{"id":8389,"date":"2025-02-21T17:17:04","date_gmt":"2025-02-21T12:17:04","guid":{"rendered":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/?p=8389"},"modified":"2025-02-21T17:17:04","modified_gmt":"2025-02-21T12:17:04","slug":"xotin-qizlar-va-bolalarni-tazyiq-va-zoravonlikdan-himoya-qilish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/archives\/8389","title":{"rendered":"XOTIN-QIZLAR VA BOLALARNI TAZYIQ VA ZO\u2018RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga muvofiq, inson huquq va erkinliklari har kimga tug\u2018ilganidan boshlab tegishli bo\u2018ladi. O\u2018zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo\u2018lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e\u2019tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat\u2019i nazar, qonun oldida tengdirlar.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Konstitutsiyaning 26-moddasiga muvofiq, insonning sha\u2019ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo\u2018lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqlarga solinishi, kuch ishlatishga, boshqa shafqatsiz, insonga yot yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlarga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo\u2018ravonlikdan ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishga, bolalar o\u2018rtasida nazoratsizlik va ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga, shuningdek, nogironligi bo\u2018lgan bolalarni va ota-ona qaramog\u2018idan mahrum bo\u2018lgan bolalarni davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bilan birga, huquqni qo\u2018llash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog\u2018liq masalalarda qator muammolar ham mavjud edi. Xususan, xotin-qizlar va bolalar huquqlariga tajovuz qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun tegishli sanksiyalar belgilanmaganligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emasligi, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini beruvchi orderning amal qilish muddati xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta\u2019minlash imkonini bermaganligi ayrim hollarda muammo va qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu bois ayni vaqtda, ya\u2019ni 2023 yil 11 aprel kuni &laquo;Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida&raquo;gi Qonun qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Qonun bilan O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlariga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o\u2018z huquq va manfaatlarini amalga oshirishda qo\u2018llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, bolalar masalalari bo\u2018yicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo\u2018yuvchi o\u2018zgartishlar kiritildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagicha o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi. Endilikda, quyidagi jinoyatlarni sodir etganlarga jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo\u2018llanilmaydi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18 yoshga to\u2018lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish va uni jinsiy aloqa qilishga majburlash bilan bog\u2018liq jinoyatlar;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>16 yoshga to\u2018lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>voyaga yetmagan shaxs ishtirokida hamkorlik, jinnixona tashkil etish bilan bog\u2018liq jinoyatlar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ayolni homilasini sun\u2019iy tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha yoki 3 yildan 5 yilgacha, muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, nomusga tegish (118-modda) va jinsiy xohishni zo\u2018rlik ishlatib g\u2018ayritabiiy usulda qondirish (119-modda) jinoyatlari uchun javobgarlik 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, ushbu jinoyatlar nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga, sobiq turmush o\u2018rtog\u2018iga, bir oila asosida birga yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo\u2018lgan shaxsga nisbatan sodir etilishi, jabrlanuvchiga qarash yuklatilgan ta\u2019lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilishi jinoyatni og\u2018irlashtiruvchi holat deb topilishi nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>18 yoshga to\u2018lmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir oila asosida birga yashayotgan shaxs yoki umumiy farzandi bor shaxsni jinsiy aloqa qilishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilanib, bu jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Qonun bilan oilaviy zo\u2018ravonlik uchun javobgarlik kiritilib, unga ko\u2018ra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir oilada yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>mulk, ta\u2019lim olish, sog\u2018liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to\u2018sqinlik qilish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>mol-mulkiga va shaxsiy buyumlariga qasddan zarar yetkazish;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ularning sha\u2019ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularni qo\u2018rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo\u2018yish, ushbu harakatlar uchun ma\u2019muriy jazo qo\u2018llanilganidan keyin sodir etilgan bo\u2018lsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 160 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Yuqoridagi shaxslarni urish, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda og\u2018irlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan, sog\u2018liqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, lekin 4 oydan ko\u2018p bo\u2018lmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yo\u2018qolishiga sabab bo\u2018lgan qasddan badanga o\u2018rtacha og\u2018ir shikast yetkazish, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, shaxsning sha\u2019ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan jihatlarini aks ettiruvchi ma\u2019lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi. Ushbu jinoyat og\u2018irlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksiga ham qator o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi. Xususan, haq to\u2018lanadigan jamoat ishlariga majburiy tarzda jalb etganlik uchun ma\u2019muriy javobgarlik belgilandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bundan tashqari, endi shahvoniy zo\u2018ravonlik qilish, ya\u2019ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo\u2018lgan hamda uning sha\u2019ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shaxsning tashqi ko\u2018rinishi yoki qaddi-qomatini ta\u2019riflashda, imo-ishora qilishda, tegishda, chaqirishda ko\u2018rsatilgan, shahvoniy xususiyatga ega bo\u2018lgan harakatlarni bir marta qo\u2018pol tarzda yoki bir necha marta sodir etish 15 sutkagacha muddatga ma\u2019muriy qamoqqa olishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta\u2019minlashdan bo\u2018yin tovlash (474-modda), ota-onani moddiy ta\u2019minlashdan bo\u2018yin tovlash (475-modda) kabi ma\u2019muriy qilmishlar quyidagi javobgarliklar qo\u2018llanilishiga sabab bo\u2018ladi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>15 sutka muddatga ma\u2019muriy qamoqqa olishga;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>120 soatgacha haq to\u2018lanadigan jamoat ishlariga majburiy tarzda jalb etishga;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>ma\u2019muriy jazolarning mazkur turlari qo\u2018llanilishi mumkin bo\u2018lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, Qonun bilan yangi to\u2018ldirilgan normaga muvofiq, ota-ona yashash joyida vaqtincha bo\u2018lmaganda yoki ular o\u2018z ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo\u2018yicha majburiyatlarini bajarmasligi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Oilaviy zo\u2018ravonlik sodir etganlik uchun ma\u2019muriy javobgarlik belgilanib, ushbu huquqbuzarlik bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagacha ma\u2019muriy qamoqqa olishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, ayolni (erini), sobiq xotinni (sobiq erini), bir oilada yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandi bor shaxsni urish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma\u2019muriy qamoqqa olishga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bolalar hayoti, sog\u2018lig\u2018i yoki axloqi uchun xavfli bo\u2018lgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning yagona reyestri tuzilib, ushbu reyestrga kiritilgan shaxslarning ta\u2019lim, tarbiya, bolalar sog\u2018lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarda ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug\u2018ullanishi taqiqlanmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shuningdek, tazyiq va zo\u2018ravonlikdan jabrlanganlarga beriladigan himoya orderining muddati sud tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkinligi belgilanmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo\u2018ravonlikning oldini olishga, oilalardagi ma\u2019naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va ayollar huquqlariga oid xalqaro indekslarda mamlakatimizning o\u2018rnini yaxshilashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Spartak NIYAZOV,<\/strong><\/p>\n<p><strong>Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi raisi<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga muvofiq, inson huquq va erkinliklari har kimga tug\u2018ilganidan boshlab tegishli bo\u2018ladi. O\u2018zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo\u2018lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e\u2019tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat\u2019i nazar, qonun oldida tengdirlar. &nbsp; Konstitutsiyaning 26-moddasiga muvofiq, insonning sha\u2019ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8390,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[42],"tags":[],"class_list":["post-8389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8391,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8389\/revisions\/8391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8390"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qaraqalpaqstan.sud.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}