"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8452"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8452"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8452"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}